Teshayeva shaxnozaning



Download 0,79 Mb.
bet13/51
Sana25.03.2022
Hajmi0,79 Mb.
#508968
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   51
Bog'liq
SHAXSIY KOMPYUTER VA OFIS QURILMALARIGA TEXNIK XIZMAT KO

ZIP disk yurituvchilari.
ZIP ommalashgan jamlovchidir. U avtonom blok shaklida va o‘rnatma ( ichki) IDE va SCSI modul shaklida va shuningdek, parallel portga ulanadigan avtonom modullar shaklida ishlab chiqariladi. Bu jamlovchilar 3.5 dyuym formatli diskni eslatuvchikartrejlarda 100 Mbaytgacha ma`lumotni saqlash mumkin (6.7-rasm), SCSI interfeysidan foydalanganda 29 ms ga teng kirish vaqtini 1 Mbayt/sni tashkil etadigan ma`lumot uzatish tezligini ta`minlaydi. Agar qurilma tizimga parallel port orqali ulansa, u holda ma`lumotlarni uzatish tezligi parallel port tezligi bilan cheklanadi. ZIP 100 jamlovchilari 3.5 dyuymli disketani eslatuvchi unchalik katta bo‘lmagan olinuvchi magnit kartrejda 100 Mbaytgacha ma`lumotlarni saqlashi mumkin. Yangi ZIP 250 disk yurituvchilari shunday o‘lchamli kartrejda 250 Mbaytgacha ma`lumoitlarni saqlashi mumkin va 100 Mbaytli kartrejlar bilan ishlashi mumkin. ZIP jamlovchilarda Iomega kompaniyasi ishlab chiqaradigan maxsus 3.5 dyuymli disklar va boshqa ishlab chiqaruvchilarning disklari masalan, Maxell, Verbatim, Fuji ishlatiladi. Ular standart 3.5 dyuymli disketadan taxminan ikki marta qalinroq (6.7-rasmda). ZIP jamlovchisi 1.44 Mbayt va 720 Kbaytli elastik disklar bilan ishlay olmaydi, shu sababli uni elastik disklardan tuzilgan jamlovchining o‘rnida ishlatib bo‘lmaydi. ZIP avtonom jamlovchilari tizimlar orasida ma`lumotlar uzatish uchun ularni (yo‘qorida), qo‘llanishi qulayligi sababli keng ommalashdi. ZIP 1.44 Mbaytli standart disketa jamlovchilari ba`zan “chetki halokati” deb ataladigan (o‘rtada) nuqsonga ega bo‘lishi mumkin. Afsuski, bu LS-120 SuperDisk diski nuqsonni faqat jamlovchi va disketani almashtir (pastda) bartaraf etish mumkin. 12.5 jadvalda 100 va 250 Mbayt sig‘imli ZIP jamlovchisining parametrlari keltirilgan.


11-rasm. Zip100Mbayt diski

12-rasm. Zip jamlovchisi sxemasi ko‘rsatilgan


Elastik optik disklardan tuzilgan jamlovchilar
Elastik optik disklarning o‘qish/yozish kallaklari magnitli yozuv texnologiyasidan foydalanadi, u odatdagi disketalardan kam farq qiladi. Nomidagi optik so‘zi ma`lumotlar diskka CD-ROM yoki magnitooptik disklardagi kabi lazer kurs yordamida yozilsa kerak degan fikrga olib keladi. Biroq bunday emas. Axborot odatdagi magnitli usul bilan – o‘qish/yozish kallaklari yordamida amalga oshiriladi. Disk sirtiga odatdagi elastik yoki qattiq disklardagi kabi o‘shanday ferromagnit qatlam surtilgan. Shunchalik katta sug‘im esa elastik optik disklarda yo‘lkalar soni odatdagi HD disketasiga qaraganda o‘nlab marta orttirilganligi bilan tushuntiriladi. Tabiiyki, bunda yo‘lkalar eni juda toraygan. Ayni shu yerda optika ishga kirishadi, o‘qish/yozish kallaklarini yo‘lkalarga aniq keltirish uchun “optik mo‘lgallagich” dan foydalaniladi. Diskka yozuv yo‘lkalari belgisi yotqiziladi. U disk sirtiga “chop qilinadi” va yozuvda o‘chib ketmaydi. O‘qish yoki yozish jarayonida kallaklar yuritmasi mexanizmini lazerli datchikdagi signal boshqaradi, ana shuning yordamida kallaklarning diskdagi belgiga nisbatan joriy koordinatalari aniqlanadi. Bu esa ularni yo‘lkaga aniq fokuslanishini ta`minlaydi.
CD-ROM (Compact Disk Read-Only Memory – kompakt diskda faqat o‘qish uchun xotira) – bu axborotni optik tashuvchi bo‘lib, u faqat ma’lumotlarni o‘qish uchun mo‘ljallangan. Boshqa CD-R va Cd-RW formatlar ma`lumotlarni kompakt-diskka yozish imkonini beradi, yangi DVD texnologiyasi esa odatdagi optik diskning sig‘imini tubdan orttirishga imkon beradi. Hozirgi vaqtda CD-ROM jamlovchisi amalda istalgan kompyuterning ajralmas qismidir.
CD-ROMda 650 Mbaytgacha ma`lumot saqlanishi mumkin bo‘lib, bu taxminan 333 ming sahifa matn.74 minutli yo‘qori sifatli tovushli eshittirishga yoki ularning kombinatsiyasiga mos keladi. CD-ROM odatdagi tovushli kompakt-disklarga o‘xshash va uni hatto oddiy proigrivatelda ishlatishga urinib ko‘rish ham mumkin. To‘g‘ri, bunda siz faqat shovqinni eshitasiz. CD-ROMda saqlanayotgan ma`lumotlarga kirish disketalarga yozilgan ma`lumotlarga kirishga qaraganda tezroq amalga oshadi, lekin baribir bu zamonaviy qattiq disklarga nisbatan sekinroq sodir bo‘ladi. CD-ROM atamasi kompakt-disklarning o‘ziga ham, axborot shu kompakt-disklardan o‘qiladigan qurilmalarga (jamlovchilarga) ham taalluqlidir.



Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish