lar yuz berib turadi. Hamma real makroskopik sistem alar
qandaydir darajada ochiq sistema bo'ladi.
Ochiq sistem alarda tashqi muhit bilan almashinish oqim
shaklida am alga oshiriladi (modda oqimi, energiya oqimi,
entropiya oqimi va h.k.). Shuning uchun oqim tushunchasi
qaytmas jarayonlar termodinamikasida muhim tushuncha bo'lib
hisoblanadi.
Bir jinsli bo'lmagan sistemada sodir bo'ladigan o'zgarishlar
ikki sababdan paydo bo'ladi. Birinchisi, sistemani tashkil qilgan
ayrim bo'laklar va zarralarning o'zaro ta ’siri tufayli bo'lsa,
ikkinchisi, tashqi maydon ta ’sirida yuz beradi. Har ikkila xil
jarayon o'zining tabiatiga ko'ra, bir-biridan tubdan farqlanadi.
Sistema entropiyasining «paydo» bo'lishiga zarralarning o'zaro
Do'stlaringiz bilan baham: |