2. Termodinamikaning birinchi qonunining izojarayonlar uchun tadbig’i
3. Adiabatik jarayon
Termodinamikaning birinchi qonuni. Buning uchun qizdirilgan choynak misolini ko'raylik. Choynak olayotgan issiqlik miqdori ichidagi suvning qizishiga, ya'ni suvning ichki energiyasi ortishi ∆U va suv bug'lari choynak qopqog'ini ko'targanda tashqi kuchlarga qarshi (qopqoqning og'irlik kuchi) bajariladigan A ishga sarflanadi.
Termodinamikaning birinchi qonuni. Buning uchun qizdirilgan choynak misolini ko'raylik. Choynak olayotgan issiqlik miqdori ichidagi suvning qizishiga, ya'ni suvning ichki energiyasi ortishi ∆U va suv bug'lari choynak qopqog'ini ko'targanda tashqi kuchlarga qarshi (qopqoqning og'irlik kuchi) bajariladigan A ishga sarflanadi.
Bu jarayon uchun energiyaning saqlanish va aylanish qonuni:
Jismga beriladigan issiqlik miqdori uning ichki energiya orttirishga va tashqi kuchlarga qarshi ish bajarishga sarflanadi
Izoxorik jarayon
Izoxorik jarayon
Izoxorik jarayon deb, gazning o’zgarmas xajmda bir xolatdan boshqa holatga o’tishiga aytiladi. Izoxorik jarayonni tasavvur qilish uchun ideal gazni berk idishda qamalgan deb faraz qillaylik. Silindrni va unga qamalgan gazni qizdiramiz. Gaz tashqi kuchlar ustidan ish bajara olmaydi. Termodinamikaning birinchi qonuniga ko’ra:
Q=∆U+A
Biroq A = 0. Shuning uchun izoxorik jarayonda gazning ichki energiyasini o’zgarishi gazga berilgan issiqlik miqdoriga teng:
Q = ∆U.
Izobarik jarayonIzobarik jarayon deb, gazning o’zgarmas bosimda bir holatdan boshqa holatga o’tishiga aytiladi. Izobarik jarayonni amalga oshirish uchun porsheni erkin kuzg’ala oladigan silindrga gaz qamaymiz. Gaz qizdirilganda unga Q issiqlik miqdori beriladi. Termodinamikaning birinchi bosh qonuniga binoan sistemalarga berilgan energiya qisman sistemaning ichki - energiyasiga aylanadi xamda qisman porshenni siljitishda bajarilgan ishga sarf bo’ladi (mexanik energiyaga aylanadi): Q = ∆U + A.
Izotermik jarayon
Izotermik jarayon
Izotermik jarayon deb, o’zgarmas temperaturada gazning bir holatdan boshqa holatga o’tish jarayoniga aytiladi. Izotermik jarayonni amalga oshirish uchun gazni oson ko’zg’aluvchan porshenli silindr ichiga, silindrning o’zini esa qat’iy ravishda o’zgarmas temperatura (rasmda shtrixli chizik,) saqlanib turadigan — termostat ichiga joylashtiramiz.
Gazni asta-sekin siqamiz. Bunda biz A ish bajaramiz. Termodinamikaning birinchi qonuniga binoan issiqlik miqdori quyidagiga teng bo’ladi:
Q = ∆U+A.
Gaz temperaturasi o’zgarmas bo’lgani uchun uning ichki energyasi xam o’zgarmas bo’ladi: U = const, ∆U= 0.
Shuning uchun gaz ustida bajarilgan ish gaz termostatga berishi mumkin bo’lgan Q issiqlik miqdoriga teng:
Q = A
Shunday qilib, izotermik jarayonda gazga berilayotgan issiqlik miqdori gaz bajargan ishga teng.
Adiabatik jarayon.
Adiabatik jarayon.
Adiabatik jarayon deb, shunday jarayonga aytiladiki, bunda sistema issiqlik almashinuvi natijasida energiya olmaydi ham va energiya bermaydi ham. Boshqacha aytganda, adiabatik jarayonda
1–mavzuni yoritishda quyidagi didaktik materiallardan foydalandim. Ko’rgazmali qurollardan, chizmalar,4ta rasmlar 4ta (izoxorik, izobarik, izotermik jarayonlarga oid)dan. Texnik vositalardan kompyuter, (proektor), kodoskop slayt 1ta (termodinamikaning 1 – qonuni slayd)dan elektron darsliklardan, mavzuga oid formulalardan foydalandim. Namoyishni 2ta esa (adiabatik kengayish va siqilishda temperaturaning o’zgarishi) tajriba usulida foydalandim. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savolnomalardan foydalandim.