9.4. To’ri oqimli qozonlar
Agar tabiiy tsirkulyatsiyali qozonlarda muhitning majbug’riy harakatlanishi faqat suv ekonomayzeridagina bo’lsa, to’ri oqimli qozonlarda qozonga suv kelishidan tortib o’ta qizigan bug’ olinishigacha bug’ hosil bo’lish jarayoni majbug’riy ravishda va bir marta amalga oshiriladi. Suv, suv—bug’ aralashmasi va bug’ ta׳minlash nasosi yordamida haydaladi.
Quyida to’ri oqimli qozonning bir o’ramli trubalaridan ish jismining harakatlanishi sxemasi ko’rsatilgan. Sxemadan ko’rinib turibdiki, to’ri oqimli qozon bug’ ekonomayzeri, bug’lantirish qismi va bug’ qizdirgichning ketma— ket tutashtirilgan trubalari sitsemasidan iborat.
Gidravlik qarshilikni kamaytirish va suv o’tadigan umumiy jonli kesimni kattalashtirish uchun o’ramlami parallel tutashtirish usuli qo’llaniladi, bug’nda o’ramlarning soni 50 tagacha yetishi mumkin. Bug’nda ish jismining yo’lida aralashtirish kollektorlari qatori o’rnatiladi, ular barcha isitish sirtini alohida qismlarga suv ekonomayzeri, radiatsion qism, konvektiv o’tish zonasi va bug’ qizdirgichga bo’ladi. Sitsemaning shu qismlarining hammasi bir—biri bilan ketma—ket tutashtiriladi. To’ri oqimli qozonlar barabanli qozonlar kabi, ekranlangan, radiatsion va konvektiv zonalari bo’ladi.
XX asming 30 — yillarida professor L. K. Ramzin to’ri oqimli qozonning original kontsruktsiyasini yaratdi, bug’ qozon qurildi va ishga tushirilshdi. Bug’ qozonning bug’ unumi 55,0 kg/sek, bug’ bosimi 137 bar va harorati 500 °C edi. L. K. Ramzin sitsemasidagi to’ri oqimli qozonning sxemasi quyida Keltirilgan.
Ta׳minlash suvi nasos yordamida ekonomayzerga uzatib beriladi, bug’ erda u chiqayotgan gazlarning issiqligi hisobiga isiydi va qozon agregati radiatsion qismining zmeeviklariga kiradi. Ekranlarning patski qismida suv qaynash haroratigacha isiydi. U trubalar bo’ylab yuqoriga siljigani sari bug’ hosil bo’lishjarayoni davom etadi.
Tarkibidagi bug’ miqdori 70—75 % (x=0,7—0,75) bo’lganda suv—bug’ aralashmasi radiatsion qismdan konvektiv qismga — oraliq zonaga o’tadi. Bug’ erda suv oxirigacha bug’lanib, tuzlar cho’kmaga tushadi. Bug’ zonada tuzlarning cho’kmaga tushishi radiatsion zonadagidek darajada xavfli emas, chunki bug’ erda gazlarning harorati qozon o’txonasidagi haroratdan pats bo’ladi. SHuning uchun quyqa qatlamining hosil bo’lishi trubalarning xavfli darajada o’ta qizib keti shiga sabab bo’lmaydi. Bug’ oraliq zonadan bug’ qizdirgichning radiatsion qismiga, so’ngra esa konvektiv qismga va nihoyat, itse’molchiga beriladi. Qozon agregatining konvektiv shaxtasida havo isitkichning ikki bosqichi joylashgan.
To’ri oqimli qozonning barabanli qozonga nisbatan afzalliklari shundaki, yengil, yuqori va o’ta yuqori parametrii bug’ olish mumkin. Bug’ unumi nihoyatda yuqori, qozonni tez ishga tushirish mumkin va portlash xavfi nisbatan kam. Kamchiliklari: ta׳minlash nasoslariga elektr energiyasi ko’p sarf bo’ladi va ta׳minlash suvining sifatiga katta talab qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |