Test- Fonetika (2016, 2015, 2017, 2018)
Quyidagi qaysi so’zlarda nuqtalar o’rniga bo’g’iz undoshi yoziladi? 1) ja..d 2) da..lsiz 3) a…xloq 4) mu…okama 5)…ushyorlik 6) a…moq A)1,2,3 B)1,3,5,6 C)1,2,,4,5,6 D) 1,4,5,6 2. O’zbek tilida jarangli, shovqinli, portlovci til undoshlari soni nechta? A) 4 ta B) 3ta C)5 ta D) 2ta 3. Qaysi so’zlarda nuqtalar o’rniga bo’g’iz undoshi qo’yiladi? 1)…anjar 2)…assos 3)…adik 4)…ayol 5)…alloslamoq 6)…ansiramoq 4) Yuragimda ko’pdir alamli dardlar, Mening qizim-sening singling nomardlar. Qizing ber, deb mening, ko’nglim bo’lasan, suyagimni yongan o’tga solasan.(Yortiboyga Boysari) Keltirilgan parchadagi so’zlar imlosida kuzatilgan fonetik o’zgarishlar soni va turi to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. A) 2 o’rinda tovush almashishi va 4 o’rinda tovush ortishi B) 3 o’rinda tovush almashishi va 4 o’rinda tovush ortishi C) 2 o’rinda tovush almashishi va 5 o’rinda tovush ortishi D) 3 o’rinda tovush ortishi va 3 o’rinda tovush ortishi 5) Jarangsiz jufti yo’q lab-lab undoshi qaysi? A)m B)n C) p D) b 6) Tarkibidagi portlovchi undosh sirg’aluvchi undosh kabi talaffuz qilinadigan so’zlarni belgilang.(2016) A) tuzsiz, ijtimoiy B) Obod, fabrika C) Maqsad, Taqdim D) Iztirob, Matiz 7) Birinchi qismida faqat tor unli, ikkinchi qismida faqat keng unli qatnashgan qo’shma otni toping. A)shirinsuxan B) huzur-halovat C) xushovoz D) ildizpoya 8. Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz… Ushbu misrada unlilar va hosil bo’lish usuliga ko’ra bir umumiy guruhga mansub bo’lgan undoshlardangina tarkib topgan so’z necha o’rinda qatnashgan? A) 3 B)2 C) 1 D) 4 9.Jarangsiz jufti mavjud bo’lmagan til oldi undoshlarini aniqlang. A) r,l,n B) l,m,n,r C)x,h D) r,l,n,y 10. Nuqtalar o’rniga chuqur til orqa undoshi yoziladigan so’zlar to’liq ko’rsatilgan javobni belgilang. 1) a…loq 2) hol-a..vol 3)…atti-harakat 4)…okkey 5)…ushyorlik 6)…iylakor A)1,2,3 B)1,2,3,4,5,6 C)1,2,4,5,6 D) 1,3 11) Qaysi so’zdagi portlovchi, jarangsiz, chuqur til orqa undosh o’rnida sirg’aluvchi, jarangli chuqur til orqa undoshi so’z ma’nosini farqlaydi? A)soliq B)siqim C) taqa D) g’or 12) Seni menga bergan,mening xalqimga, yo’qotolmas, totib ololmas… Ushbu misralarda necha o’rinda tovush o’zgarish ro’y bergan? (2015) A) 3 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta 13) Asosida fonetik hodisa ro’y bergan so’z qatnashgan gapni toping. A) Salimjon qilgan ishlaridan uyalib, qizarib ketdi. B) Derazamning oldida bir tup o’rik gulladi. C)Birdan yomg’ir yog’ib, tarnovlardan shovillab suv oqa boshladi. D) Hatto eng baland tog’ ham quyoshni to’saolmas. 14) Quyidagi qaysi javobda ko’makchi morfemasida 2ta shovqinli til undoshi o’rtasida tor unli qatnashgan. A) chopqir B) qaqshatqich C)yurgiz D) kuyunchak 15) Berilgan so’zlardan nechtasi tarkibidagi barcha undoshlar hosil bo’lish o’rni va usuliga ko’ra bir umumiy guruhga mansub undoshlar hisoblanadi? 1)mangu 2)jurnal 3)sahifa 4)uliston 5)zarba 6) vafo 7)ulug’ A) 3 tasi B) 2 tasi C) 4 tasi D) 5 tasi 16) Berilgan so’zlardan nechtasida nuqtalar o’rniga chuqur til orqa, sirg’aluvchi jarangsiz undosh qo’yilishi kerak? …alifa, …ilvatgoh, mu…olif,…assos, e..rom, shuku…li, ta…sin. A)beshtasida B) to’rttasida c) ikkitasida D) uchtasida (2017) 17) Sonor undoshlar haqida berilgan qaysi fikr to’g’ri emas? A) sonorlar jarangli va jarangsiz undoshlar sanaladi. B) Sonorlarga mansub undoshlardan bittasi lab undoshi sanaladi. C) Sonor undoshlar jarangsiz juftiga ega emas. D) Sonorlarga mansub undoshlardan ikkitasi sirg’aluvchi undoshlar sanaladi. 18) Qumloq so’zining yetakchi morfemasidagi undoshlar quyidagi qaysi xususiyatga ko’ra o’zaro bir xil tasnif qilinadi? A)hosil bo’lish usuliga ko’ra B) sonor yoki shovqinliligiga ko’ra C) hosil bo’lish o’rniga ko’ra D) jarangli yoki jarangsizligiga ko’ra. (2018)
Do'stlaringiz bilan baham: |