66. Бинар дарахтлар устида бажариладиган амалларни тушунтириб беринг.
daraxtni aylanib o’tish (daraxtda o’tish) (bunda, asosan, tugunlarni chop etish tushuniladi);
Daraxtda o’tish asosan uchta ko’rinishi mavjud, ya’ni berilgan daraxtda:
To’g’ri o’tish: Ildiz »» Chap qismdaraxt »» O’ng qismdaraxt
Natijada hosil bo’lgan ro’yxat: {1, 2, 4, 8, 5, 9, 10, 3, 6, 7}
Teskari o’tish: Chap qismdaraxt »» Ildiz »» O’ng qismdaraxt
Natijada hosil bo’lgan ro’yxat: {8, 4, 2, 9, 5, 10, 1, 6, 3, 7}
Oxiridan o’tish: Chap qismdaraxt »» O’ng qismdaraxt »» Ildiz
Natijada hosil bo’lgan ro’yxat: {8, 4, 9, 10, 5, 2, 6, 7, 3, 1}
daraxtga yangi tugun qo’yish;
Daraxtga biror bir yangi tugun qo’shishdan oldin daraxtda berilgan qiymat bo’yicha qidiruvni amalga oshirish lozim bo’ladi.
Agar berilgan qiymatga teng tugun mavjud bo’lsa, u holda dastur o’z ishini yakunlaydi, aks holda daraxtga ushbu qiymatga teng bo’lgan tugunni qo’shish amalga oshiriladi.
Eslatma: Daraxtda yangi tugun faqatgina ko’rsatkichlarining kamida bittasi bo’sh bo’lgan tugundan keyin qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |