SIMM va DIMM modullari Ko‘pchilik zamonaviy kompyuterlarda alohida xotira mikrosxemalari o‘rnida kichik plata ko‘rinishidagi bo‘lib, tizimli plata yoki xotira platasiga o‘rnatiluvchi SIMM yoki DIMM modullari ishlatiladi. Alohida mikrosxemalar SIMM yoki DIMM modullari plataga shunaqa o‘rnatiladiki, ularni amaliy jihatdan almashtirish mumkin emas. To‘g‘rilash qiyin bo‘lgan xatoliklar uchraganda modulni olmay almashtirish kerak. SIMM yoki DIMM modullarini katta bir mikrosxema sifatida qarash mumkin. Shk- moslashuvchi kompyuterlarida asosan ikki tipdagi SIMM modullari qo‘llaniladi:
30 kontaktli (9 razryadli) va 72-kontaktli (36 razryadli).
Ulardan dastlabkilari o‘lchami bo‘yicha kichiklaridir. SIMM modullarida mikrosxemalar plataga bir tomonlama o‘rnatilishi yoki ikki yoqlama o‘rnatilishi mumkin. 30-kontaktli modullardan foydalanish samarali emas, chunki bitta bankini to‘ldiruvchi yangi 64-razryadli tizim sakkizta shunaqa modulni talab etadi. Shuning uchun yangi tizimlar uchun Pentium MMX, Pentium Pro va Pentium II protsessorlarida 168 kontaktli DIMM moduli ishlatiladi (64-razryadli juft bitsiz yoki 72-razryadli juft bitli).
110 rasmda 30- va 70-kontaktli SIMM modullari, shuningdek 168-kontaktli DIMM modullari ko‘rsatilgan. Kontaktlar chapdan o‘ngga va platani ikkala tarafida ham joylashadi.
Xotira mikrosxemalarini o‘rnatish O‘rnatishda yoki xotirani o‘chirishda quyidagi muammolarga duch kelishingiz mumkin:
elektr zaryadlarini to‘plash;
mikrosxema chiqishlarini shikastlanishi;
SIMM va DIMM modullarini noto‘g‘ri o‘rnatilishi;
yoqib-o‘chiruvchilar va ulovchilarni noto‘g‘ri joylashishi.
Sezuvchan xotira mikrosxemalarini yoki platalarni o‘rnatishda elektr zaryadlarini to‘planishini oldini olish uchun, sintetik kyilmlar yoki oyoq kyilmlari kyilsh shart emas. Ish boshlashdan avval tizim korpusiga tegib turuvchi statik zaryad yig‘uvchilarni olib tashashimiz yoki yaxshisi almashtiriluvchi qurilmalarga mahsus blaslet kiydirishimiz kerak. Uni elektronika do‘konlaridan sotib olish mumkin. Braslet o‘tkazuvchi tasma ko‘rinishida bo‘lib, korpus bilan simorqali birlashtiriladi (odatda “timsoh” tipida siqish yordamida). Qobiqni yerga qo‘yishda vilkani tarmoqdan uzish shart emas, balki komyuterni uchirish yetarli.
Har qanaqa mikrosxema (yoki xotira moduli) mos shaklda o‘rnatilishi shart. Mikrosxema bir tarafi oxirida niqob bo‘ladi. Bu qirqimli, doiraviy sathli yoki bosqacha bolishi mumkin. Mikrosxemalar o‘rnatiladigan orinlar mos niqobga ega. Xullas, tizimli platada mikrosxemalarni qanday o‘rnatish korsatilgan. Agarda quyiladigan o‘rinda niqob bo‘lmasa, u holda o‘rnatilgan mikrosxemalarga e’tibor qilish lozim. Qirqim joylashishi mikrosxemalarni qo‘yish joyini ko‘rsatadi.
Nazorat savollari:
1.Operativ xotira ta’rifini keltiring.
2. Xotira qurilmalarining qanday turlari mavjud?
3. Kesh-xotiraning avzalliklari nimadan iborat?
4. Kesh-xotira nechta turga bo‘linadi? Nima uchun?
5. SIMM va DIMM modullari qanday vazifani bajaradi?
6. Xotira mikrosxemalarni o‘rnatganda qanday muammolarga duch kelish mumkin?
7. Kelib chiqqan muammolani qanday bartabraf etish mumkin.
Mavzu:Doimiy xotira va disk yurituvchilarni o`rnatish.
Reja:
1.Doimiy xotiraning ishlash prinsiplari
2. Egiluvchan disketalar uchun disk yurutuvchilar 3. Qattiq disklar uchun disk yuritivchilar 4. Almashtiriladigan axborot tashuvchilar 5. Kompakt disklar uchun disk yurituvchilar