Termiz muhandislik texnologiyalari instituti


Vertikal elektr zondrlash usuli



Download 2,03 Mb.
bet3/8
Sana02.06.2023
Hajmi2,03 Mb.
#947846
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ELEKTR KESMALASH (LEKTRO PROFILLASH). VERTIKAL ELEKTR ZONDLASH USULI

1.2. Vertikal elektr zondrlash usuli
Injener-geologik tadqiqotlarda eng ko’p qo’llaniladiganlari elektrprofillash va vertikal elektr zondlashdir (VEZ). Elektroprofillashda o’rganilayotgan uchastkada gruntda qator profillar (yo’nalishlar) o’tkaziladi va ularni har birida jinslarni qarshiligi elektrodlar orasidagi masofani o’zgartirmas ko’chirib o’lchanadi. Bu uchastkada solishtirma qarshilikni belgilangan huqurlikda 189 o’zgarishini ko’rsatadi, o’zgarish jumladan karet bo’shliqlarining mavjudligi bilan bog’liq bo’lishi mumkin
Vertikal elektr zondrlash (VEZ) tub jinslarni yotish chuqurligini va yer osti suvlari satxini, daryo vodiylari tubini aniqlash, xar xil litologik tarkibdagi jinslarni ajratish (shu jumladan suv o’tkazadigan va suv to’suvchi qatlamlarni) va x.k. larga imkon beradi. Bu usulni mazmuni shundaki, ta’minlovchi elektrodlar A va B orasidagi masofani oshirgan sari tok chiziqlari chuqurlikga kirib boradi. Elektr zondirlashni chuqurligi A va B nuqtalar orasidagi masofaga bog’liq va o’rtacha AB/2 ni tashkil etadi. Ta’minlovchi elektrodlar A va B orasidagi tok kuchini J qabul elektrodlari M va N orasidagi potentsial ayirmasi o’lchab, jinslarni elektr qarshiligi qiymatini topish mumkin. Bu ma’lumotlar bo’yicha geologik kesim tuzish mumkin. Bu ma’lumotlar bo’yicha geoogik kesim tuzish mumkin. Geofizikaviy ishlar natijalari shu rayonda qazilgan shurf yoki burg’ u quduq bilan taqqoslab ko’rilib, ular bergan ma’lumotlarning to’g’riligiga ishonch hosil kilinadi. Bu esa muhandislik – geologik ishlarni arzonlashtiradi va katta iqtisod kilishga imkon beradi.
Tadqiqotlarni geofizik usullari odatda razvedka ishlariga yo’ldosh bo’ladi va ba’zi xollarda shurflash va burg’ulash ishlarini xajmini keskin kamaytirish imkonini beradi. Ko’p xollarda ular boshqa tadqiqotlar bilan parallel qo’llaniladi. Ularni yordamida jinslarni va yer osti suvlarini fizik va ximik xususiyatlarini, yotish sharoitlarini, yer osti suvlarini xarakatlarini, fizik - geologik va muxandislik - geologik xodisalar va jarayonlarni o’rganish mumkin. Injener-geofizik tadqiqotlar amaliyotida asosiy o’rinni elektrometriya va seysmometriya egallaydi. Seysmik usullar tabiiy sabablardan yoki maxsus o’tkaziladigan portlashlardan hosil bo’ladigan seysmik tebranishlarni tarqalish tezligini farqlanishiga asoslangan. Oxirgi vaqtlarda injener-geologik ishlarda bir kanalli mikroseysmik qurilmalar ishlatilmoqda.
Ularni yordamida qoplamalar ostidagi qoyali jinslarni yotish chuqurligini belgilash, daryo vodiylari tubini aniqlash karst bo’shliqlari, grunt suvlari satxi, doimiy muzliklardagi erigan jinslar qalinligini aniqlash mumkin. Murakkab geologik tuzilishiga ega bo’lgan sharoitda seysmometriya usullari yaxshi natija bermaydi. Elektrorazvedka tog’ jinslari massivida sun’iy hosil qilinadigan elektr maydonlarini o’rganadi. Har bir jins, shu jumladan quruq va suvga to’yinganlari ham, o’z solishtirma elektrorazvedka ma’lumotlari shunchalik aniq bo’ladi
