Termiz tuman 17-sonli umumta’lim maktabida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini o‘quv jarayonining davlat ta’lim standartlari asosida tashkil etilishi, o‘quvchilarga fanlar, shu jumladan, davlat tili o‘qitilishining samaradorligi, o‘quv darsliklari bilan ta’minlanganligi hamda moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanilishi to‘g‘risida ahvoli xamda Termiz tuman Prokuraturasininig 2022 yil 21-apeldagi 9-4/22-sonli talabnomasi va Termiz tuman XTB ning 2022 yil 22-aprel 8-x/s sonli buyrug‘iga asosan o‘rganish ma’lumoti.
1. Ta’lim muassasalarida mutaxassislik bo‘yicha tasdiqlangan ta’lim standartlari, o‘quv rejasidagi fanlar, shu jumladan davlat tilining namunaviy o‘quv rejalari, amaliyotlar bo‘yicha dasturlarning davlat ta’lim standartlariga muvofiqligi;
O‘rganishda: Termiz tumanidagi 17-sonli umumt’lim maktabi 2021-2022 o‘quv yiliga tasdiqlangan tayanch o‘quv rejasi asosida dars taqsimoti qilingan maktabnig O’IBDO’ Shukurov Juma ish rejasi mavjud tasdiqlangan, ish rejaga asosan 2021-2022 o’quv yili ishlar bajarilgan. Qoldirilgan dars soatlar daftari to’liq yuritilgan. 27.04.2022 yil sanasida maktabning kutubxona mudirasi Holto’raeva Shahzoda ishda yo’qligi sababli uning yordamchisi Ismoilova Tojinor ish rejasi mavjud tasdiqlangan lekin ish rejaga asosan o’tkazilgan tadbirlar bayonnomasi to’liq emas hamda tasdiqlanmagan. Maktab pisihologi Norbekova Zebo tumandagi 1-sonli umuta’lim maktabiga seminarga ketganligi sababli 0.5 vazifada ishlovchi vvb Qurbonmurodov Bahtiyor ish rejasi o’rganilganda ish rejasi tasdiqlangan ish rejaga asosan qilgan ishlarni asosiy psiholog yo’qligi tufayli ko’rsatilmadi . Maktab MMIBDO’ Quvonov Eshbek ish rejasi mavjud tasdiqlangan ish rejaga asosan 2021-2022 o’quv yilda qilingan ishlari o’rganilganda ish rejaga asosan tadbir bayonnomalari mavjud ekanligi aniqlandi
2. O‘quvchilarga fanlar, shu jumladan davlat tili tegishli ma’lumot va mutaxassislikka ega bo‘lgan o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘qitilayotganligi;
O‘rganishda: Maktabda O‘quvchilarga fanlar, shu jumladan davlat tili tegishli ma’lumot va mutaxassislikka ega bo‘lgan o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘qitilayotganligi aniqlandi.
3. Umumta’lim maktabining birinchi sinfiga bolalarning olti-etti yoshdan qabul qilinishi hamda birinchi sinf o‘quvchilarining to‘liqligi, belgilangan me’yordan ortib ketmasligi haqidagi qonun talabiga rioya etilganligi.
O‘rganishda: Maktabda 1-sinf o‘quvchilari 75 nafar bo‘lib barchasi Prezident sovg‘asi bilan to‘liq ta’minlangan xamda barchasi maktab yoshiga asosan qabul qilingan.
4. Davlat ta’lim standartlariga ko‘ra, o‘quvchilar belgilangan fanlar bo‘yicha to‘liq o‘qitilishi, zarur bilim,ko‘nikma va malakalarni egallaganlik ahvoli;
O‘rganishda: Maktab O‘TIBDO‘ tomonidan choraklar yakuni bo‘yicha o‘quvchilardan fanlarni o‘zlashtirish bo‘yicha to‘liq monitoring olingan lekin monitoring natijasi bo’yich maktabning pedagogik kengashiga masalasi ko’rilmagani aniqlandi.
5. Maktab o‘quvchilarining darslardagi ishtiroki, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlari mazmunli tashkil etilishi, shu jumladan to‘garaklar va sport mashg‘ulotlariga jalb qilinganligi;
Do'stlaringiz bilan baham: |