ISHNI BAJARISH TARTIBI VA HISOBOT TAYYORLASH
4.1 Motorning pasportidagi uning normal ish holatini ko’rsatuvchi nominal kattaliklar hisobot daftarchasiga ko’chirib yoziladi.
4.2. Motorning tavsiflarini olish uchun 3- rasmdagi sxemadan foydalanamiz. O’zgarmas tok generatori faza rotorli asinxron motori uchun yuklama bo’lib hisoblanadi. Ish tavsifini olish tartibi A-2 ishdagi kabi va o’lchash natijalari 1-jadvalga yoziladi. 1-jadvalda hisoblanishi kerak bo’lgan kattaliklar A-2 ishidagi formulalar yordamida hisoblanadi va ular yordamida ish tavsiflari P1,I1,cos1,M2,,S,n=f(P2) quriladi (4-rasm).
1-jadval
O’lchangan qiymatlar
|
Hisoblangan qiymatlar
|
IA
|
IB
|
IC
|
PA
|
PB
|
PC
|
U2
|
I2
|
N
|
P1
|
I1
|
P2
|
S
|
M2
|
cos1
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3-rasm. Motorni ishga tushirish va tajriba o’tkazish sxemasi
4-rasm. Uch fazali faza rotorli asinxron motorning ish rejimi tavsiflari
SINOV SAVOLLARI
Faza rotorli asinxron motorning ish tavsifi deb qanday bog’lanishga aytiladi?
Motorning ish tavsiflari tajribada qanday olinadi?
=f(P2) bog’lanishning o’zgarish xarakterini tushuntirib bering.
S=f(P2) bog’lanishning o’zgarish xarakterini tushuntirib bering.
Faza rotorli asinxron motorning aylanish tezligi qanday rostlanadi?
Aylanma diagrammani tajriba yo’li bilan qanday qilib qurish mumkin?
10-LABORATORIYA ISHI
SINXRON GENERATORNING SALT ISHLASH VA YUKLANISH TAVSIFLARINI TADQIQ ETISH.
1. ISHNI BAJARISHDAN MAQSAD
1.1. Uch fazali sinxron generatorning tuzilishini, ishlash prinsipini o’rganish.
1.2. Muxtor holda ishlayotgan sinxron generatorning tashqi va rostlash tavsiflarini tekshirish.
2. ISHNI BAJARISH YUZASIDAN TOPSHIRIQLAR
2.1. Sinxron generatorning tuzilishi hamda tajriba qurilmasiga kiradigan barcha asbob va uskunalar bilan tanishing. Stend bilan tanishib, generatorning sxemasiga kiradigan jihozlar va o’lchov asboblarini aniqlang hamda generatorning pasportida ko’rsatilgan texnik malumotlar bilan tanishib, ularni hamda chulg’amlar qarshilikarini hisobot daftariga yozib qo’ying.
2.2. Tashqi tavsifini U=f (I1) olish, bunda iq=-const, n=nn=const yoki f=fn=const bo’lishi lozim.
2.3.Rostlash tavsifini olish. iq=f (I1), bunda U=Un=const, n=nn=const yoki f=fn=const bo’lishi lozim.
2.4. Salt ishlash tavsifi – E0 = f (iq) ni olish, bunda I1 = 0, n = nn = const yoki f = fn = const bo‘lishi lozim.
2.5. Induktiv yuklanish tavsifi U = f (iq) ni olish. Bunda I1 = const, cos = 0, n = nn = const yoki f = fn = const bo‘lishi lozim. U = 0, n = nn = const bo‘lishi lozim.
2.6. Uch fazali qisqa tutashish tavsifi Iqt.= f (iq) ni olish.
2.7. Salt ishlash tavsifidan mashina magnit zanjirining to‘yinish koeffitsiyentini toping.
2.8. Salt ishlash va induktiv yuklanish tavsiflari asosida reaktiv uchburchakni quring va Pot’ye qarshiligi Xp ni toping
Do'stlaringiz bilan baham: |