Termokimyo
Termokimyo — kimyoviy
termodinamikaning bir boʻlimi. Kimyoviy
reaksiyalar jarayonida issiklik effektini
oʻlchash yoki hisoblash, moddaning
agregat holati oʻzgarishi bilan bogʻliq
fizikkimyoviy jarayonlar, suyulish, erish,
suyultirish va boshqalarni tadqiq qiladi. T.
fizikkimyoviy sistemalarning issiklik
sigʻimini va ularning haroratga bogʻliqligini
ham miqdoriy jihatdan oʻrganadi.T.da
issiqlik sigʻimi, yonish issiqligi, entalpiya,
entropiya, izobari zotermik potensial kabi
kattaliklar qoʻllanadi. Ulardan
kimyotexnologiya jarayonlarining issiklik
muvozanatini hisoblashda foydalaniladi.
T.ning amaliy usuli — kalorimetriya.
Reaksiyalarning tezligini aniqlashda
moddalarning energetik xususiyatlarini
bilish, shuningdek, birikmalarning
tuzilishini hisobga olish muhim.
Reaksiyalarning issiklik effekti yoki
issiklik sigʻimini oʻlchashda
kalorimetriyadan foydalaniladi.
Reaksiyada ajralib chiqayotgan yoki
yutilayotgan issiklik miqdori ifodalangan
kimyoviy tenglamalar termokimyoviy
tenglamalar deyiladi. T.da gomogen (bir
jinsli) va geterogen (har xil jinsli)
sistemalar maʼlum boʻlib, bular bitta yoki
bir necha fazalardan tashkil topadi.
Gomogen sistemata azot bilan kislorod
gazlari aralashmasi, geterogen
sistemata. esa suv bilan muzning
aralashmasi yoki havo (atmosfera)dagi
kumir va oltingugurt zarralarining
aralashmasi misol boʻla oladi. Soʻnggi
sistema 3 fazadan — 2 ta qattiq va 1 ta
gaz fazasidan iborat.
T. ga G. I. Gess asos solgan. U 1840 y.
termokimyoviy hisoblarga asoslangan
prinsipni eʼlon qiladi, keyinroq mazkur
prinsip Gess konuni nomini oladi. Baʼzi
reaksiyalarning issiklik effektini
toʻgʻridantoʻgʻri oʻlchash imkoni yoʻqligi
yoki qiyinligi tufayli ularni Gess qonuni
yordamida aniklanadi.
T. 20-asrning 2yarmida kvant kimyosi,
zanjir va yadro reaksiyalari tasavvurlari
bilan boyidi, reaksiyalar issiklik effekti
mutlaq nolga yaqin haroratlardan bir
necha ming darajaga boʻlgan oraliqlarda
oʻlchanilishiga erishildi. Biologik
jarayonlar radiokimyoviy hodisalar,
kosmik va yulduzlararo masofalardagi
reaksiyalardan olingan maʼlumotlar
T.ning rivojlanishiga olib keldi. T.
krnuniyatlari texnologik jarayonlarning
issiklik muvozanatini hisoblashda
qullanib, kimyo sanoatida maqbul
sharoitlarni aniqlashga yordam beradi.
Dikerson R., Grey G., Xeyt Dj., Osnovnie
zakonoʻ ximii, t. 1 i 2, M., 1982;
Karapetyans M. X., Drakin S. I., Obhaya
i neorganicheskaya ximiya, M., 2000.
Qydpat Axmerov.
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Adabiyot
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Termokimyo&oldid=1996909
"
dan olindi
Soʻnggi tahrir 3 yillar avval EdgarsBot tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Do'stlaringiz bilan baham: |