Geofizik tadqiqot usullariga tavsif berishdan avval uchta asosiy geofizik tushunchalar geofizik maydon, geofizik kattalik va geofizik hodisalar haqida to‘xtalish lozim, ularning mazmuni bilan tanishib chiqish zarur. Zero, geofizik tadqiqot usullan yordamida geofizik maydon, geofizik kattalik va geofizik hodisalar o'rganiladi.
Geofizik maydon deganda, geografik qobiqdagi materiya mavjudligining asl shakli yoki ko‘rinishini tushunamiz. Bunday maydonlar juda ko‘p. Ularning asosiylari gravitatsion, elektromagnit, termik, barik kabi maydonlardir. Bu maydonlar uchun umumiylik shundaki, ularda doimo o‘zaro ta’sir etib'turadigan elementar zarrachalar mavjuddir. Elementar zarrachalaming o‘zaro ta’sirlashuvi har bir geosferaning ichki qismida hamda geosferalar orasida, ayniqsa ular tutashgan chegaralarda sodir bo‘ladi. Eng asosiysi geofizik maydonning turli nuqtalarida geofizik kattalik turlicha qiymatlarda ega bo‘ladi.
Geofizik kattalik deganda, geosferalar, geofizik maydonlar, geofizik jarayonlar va hodisalaming fizik holatini tushunmoq kerak. Jumladan atmosferaning fizik kattaligiga havoning harorati va namligi, shamolning tezligi va yo‘nalishi, dunyo okeani uchun suvning chuqurligi, harorati, sho‘rligi, rangi, tiniqligi, to‘lqinlari, oqimlari va h.k., daryolar uchun esa chuqurligi, oqim tezligi, harorati, suv sathi va sarfi, yotqiziqlar miqdori, muzning qalinligi, suv toshqinlari, mejen davri, loyqaligi va h.k. tegishli. Ko‘rinib turibdiki, geofizik kattaliklar maxsus jihozlar yordamida o‘lchanadi va tadqiqot ishlarining eng muhim ma’lumotlari hisoblanadi.
Geofizik hodisalar - geofizik maydon yoki uning ayrim tomonlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirming namoyon boiish shakli. Geofizik hodisalarga qutb shaffofligi, okean, dengiz, daryo va qo‘l, botqoqliklardagi suvlarning muzlashi, oqimi, to‘lqinlari, dengiz suvining qalqishi, qor ko‘chkilari, surilmalar, jarlamshi, sel, tog‘ qulashlari va h.k. misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Yuqorida biz qisqacha to'xtalib o‘tgan geofizik maydon, geofizik kattalik va hodisalaming fizik xossalari hamda xususiyatlarini o‘rganishda quyidagi tadqiqot usullaridan foydalaniladi:
- statsionar kuzatuv usuli;
- ekspeditsiya usuli;
- eksperimental
- tajriba usuli;
- aerokosmik yoki distansion usul;
- paleogeografik usul.
Quyida ularning har biri ustida alohida-alohida to‘xtalib o‘tamiz. Statsionar kuzatuv usuli. Mazkur usul mohiyatiga ko‘ra barcha jihozlar o‘rnatilgan maxsus joyda uzluksiz tadqiqot ishlari olib boriladi. Bunda jihozlar yordamida geofizik kattaliklar (masalan, harorat, bosim, namlik, suv oqimi hamda shamolning tezligi, yo'nalishi va h.k.) hamda geofizik hodisalar (bulut, yog‘in, qor va muz qoplami, qor ko‘chkisi, to‘zonli bo‘ronlar, tog‘ jinslarinmg burmalari va h.k.) sifat jihatdan baholanadi. Odatda, kuzatuv va o‘lchash ishlari geofizik stansiyalarda geosferalaming suyuq, qattiq va havo qobig‘ida alohida olib boriladi.

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish