Sinxron motor V-simon tavsifi. Sinxron motor ishlash jarayonida stator chulg‘amida EBK induktivlanadi, ularning yig‘indisi [(11.29)ga qarang] taxminan tarmoq kuchlanishi ga teng. Bu EYKlar yig‘indisi ikki MYK qo‘zg‘otish chulg‘ami va stator chulg‘ami o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘lgan natijaviy magnit oqimga ekvivalentdir.
Tarmoq kuchlanishi o‘zgarmas bo‘lsa natijaviy manit maydon o‘zgarmas bo‘ladi. Shu sababli qo‘zg‘otish MYK (qo‘zg‘otish toki ) o‘zgarganda stator MYK shunday o‘zgaradiki, ularning o‘zaro ta’siri o‘zgarmaydi, ya’ni sinxron motorning natijaviy magnit maydoni o‘zgarmaydi. MYK bunday o‘zgarishi faqat stator chulg‘ami tokining qiymati va fazasi o‘zgarishi bilan sodir bo‘ldi, ya’ni stator tokining reaktiv tashkil etuvchisi o‘zgara. Elektromagnit moment o‘zgarmas bo‘lganligi uchun stator tokining aktiv tashkil etuvchisi o‘zgarmaydi.
Masalan, qo‘zg‘otish toki o‘zining eng kichik qiymati dan ortganda rotor MYK ortadi, bunda stator MYK kamayadi. Bu MYK kamayishi (tarmoq kuchlanishi ga nisbatan) induktiv bo‘lgan, stator tokining kamayishi bilan birga bo‘ladi.
Bunda statorning to‘la toki kamayadi, motor quvvat koeffitsienti esa ortadi. Qo‘zg‘otish tokining biror qiymatida stator tokining induktiv tashkil etuvchisi nolgacha kamayadi. Ushbu holatda stator toki (mazkur yuklanish uchun) minimal qiymatga erishadi, chunki tok sof aktiv bo‘ladi, shunda quvvat koeffitsienti bo‘ladi.
1-rasm. Sinxron motor V-simon tavsifi
Qo‘zg‘otish tokini dan oshirilsa, ya’ni motor o‘ta qo‘zg‘otilganda, stator toki ortadi, ammo endi bu tok tarmoq kuchlanishi ga nisbatan ildamlovchi (sig‘im xarakterda) bo‘ladi. Shunday qilib, sinxron motor kam qo‘zg‘otilgan bo‘lsa, motor kechikuvchi tokli, o‘ta qo‘zg‘otilgan bo‘lsa - ildamlovchi tokli bo‘ladi. Sinxron motor uchun stator tokining qo‘zg‘otish tokiga bo‘lgan bog‘liqligi, ya’ni V-simon tavsifi 1-rasmda keltirilgan. Unda qo‘zg‘otish toki qiymatiga sinxron motorning quvvat koeffitsienti = 1 mos keladi. Motor o‘ta qo‘zg‘otilgan bo‘lsa stator chulg‘amida ildamlovchi tok hosil bo‘ladi. blshqacha qilib aytganda, sinxron motori reaktiv tok generatori hisoblanadi: kam qo‘zg‘otilgan bo‘lsa, tarmoq kuchlanishiga nisbatan induktiv va o‘ta qo‘zg‘otilgan rejimda esa sig‘imli hisoblanadi. Sinxron motorlarning ushbu xususiyati ularning yaxshi sifati bo‘lib, elektr qurilmalari quvvat koeffitsientini oshirish uchun qo‘llaniladi.
Tarmoq bilan parallel ishlayotgan sinxron generatorlarga o‘xshash, sinxron motorlarda minimal qo‘zg‘otish toki bo‘lganda turg‘unlik chegarasiga ega (1-rasmda punktir chiziq).
2-rasm. Sinxron motor ishchi tavsiflari
Do'stlaringiz bilan baham: |