Radikalizm, ekstremizm va terrorizm tushunchalari.
Ko„plab
g„arb siyosatchilari va ommaviy axborot vositalari aksariyat hollarda
diniy ekstremizmni islom bilan bog„laydilar. G„arbda bo„rttiriluvchi
"islom tahdidi" kishilarni dahshatga solib, turli e‟tiqodlar o„rtasida
sun‟iy to„siqni yuzaga keltirmoqda. "Islom ovozasi" "islom tahdidi" va
"islom fundamentalizmi" bilan birgalikda ko„plab g„arb siyosatchilari
qo„lidagi qarama-qarshi shiorlarga aylanmoqda.
Diniy bilimlarining sustligi bois, uzoq vaqt davomida yevropaliklar
tasavvurida islomning buzib ko„rsatilgan qiyofasi shakllanmoqda. Islom
dini xususida asosan xalq rivoyatlari, salb yurishi qatnashchilari
bo„lmish risar va ziyoratchilar, musulmonlarning o„zlari va ularning
asarlari tarjisami asosida ma‟lumot olingan. Mazkur ma‟lumotlarning
aksariyat qismi taxminiy faktlarga asoslangan, faktlar esa, buzib
ko„rsatilgan. Yevropada islom bid‟atning yangi shakli va majusiylikning
bir ko„rinishi sifatida qabul qilingan.
Axborot tanqisligi va uning taxminiy faktlarga asoslanishi bilan bir
qatorda, islomning umuminsoniy taraqqiyotda tutgan o„rniga doir
obrazining buzib ko„rsatilishiga diniy ekstremizm va terrorizm kabi
omillar sabab bo„lmoqda. Bu borada O„zbekiston Respublikasi birinchi
Prezidenti Islom Karimovning "O„zbekiston XXI asr bo„sag„asida:
xavfsizlikka tahdid, baqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarida
batafsil to„xtalib o„tilgan
3
.
2
Qarang: Игнатенко А. Эпистемология исламского радикализма // Религия и глобализация
на просторах Евразии. / Под редакцией А.Малашенко и С.Филатова. – М.: Московский
центр Карнеги, 2005. – С. 176-222.
3
Каримов И.А. Узбекистан на пороге XXI века: угрозы безопасности, условия и гарантии
прогресса. –Т.: Ўзбекистон, 1997. – С. 34.
5
G„arb ommaviy axborot vositalarida "islom fundamentalizmi",
"islom ekstremizmi" va "islomizm" tushunchalari o„zaro o„xshash
tushunchalar sifatida tilga olinadi. Birok, amalda islomdagi diniy
fundamentalizm va ekstremizmni o„zaro tenglashtirib bo„lmaydi.
"Fundamentalizm" atamasi o„z-o„zidan u yoki bu narsaning manbalariga
qaytishni anglatadi. Xususan, islom fundamentalizmi Payg‟ambar
Muhammad davrida kiritilib, bugungi kunga kelib unut bo„lgan islom
dini asoslariga qaytishni anglatadi. Akademik Yevgeniy Primakovning
fikricha, islom fundamentalizmi so„nggi yuz yillikning oxirlarida
«xalqaro xalqa vazifasini o„tab kelgan kelgan musulmon aholisiga ega
bo„lgan ko„plab davlatlarning tezkor taraqqiyoti», ularning ta‟sir doirasi
ortishi hamda diniy tamoyillarga mos ravishda o„zaro birlashish
ishtiyoqining
ortishi
natijasida
yuzaga
kelgan.
Islom
fundamentalizmining faollashuviga o„tmishdagi cheklovlar va qator
davlatlarda islomga qarshi yuritilgan siyosat ham qisman ta‟sir
ko„rsatgan.
Diniy fundamentalizmning avj olishi ob‟ektiv sabablar bilan
bog„liq bo„lib, ular alohida tadqiqot olib borishni talab etadi. Mavjud
holatni postsovet davrida Rossiyada keng tarqalgan xristianlik misolida
ham ko„rish mumkin.
Urg„uning diniy etikadan siyosiy mafkuraga ko„chirilishi, fun-
damentalizmga xos bo„lgan jihatlardan birini anglatadi. Chunonchi bu
islom dinigagina xos emas. Masalan, yahidiylikda mazkur jarayon
sionizmni shakllanishiga sabab bo„lgan.
Diniy fundamentalizm va ekstremizm u yoki bu alohida din, millat,
davlat va xalqqa tegishli. U xalqaro va transmilliy ahamiyat kasb
etmoqda. Ularning oqibatlarini yengish va unga qarshi samarali kurash
olib borishda davlatning iqtisodiy, ilmiy, madaniy va diniy salohiyatini
safarbar qilish, xalqaro miqyosda esa – jahon hamjamiyati sa‟y-
harakatlarini o„zaro umumlashtirish talab etiladi.
Zamonaviy islom ekstremizmi fundamentalizm yoki islomizmning
yo„nalishlaridan
biri
hamda
zamonaviy
islomning
"islom
fundamentalizmi" va "islom revayvalizmi"ga sinonim bo„lgan g„oyaviy
oqimlaridan biri hisoblanadi. Islomizm ijtimoiy taraqqiyotni islomning
birlamchi aqida va me‟yorlariga muvofiq tarzda amalga oshirishga
intilayotgan ommaviy siyosiy harakat mafkurasidir.
Islomizm bugungi kunda arab va musulmon olamida faoliyat
yuritayotgan ko„p sonli zamonaviy siyosiy harakatlarning umumiy
asosini tashkil etuvchi g„oya vazifani bajarmoqda. Islomizmning siyosiy
va madaniy o„zaklari XIX asr oxirlarida arab olamida shakllangan.
6
Ammo, u keng miqyosli fenomen sifatida so„nggi o„n yilliklarda
shakllangan.
Zamonaviy islom ekstremizmi diniy va siyosiy hususiyat kasb
etmoqda. G„arb tadqiqotchilarining fikricha, islom xristianlikdan farqli
ravishda, siyosiylashgan din hisoblanadi. Ayrim tadqiqotchilar
siyosiylashgan islomni - islomning ijtimoiy-madaniy an‟analarining
ajralmas tarkibiy qismi ekanligini e‟tirof etadilar.
Ekstremizm diniy shiorlar ortida ijtimoiy xavfli voqelikka aylanib
bormoqda. U jamiyatning asosan savodi past va kam ta‟minlangan
qatlamiga ta‟sir o„tkazmoqda. Shu bois, ekstremizm ma‟lum ma‟noda
ichki ijtimoiy-iqtisodiy muammolar natijasiga aylanmoqda. Zamonaviy
ekstremistik tashkilot va guruhlarning samarali faoliyatini siyosiy
zo„ravonlikka kiritish
mumkin. Tabiiyki, islom ekstremizmini
fundamentalizm (islomizm)ning eng muhim radikal yo„nalishlaridan biri
sifatida e‟tirof etish mumkin.
Bugungi kunda siyosiy zo„ravonlikning nisbatan keng tarqalgan va
tez-tez qo„llanuvchi shakllaridan biri terrorizmdir. XVIII asr oxirida
paydo bo„lgan "terrorizm" ("Le Terrorisme") atamasi nafaqat terroristik
hurujlarning amalga oshirilishi, balki muayyan siyosiy maqsadlarga
erishish yo„lida tizimli, tashkiliy va g„oyaviy jihatdan asoslangan holda
amalga oshiriluvchi hurujlarning taktika yoki strategiyasi belgilanishini
ham anglatadi.
Terrorizmning muhim jihatlaridan biri "ommaviy o„yin" yoki
populizmdir. Siyosiy bo„qqa ega bo„lgan terrorizm har doim ham
amaldagi tuzumni ag„darishni ko„zlamaydi. Hurujlar davlatning ichki va
tashqi siyosatini o„zgartirish, iqtisodiyotni izdan chiqarish, aholining
muayyan qismini u yoki bu harakatlarni amalga oshirishga majburlash
va ular ustidan hokimiyat o„rnatishga yo„naltirilgan cheklangan
maqsadlarni ham ko„zlashi mumkin. Qo„poruvchilik harakatlarini
amalga oshirish jarayonida ekstremistik tashkilot va guruhlarning ichki
maqsadlari ham ilgari suriladi. Bunda hibsga olingan a‟zolarni ozodlikka
chiqarish, mablag„ orttirish, tashkilot nufuzini oshirish va aholi orasida
qo„rquv hissini keltirib chiqarish kabi vazifalar o„rtaga tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |