Elektr payvandlash qurilmalari barcha korxonalarda mavjud bo‘lib, o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tokda ishlovchi qurilmalarga bo‘linadilar. Texnologik nuqta nazardan payvandlash qurilmalarini kontaktli yoki yoyli guruhlarga ajratish mumkin.
O‘zgarmas tokda ishlaydigan payvandlash agregatlari o‘zgaruvchi tok yuritgichli va o‘zgarmas tok generatorlaridan tuzilgan bo‘ladi. Bunday qurilmalar uch fazali o‘zgaruvchan tokda simmetrik yuklamani tashkil etadi. Quvvat koeffitsient me’yoriy yuklamada 0,7-0,8 oralio‘ida bo‘ladi, salt ishlaganda 0,4 dan oshmaydi. O‘zgarmas tokda ishlaydigan payvandlash agregatlarini yarim o‘tkazgichli to‘o‘rilagichlar asosida ham bajarish mumkin.
O‘zgaruvchan tokdagi elektr payvandlash qurilmalari 50 Gs li kuchlanishi 380, 220 V bo‘lgan tarmoqdan ishlaydilar. Ularda bir fazali payfandlash transformatori qo‘llaniladi va ish rejimi takroriy qisqa hisoblanadi. Bitta qurilmaning quvvati 9-32 kVA oraligida bo‘ladi. Quvvat koeffitsienti yoyli payvandlash qurilmalarida 0,3-0,35ni, kontaktli payvandlashda esa 0,4-0,7ni tashkil etadi. Elektr ta’minotining ishonchliligi bo‘yicha 2 chi toifali iste’molchilar guruhiga kiradi.
Nazorat savollari:
Elektr iste’molchilar qanday ko‘rsatgichlar bo‘yicha guruhlanadi?
Elektr iste’molchilar ish rejimlariga qarab qanday guruhlarga bo‘linadi?
Elektr iste’molchilar elektr ta’minoti ishonligi bo‘yicha manbaga qanday talab qo‘yadi?
Ulanish davomiyligi deganda nimani tushinasiz?
MA’RUZA 3-4
ELEKTR ENERGIYA SIFATINI KO‘RSATUVCHI ASOSIY KATTALIKLAR
Reja:
1. Elektr energiya sifatini belgilovchi ko‘rsatgichlar;
2. Kuchlanish oo‘ishi va tebranishi;
3. Kuchlanish va toklar shakllarining nosinusoidalligi va nosimmetriyaligi;
4. Nazorat savollari.
Elektr energiya sifatini belgilovchi ko‘rsatgichlar
Elektr energiya iste’molchilari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni ma’lum bir sharoitlardagina to‘la-to‘kis bajarishlari mumkin. Bunday sharoitlarni belgilovchi parametrlar elektr energiya sifati deb yuritiladi. Sifat belgilarining istalgan tomonga oo‘ishi energiyadan chala foydalanishga sababchi bo‘ladi. SHuningdek, elektr qurilmalari va jihozlardan foydalanmaslikka va ishlab chiqarilayotgan mahsulot kam bo‘lishiga va boshqalarga sababchi bo‘ladi.
Elektr energiyasi sifat muammosini hal qliishda iqtisodiy, matematik va texnik aspektlar ko‘rilishi kerak. Iqtisodiy aspekt o‘ziga elektr ta’minotida sifatsiz energiya iste’mol qilgandagi zararlarni hisoblash usullarini yaratishni ko‘zda tutsa, matematik aspekt sifat ko‘rsatkichlarini u yoki bu usullar bilan hisoblashni, texnik aspekti esa texnik vosita va tadbirlarni yaratib, sifatini ko‘tarishni va sifat belgilarini nazorat hamda boshqaruv usullarini yaratish va ishlab chiqarishni qamrab oladi.
Umuman olganda «Elektr energiyasi sifati» deganda energiya tizimning asosiy parametrlarining o‘rnatilgan normadagi qiymatlarga to‘o‘ri kelishi va shu qiymatlar bilan energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash tushuniladi.
Elektr energiya sifati qiymati kuchlanish va chastotalar oo‘ishi, ularning o‘zgarish ko‘lami, elektr qiymatlarining nosinusoidalligi, kuchlanishlar nosimmetriyaligi bilan belgilanadi.
CHastotaning oo‘ishi bu – 10 minut oralio‘ida chastotaning haqiqiy qiymatini nominal qiymatdan farqini ko‘rsatuvchi o‘rtacha qiymat. Normal xolatda chastotaning oo‘ishi nominal qiymatdan 0,1 Gs o‘zgarishi ruhsat etiladi. Qisqa vaqt ichida esa 0,2 Gs ga o‘zgarishi mumkin.
CHastotaning tebranishi bu – chastotaning o‘zgarish tezligi sekundiga 0,2 Gs dan kichik bo‘lmaganda, rejim parametrlarining tez o‘zgarishida asosiy chastotaning eng yuqori va eng kichik qiymatlari orasidagi farq hisoblanadi.
CHastotaning tebranishi, oo‘ishga ruxsat berilgan 0,1 Gs dan tashkari, 0,2 Gs dan oshishi mumkin emas.
;
Do'stlaringiz bilan baham: |