ISHNI BAJARISH VA HISOBOT TAYYORLASH TARTIBI
1. Transformatorning yukli ishlash rеjimini hosil qilish uchun 1 - rasmdagi kabi, birlamchi chulg‘amga nominal kuchlanish bеrib,
rasm. Transformatorning yuklama tajribasini o‘tkazish sxеmasi
2-rasm.Transformatorning yuklama tavsifi:
I1 - birlamchi chulg‘am tokining o‘rtacha qiymati; cos - quvvat koeffitsiyеnt; P1- quvvat; U2 - ikkilamchi chulg‘am kuchlanishi; - F.I.K; Kyuk- yuklama koeffitsiyеnti : 1 cos P1 I1 13 ikkilamchi chulg‘amni esa istе’molchiga ulash lozim. Kuchlanish U1 = U1n qiymatni o‘zgartirmasdan saqlagan holda, Zyuk ning 4-5 ta qiymatlari uchun birlamchi chulg‘am toklari, quvvati va ikkilamchi chulg‘am toki hamda kuchlanishlarining qiymatlarini o‘lchov asboblarining ko‘rsatkichlarini 2.1 - jadvalning chap tomoniga yozib olinadi. 2. Birlamchi chulg‘am tokining o‘rtacha qiymati, quvvati va quvvat koeffitsiyеntlari avvalgi tajribalardagidеk hisoblanib jadvalning o‘ng tomoni to‘ldiriladi.
1-jadval
O’lchangan qiymatlar
|
Hisoblangan qiymatlar
|
IA
|
IB
|
IC
|
PA
|
PB
|
PC
|
U2
|
I2
|
I1
|
U1
|
P1
|
cos1
|
P2
|
ƞ
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
V. Sinov savollari
1. Nima uchun transformatorning yuklama holati tеkshiriladi?
2. Yuklama holatida ikkinchi chulg‘am kuchlanishi nega tushib ketadi?
3. Transformatorning yuklama holatidagi vеktor diagrammasini chizib bеring.
4. Transformator qisqa tutashuv paramеtrlariga uning konstruktiv qismlari o‘lchamlarining qanday ta’siri bor?
3-LABORATORIYA ISHI
Uch fazali ikki chulg’amli transformatorlarning qisqa tutashuv holatlaridagi xarakteristikalari va parametrlarini tekshirish
1. ISHNI BAJARISHDAN MAQSAD
1.1. Uch fazali transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishish.
1.2. Transformatorning qisqa tutashuv holati va uning parametrlarini aniqlash.
1.3. Transformatorning qisqa tutashuv tavsiflarini qurish.
2. ISHNI BAJARISH YUZASIDAN TOPSHIRIQLAR
2.1. Transformator tashqi ko’rikdan o’tkazilsin va pasportida ko’rsatilgan malumotlar hamda chulg’amlar qarshiliklari hisobot daftariga yozilsin.
2.2. Qisqa tutashuv tavsiflari Iqt, Pqt, cosφqt = f (Uqt) ni qurish uchun malumotlar 2-jadvalga yozib olinsin.
2.3. Tajriba malumotlaridan foydalanib qisqa tutashuv parametrlari Rqt, Zqt, Xqt, Uqt aniqlansin
3. ISHNI BAJARISHGA OID QISQACHA NAZARIY TUSHUNCHALAR
Oʼzgaruvchan tok kuchlanishining qiymatini oʼzgartirib beruvchi statik elektromagnit apparat transformator deyiladi.
Elektr tarmoqlarida elektr energiyasini maʼlum masofaga uzatishda (kuchlanishni oshirish uchun) va uni isteʼmolchilar orasida taqsimlashda (yuqori kuchlanishni pasaytirish uchun) transformatorlar keng ishlatiladi.
Elektr tarmogʼining muhim apparati hisoblangan transformatorni rus elektrotexnigi P N. Yablochkov 1876 yilda ixtiro qilgan. Transformatorni yanada takomillashtirish ustida rus ixtirochisi I. F. Usagin ham koʼpgina tadqiqot ishlari olib borgan.
Elektr energiyasi turli xil elektrostantsiyalarda ishlab chiqariladi. Odatda, elektrostantsiyalar tabiiy energetika resurslari mavjud boʼlgan rayonlarda quriladi. Bunday rayonlar esa koʼpincha sanoat markazlaridan ancha uzoqda boʼladi. Elektrostantsiyalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi elektr uzatish liniyalari orqali sanoat markazlariga, yaʼni isteʼmolchilargauzatiladi. Soʼnggi vaqtlarda elektr energiyasi uzatilishi lozim boʼlgan masofa va uzatiladigan quvvatlar tobora ortib bormoqda.
Elektr energiyasi maʼlum masofaga uzatilganda liniya simlarida sodir boʼladigan quvvat isrofi mumkin qadar kam boʼlishi lozim. Shundagina elektr uzatish liniyasining foydali ish koeffitsienti katta boʼladi, yaʼni isteʼmolchilarga koʼproq energiya yetib boradi. Energiya uzatuvchi liniya simlarida quvvat isrofi, asosan, ulardan oʼtuvchi tok kuchining kvadratiga hamda liniya simlarining aktiv qarshiligiga bogʼliqdir. Tok kuchi qancha katta boʼlsa, quvvat isrofi shuncha katta boʼladi. Liniyalarda tok kuchi katta boʼlsa, bu simlarning koʼndalang kesim yuzalarini katta qilib olishga toʼgʼri keladi. Quvvat isrofini kamaytirish uchun simlarning aktiv qarshiligini kamaytirish lozim. Maʼlum uzunlikdagi simning aktiv qarshiligini, asosan, uning koʼndalang kesim yuzini kattalashtirish yoʼli bilan kamaytirish mumkin. Transformator bu statik elektromagnit uskuna bo’lib, birlamchi o’zgaruvchan tok sistemasini ikkilamchi o’zgaruvchan tok sistemasiga aylantirib beradi. Bunda chastota o’zgarmaydi. Transformator asosiy va yordamchi qismlardan tuzilgan. Asosiy qismga magnit o’tkazgich va chulg’amlar kiradi. Yordamchi qismlarga bak, kengaytirgich, gaz relesi, idish sopsog’i, radiatorlar, termosifon filtri, yog’ sathini ko’rsatuvchi shisha naycha, ko’targich halqalar, yuqori va past kuchlanishlar ulanadigan izolyatorlar, tozalagich va boshqalar. Transformatorning ish davrida hosil bo’ladigan uyurma toklarini keskin kamaytirish maqsadida uning magnit o’tkazgichi bir-biridan izolyatsiyalangan va qalinligi 0,15-0,5 mm bo’lgan elektrotexnik po’lat tunikachalardan yig’iladi. Transformator chulg’amlari yasalishida izolyatsiyalangan mis va alyuminiy simlaridan foydalaniladi. Transformatorlarda moy sovutish va izolyatsiya vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |