Havo isitkichlar. Havo isitkichlar yoqilini yoqish uchun o’txonaga beriladigan havoni isitishga mo’ljallangan. Havo tutun gazlari issiqligi hisobiga isitiladi. Havo isitkichlar rekuperativ va regenerativ bo’ladi. Ular po’lat yoki cho’yandan isish sirti trubali (trubali havo isitkichlarda) yoki platsinali (platsinali havo isitkichlarda) qilib ishlanadi. Diametri 25—50 mm li po’lat trubalardan tayyorlangan trubali rekuperativ havo isitkichlar eng ko’p tarqalgan havo isitkichlardir.
Tutun gazlari havo isitkichning vertikal o’rnatilgan trubalari ichida yuqoridan patsga tomon harakatlanadi. Havo kirish qutisiga gorizontal yo’nalishda kiradi va sektsiya I hamda II dagi trubalarning tashqi devorlarini yuvib o’tib, o’tkazish qutisiga boradi. Isigan havo to’siq bilan ajratilgan sektsiya III ga yo’naladi, so’ngra chiqish qutisidan o’tib o’txonaga kiradi.
Regenerativ havo isitkichlarda havo kontsruktsiyaning nasadka deyiladigan elementida yiilgan issiqlikni oladi. Ko’pincha, aylanuvchan havo isitkichlardan foydalaniladi, bug’nda nasadka aylanish jarayonida datslab chiqib ketayotgan gazlar bilan, so’ngra isitiladigan havo bilan yuvib turiladi.
9.6. Yordamchi qurilmalar
Tortish—puflash qurilmalari. O’txonaga, chang tayyorlash sitsemasiga va qozon agregatining boshqa uchatskalariga havo va gaz berish uchun ishlatiladigan ventilyatorlarning barcha turlari puflash qurilmalariga kiradi.
Qozon agregatlarining rotslash zadvijkalari bor gaz yo’llari, tabiiy ravishda tortadigan tutun trubasi (mo’risi) va sun’iy ravishda tortadigan tutun tortkichlar tortish qurilmalari hisoblanadi.
Tabiiy tortish trubadagi qizigan tutun gazlarining zichligi sovuq atmosfera havosining zichligidan farq qilishiga asoslangan. Qozon qurilmasining bir tomoni qizigan gaz, ikkinchi tomoni esa sovuq havo bilan to’lgan tutash idish sifatida qarash mumkin. Zichligi kamroq bo’lgan qizigan gazlar yuqoriga ko’tariladi va trubadan chiqib ketadi, zichligi katta bo’lgan sovuq havo esa tashqaridan o’txonaga tortiladi va qizigan gazlardan bo’shagan bo’shliqni to’ldiradi. SHunday qilib, o’txonaga kirayotgan va o’txonadan chiqayotgan havoning to’xtovsiz harakati vujudga keladi.
Hozirgi o’rta va ayniqsa, yirik qozon qurilmalarida umumiy isish sirti ancha ko’paygan. Tutun gazlar qozon agregatining gaz yo’li bo’ylab harakatlanib, o’z yo’lida katta gidravlik qarshiliklarga duch keladi, ularni tabiiy tortishda yengib o’tib bo’lmaydi. Bug’nday sharoitlarda qo’shimcha sun’iy tortish vujudga keltirish lozim. Tutun trubasi oldiga tutun tortkich o’rnatiladi, u qozon agregatidan qizigan gazlami so’rib olib, tutun trubasi orqali atmosferaga chiqarib yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |