Termiz tuman kasb hunar maktabi "tasdiqlayman"



Download 2,62 Mb.
bet27/28
Sana18.02.2022
Hajmi2,62 Mb.
#456271
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Теxnikaviy chizmachilik fanidan O\'MT (4)

Mashg’ulot yakuni
1.Faol ishtirok etgan o’quvchilarni baholaydi va rag’batlantiradi.

Uyga vazifaning berilishi
2.Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi.

Baholari bilan tanishadilar.


Yozib oladilar.



Mavzu: Nuqta, to’g’ri chiziq va tekisliklar.
Fanning mohiyatini asosan ikki narsa tashkil qiladi:
1. Fazodagi tabiiy buyum va geometrik jismlarni biror sirt yoki tekislik ustida tasvirlash usullari; 2. Jismlaming bajarilgan tasvirlari bo’yicha ular orasidagi pozitsion (o’zaro tegishlilik) va metrik munosabatlarini tekshirish; Chizma geometriya usullaridan foydalanib, ma’lum qonun va qoidalari asosida, tekislikda jismlarni tasvirlari hosil qilinadi. Bu tasvirlar orqali buyumlarning fazoviy shaklini chizish va o’lchamlarni aniqlash mumkin. Chizma geometriya kursida quyidagi masalalar o’rganiladi:
1) Fazodagi geometrik figuralaming tekislikdagi tasvirlarini yasash;
2) Pozitsion va metrik masalalarni grafik yechish usullari;
3) Figuralaming tekis tasvirlariga, proyeksiyalariga asosan ularning fazoviy ko’rinishlarini tasawur qilish, ya’ni chizmani o’qish va ulami yaqqol tasvirini chizish.
www.ziyouz.com kutubxonasi
4) Talabalarning boshqa muhandislik fanlarini o’zlashtirishida va amaliy faoliyatida zarur bo’lgan mantiqiy fikrlash, hamda fazoviy tasawurlash qobiliyatini o’stirish ham o’rganiladi. Ushbu qo’llanmani yozishda o’zlarining beg’araz ko’rsatgan yordamlari va maslahatlari uchun professor SH.Murodov, dotsentlar P.Odilov va T.Rixsiboyevlarga muallif o ’z minnatdorchiligini bildiradi.

Har bir geometrik jismni umuman nuqtalar to’plami sifatida qarash mumkin. Shuning uchun ham proyeksiyalami o ’rganishni nuqtalar tasviridan boshlaymiz. Lekin nuqtaning bitta tekislikdagi proyeksiyasi uning fazoviy holatini aniqlay olmaydi. Shuning uchun nuqtani o ’zaro perpendikulyar ikki tekislikka proyeksiyalashni ko’rib chiqaylik. Proyeksiyalashning bunday tizimini chizma geometriya fanining asoschisi, mashhur fransuz matematigi va davlat arbobi Gospar Monj (1746-1818) yaratganligi sababli uning nomi bilan Monj metodi deb ataladi. Fazodagi gorizontal H va unga perpendikulyar bo’lgan vertikal V tekislik olaylik (lb-shakl, a), vertikal V tekislikni frontal (bizga yuzma- yuz, ro’paramizda to’rganligi uchun) proyeksiyalar tekisligi deb ataymiz.

Gorizontal proyeksiyalar tekisligi H bilan frontal proyeksiyalar tekisligi V ning kesishuv chizig’i XX - proyeksiyalar o’qi deyiladi. Fazoning ikki proyeksiyalar tekisliklari bilan chegeralangan va bu tekisliklarda yotmagan A nuqtasini tanlaymiz. Bu A nuqtani H va V proyeksiyalar tekisliklariga ortogonal proyeksiyalab, ularda A nuqtaning mos ravishda Aj va A2 proyeksiyalarini hosil qilamiz. Gorizontal proyeksiyalar tekisligidagi A! . nuqta A nuqtaning gorizontal proyeksiyasi va frontal proyeksiyalar tekisligidagi A2 nuqta A nuqtaning frontal proyeksiyasi deyiladi. A nuqtani bu ikki proyeksiyalar tekisligiga proyeksiyalovchi nurlar (AAi va AA2) birgalikda proyeksiyalovchi tekislik (AiAxA2A) ni hosil qiladi. Bu ^ А А г ) tekislik gorizontal proyeksiyalar tekisligi H bilan A]AX to’g ’ri chiziq bo’yicha va frontal proyeksiyalar tekisligi V bilan esa A2A x to’g’ri chiziq bo’yicha kesishadi. Bu AiAx va A2AX to’g’ri chiziqlar proyeksiyalar o’qi XX ga perpendikulyar bo’lib, nuqtaning gorizontal A] va frontal A2 proyeksiyalarini bog’lab turadi va ular proyeksialami bog’lovchi chiziqlar deb ataladi. A nuqta gorizontal proyeksiyalar tekisligi H dan AAi=AxA2 masofada, frontal proyeksiyalar tekisligi V dan esa AA2=AxAi masofada joylashgan. Demak, fazodagi nuqtaning o ’mini uning proyeksiyalarini XX proyeksiyalar o’qidan o’zoqliklariga qarab ham aniqlash mumkin ekan.

Endi gorizontal proyeksiyalar tekisligi H ni XX proyeksiya o’qi atrofida soat mili harakati yo’nalishi bo’yicha (agar chapdan qaralsa) 90° pastga burib frontal proyeksiyalar tekisligi V bilan jipslashtiramiz. Natijada 16-shakl, b) dagi tekis shaklga ega bo’lamiz. Bu tekis chizma-
www.ziyouz.com kutubxonasi epyur deb ataladi. A nuqtaning epyurdagi gorizontal proyeksiyasi Ai va frontal proyeksiyasi A 2 lami bog’lovchi chiziq AiAxA2 proyeksiyalar o’qi XX ga hamma vaqt perpendikulyar bo’ladi, ya’ni AiAx -LXX va A2Ax_LXX. Fazoda ihtiyoriy olingan gorizontal H tekislik uni ikkiga : yuqori va pastki yarim fazoga bo’ladi. Bu tekislikka perpendikulyar qilib olingan frontal V tekislik H bilan birga fazoni to’rt qismga, ya’ni choraklarga ajratadi. Choraklar tartibida ko’rsatilgan bo’lib, gorizontal H tekislikning yuqori qismida, ya’ni yuqorigi yarim fazoda I va II, pastki yarim fazoda esa III va IV choraklar joylashadi. Bu choraklarda А, В, С va D nuqtalar tanlab, ularning gorizontal va frontal proyeksiyalarini hosil qilamiz. So’ngra gorizontal proyeksiyalar tekisligi H ni XX proyeksiyalar o’qi atrofida 90° ga burib frontal proyeksiyalar tekisligi V bilan jipslashtirib epyurda yuqoridagi nuqtalarning proyeksiyalarini yasaymiz (17-shakl, b). 17-shakl a) va b) da fazoda turli choraklardagi, proyeksiyalar tekisliklaridagi va proyeksiyalar o ’qida joylashgan А, В, C, D, E, F, M va N nuqtalar ko’rsatilgan.

Texnikada ba’zi murakkab detallami faqat ikki proyeksiyada tasvirlash yetarli bo’lmaydi. Ulami uch va undan ko’p proyeksiyalarda tasvirlashga to’g’ri keladi. Gorizontal H va frontal V proyeksiyalar tekisliklariga perpendikulyar holda uchinchi tekislikni o’tkazamiz (18-shakl, a) va uni profil (yon) proyeksiyalar tekisligi deb W bilan belgilaymiz. Bu proyeksiyalar tekisliklarining kesishuv chiziqlari koordinata o’qlari deyiladi. H va V tekisliklarning kesishuv chizig’ini OX bilan belgilab, uni abssissa, H va W tekisliklarning kesishuv chizig’ini OY bilan belgilab, uni ordinata va V bilan W tekisliklarning kesishuv chizig’ini OZ bilan belgilab, uni applikata o’qi deyiladi. Bu koordinatalar o’qlari o’zaro koordinata boshi deyiluvchi О nuqtada kesishadi. Hosil qilingan H, V va W proyeksiyalar tekisliklari sistemasida A nuqtaning proyeksiyalanishini va epyurini yasashni ko’rib chiqaylik. Berilgan A nuqtadan proyeksiyalar tekisliklariga tik to’g’ri chiziqlar tushurib nuqtaning proyeksiyalarini topamiz. Bu holda Ax - fazodagi A nuqtaning gorizontal proyeksiyasi, A2 - nuqtaning frontal proyeksiyasi, A3 - nuqtaning profil proyeksiyasi deyiladi.
Asosiy yozuv. Har qanday chizmaning asosi yozuvi bo‗ladi. Asosiy yozuv ichki ramka chizig‗iga taqab, formatning pastki o‗ng tomoniga joylashtiriladi. Agar chizma 11 formatga (297x 210) chizilsa, asosiy yozuv hamma vaqt format- ning qisqa tomoniga joylashtiriladi (9-shakl). Asosiy yozuv konstruktorlik hujjatlarida GOST 2.104—68 ga muvofiq bajariladi. O‗quv chizmalaridagi asosiy yozuvlarning formasi ishlab chiqarish chizmalaridagi yozuv formasidan farq qiladi. Shu sababli asosiy yozuvning o‗rnini to‗ldirishda O‗ziga xos talablar qo‗yiladi. GOST 2.104—68 ga muvofiq barcha chizmalar va sxemalar uchun hamda tekstli konstruktorlik hujjatlari uchun yozuvning formalari mavjud. Bu formalar haqida tushunchalar, asosan, mashinasozlik chizmalari bo‗limida beriladi. Biz geometriya, proeksion chizmachilik va qurilish chizmachilik bo‗yicha o‗quv chizmalarini bajarishda ishlatiladigan asosiy yozuv bilan tanishib chiqamiz. Bunday formani chizish misoli 10-shaklda tasvirlangan.

Birinchi, ikkinchi, yettinchi, sakkizinchi, to‗qqizinchi xonalardagi yozuvlarni 5- yoki 7- shriftlarda, qolgan xonalardagi yozuvlarni esa 3,5- yoki 2,5- shriftlarda yozish tavsiya etiladi. Chizma ramkasi va asosiy yozuv chizig‗i asosiy tutash chiziqda asosiy yozuvning ayrim chiziqlari ingichka tutash chiziqqa chiziladi.

Masshtab – bu buyum tasvirini chizmada asliga nisbatan necha marta kattalashtirilgan yoki kichiklashtirilganligini ko‗rsatuvchi son yoki buyumning haqiqiy o‗lchamlarini uning chizmasidagi (tasviridagi) o‗lchamiga nisbatan masshtab belgilovchi nisbat oldiga M harfi qo‗yiladi. O‗z DSt 2.302. 97 standartga muvofiq quyidagi masshtablar mavjud: M 1:1 – bu buyumning haqiqiy kattaligini tasvirlash masshtabi. Buyumni kichraytiruvchi masshtab: 1:2; 1:2,5; 1:4; 1:5; 1:10; 1:20; 1:25; 1:40; 1:50; 1:75; 1:100; 1:200; 1:400; 1:800; 1:1000. Buyumning kattalashtirilgan masshtabi:
Chizmadagi yozuvlariing ahamiyati. Barcha harf va raqamlarning bir xil yozilishini ko‗zlab ular uchun umumiy xarakter, qiyofa beradigan grafikaviy belgilar yig‗indisiga shrift deyiladi. Yozilishi, ya‘ni shakli jihatidan shriftlar turli xil bo‗ladi. Masalan, gazeta, kitob va plakatlarni bosishda ishlatiladigan topografik shriftlar, original badiiy shriftlar, ixtiyoriy shriftlar hamda chizma shriftlari. Texnikaning murakkablashib o‗sib borishi, buyumlarning ko‗plab ishlab chiqarilishi XIX asrning boshlariga kelib chizmalarga sonli o‗lchamlar qo‗yishni talab etdi. Bu o‗lchamlar buyumlarni tayyorlash texnologiyasi va ularni yig‗ish jarayonini tasvirlovchi yozuvlarda, o‗qilishi va yozilishi oddiy bo‗lgan harf va raqamlarda yozilishi kerak edi. Bunga erishish maqsadida «Rondo», «Kapitalniy», «Kursivniy», «Relefniy» va «Kirpichniy» kabi maxsus chizma shriftlari yaratildi. Bu shriftlar yozilishini soddalashtirish, bosmadan chiqishini yaxshilash maqsadida 1919 yilda yangi shrift joriy qilindi. Bu shriftlar OST 353 ga binoan 1926 yildan boshlab mashinasozlik chizmachiligiga tatbiq qilindi. 1934 yilda bu shrift qayta ishlanib, unga kichik (yozma) harflar kiritildi. 1939 yilda ayrim o‗zgarishlar kiritilishi natijasida OST 353 o‗rniga OST 7535—39 qabul qilindi. 1946 yilda shriftlarning yangi standarti GOST 3454—46, 1952 yilda esa GOST 3454—52 ni tasdiqladi, 1959 yildan boshlab GOST 3454—59 joriy qilindi. 1968 yildan GOST 2304—68 shriftlari ishlatilmoqda. Standart shriftlar yozilshshshing oddiyligi, bosmadan chiqishining sifatliligi va hokazolar bilan boshqa shriftlardan ustun turadi. Chizma yuqori sifatli chizilib, uning o‗lchamlari, chizmaga tegishli yozuvlar standart shrift bilan yozilmagan bo‗lsa, bunday chizmani o‗qish qiyinlashadi va demak, bu chizma bo‗yicha tayyorlangan mahsulot brak bo‗lib chiqadi. Shuning uchun chizmalardagi yozuvlar aniq o‗qiladigan standart shriftda yozilishi kerak.
Chizma shriftlari va o„lchamlari
Konstruktiv hujjatlarda, yozuvlar O‗z DSt 2.304.97-da belgilangan chizma shriftlar bilan bajariladi. Bu standartlarda shriftni shakli, balandligi, yo‗g‗onligi (qalinligi), shriflar orasidagi masofa va boshqalar ko‗rsatilgan. Sanoatning hamma tarmoqlariga oid chizmalar va texnikaviy hujjatlar, chizmalar yozuvlari uchun chizma shriftlarini quyidagi o‗lchamlari berilgan: 2,5; 3,5; 5; 7; 10; 14; 20; 28; 40. Shriflarni o‗lchami deb bosh harflarning millimetr hisobidagi balandligi h tushunish kerak. Texnik chizmalarda o‗lchami h=2,5 dan h=14 gacha bo‗lgan shriftlar qo‗llaniladi. O‗z DSt 2.304. 97 bo‗yicha kirill, lotin, yunon alfavitlarining harflari hamda raqamlardan iborat bo‗lgan chizma shriflari belgilangan. Bu standartlar asosan kirill va lotin alfavitlari harflari va arab sonlari tuzilish jihatdan asosi va enli shriftlarga bo‗linadi. Asosiy shrift hamma chizmalarda va tekstli hujjatlardagi yozuvlarda qo‗llaniladi. Keng shriflar bir necha so‗z bilan bir qatorni to‗ldirish kerak bo‗lgan hollarda va shuningdek, diagramma, jadval, ko‗rgazma chizmalari, titul varaqlari va hokazolarda qo‗llaniladi. Normal shrift asosiy chiziqqa nisbatan 750 og‗malikda yoziladi Arxitektorlar shrifti esa standartda 900 da yoziladi.



Guruh bilan ishlash va ularga rahbarlik qilish
1. Treningga tayyorgarlik:
 qatnashchilar muvaffaqiyatli ishlashi uchun etarli tayanch ma’lumotlarga ega ëki ega emasligini sinash;
 qaysidir faoliyat turini kiritishdan oldin, barcha kerakli mazmun va zaruriy ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqish;
2. Guruhda ishlashda trener-o‘qituvchi:
 qatnashchilarga tushunarli bo‘lgan tushunchalardan foydalanish;
 qatnashchilarni diqqat markaziga qo‘yish va materialni tushunishni engillashtirish;
 qatnashchilarni guruhda va o‘zaro ishlashda ta’sirlarini rivojlantirish;
 qatnashchilar taqdimotlarida va mashqlarni bajarishida auditoriya bo‘ylab yurish kerak. 3. Kichik guruhlarda ishlashda rahbarlik:
 uch nafar ѐki besh nafar qatnashchilardan oshmaydigan kichik guruhlar tuzish;
 guruhning har bir qatnashchisiga vazifa berish (ѐki hammani qatnashishiga sharoit yaratish);
 topshiriqni aniq tushuntirish va tushunganligini tekshirish;
 ѐrdam berishga hamisha tayѐr bo‘lish, lekin qatnashchilar o‘z ishlarini mustaqil bajarishiga erishish;
 interfaol metodni amalga oshirish uchun stol va stullarni surish mumkinligiga ishonch hosil qilish;
 qatnashchilar bir-birini «elkama-elka», «ko‘zma-ko‘z» ko‘rishiga ishonch hosil qilishdan iborat.
4. Qatnashchilarga savollar berish tartibi:
 qatnashchilarning aniq haѐtiy va pedagogik tajribasiga mos mavzulardan berish;
 savol bera turib, so‘rovning turli bosqichlaridan foydalanish. Masalan, qatnashchilar nima deydi? Nega ushbu usul ѐki uslubdan foydalaniladi?
 qatnashchilardan «nimalarni o‘ylaysiz?» deb so‘rash;
 savol bera turib, qatnashchilarga javob uchun vaqt ajratish («kutish vaqti»);
 qatnashchilarni o‘z fikrlarini ifodalashga, uni tushuntirishga va asoslashga undashdan iboratdir.
5. Qatnashchilarning xatolarini tuzatish uchun:
 tanqiddan qochish;
 tuzatishdan oldin ijobiy fikrlardan aytish;
 ularga juda ham faol e’tibor bermaslik;
 biror tinglovchining xatosi bilinmasligi uchun birvarakayiga bir necha noto‘g‘ri javoblarni tahlil qilish lozim. Guruh bilan samarali ishlashda auditoriyaning fazoviy joylashuvi Kichik guruhlarda mashg‘ulot olib borilganda auditoriyaning“Doira” ko‘rinishidagi joylashuvi ahamiyatlidir. Bunday joylashuv ―Davra stoli‖, ―YUzma-yuz‖ holatdagi bahs-munozaralar, assesmentlar o‘tkazish uchun qulay shakl hisoblanadi.

“YArim doira” ko‘rinishidagi auditoriya ham mavjud bo‘lib, mazkur holatdagi ish shakli yakka tartibdagi, juftliklardagi topshiriqlarni bajarishga hamda trenerning barcha qatnashchilar bilan faol muloqotga kirishishi uchun qulay sharoit yaratadi.

“Parallel” joylashuv. Komandada o‘qitish, bellashuvlar, musobaqalar, blits-turnirlar uchun mazkur joylashuv yaxshi samara beradi.

“SHaxmat” ko‘rinishi. Kichik guruhlardagi ish shakli uchun juda qulay joylashuv bo‘lib, muhokamalar, o‘zaro muloqot va fikr almashish imkonini beradi.

SHuningdek, trenerning har bir guruh bilan alohida-alohida ishlashi uchun sharoit yaratadi.



“Archasimon” joylashuv. Trening jaraѐnida juftliklarda, yakka tartibda ishlash hamda intervyular o‘tkazish uchun qulay sharoit yaratadi.


Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish