Termiz davlat unversteti


Didaktik printsiplarining mohiyati



Download 350,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/19
Sana27.04.2023
Hajmi350,37 Kb.
#932561
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
623135 (1)

4.1
Didaktik printsiplarining mohiyati.
 
Tayanch so‟z va iboralar: 
Tasviriy san’at o’qitish metodikasi, didaktik 
printsiplar, ta’lim va tarbiya birligi printsipi, ilmiylik printsipi, ko’rgazmalilik 
printsipi, onglilik va faollik printsipi, bolalar yoshiga va kuchiga moslik printsipi, 
muntazamlik va ketma-ketlik printsipi. 
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at darslarini didaktik 
printsiplarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Faqat amaliyot bilan nazariyani uzviy 
bog’lagan holdagina dars va darsdan tashqari ishlarda ta’lim va tarbiyaning samarali 
bo’lishiga erishish mumkin. Didaktik printsiplar va ularning asosiy masalalari 
Yevropaning buyuk pedagog-olimlari Ya.A.Komenskiy, J.J.Russo, I.G.Pestalotstsilar 
tomonidan ishlab chiqilgan. SHuningdek, didaktik printsiplarni ishlab chiqishda 
F.A.Disterveg va K.D.Ushinskiylar ham katta hissa qo’shganlar. Ular tomonidan ilgari 
surilgan g’oya hozirgi zamon didaktikasining asosini tashkil etadi. 
Didaktik printsiplar hisoblangan ta’lim va tarbiyaning birligi, ko’rgazmalilik, 
ilmiylik, onglilik va faollik, muntazamlik va ketma-ketlilik, ta’lim mazmunini 
bolalarning kuchi va yoshiga mos bo’lishi maktabda tasviriy san’atni o’qitishda 
alohida ahamiyat kasb etadi. 
4.2 Tasviriy san’at ta’limida qo’llaniladigan didaktik printsiplar.
Maktabda tasviriy san’atni o’qitishda didaktik printsiplar professorlar 
N.N.Rostovtsev, V.S.Kuzin, R.Hasanovlar tomonidan ishlab chiqilgan.
Ta’lim va tarbiya birligi printsipi
didaktik printsiplarning eng asosiylaridan 
hisoblanadi va bu tasviriy san’atni o’qitish jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi. 
Ma’lumki, bugungi kunda ta’lim-tarbiyaning asosiy qismlaridan biri o’quvchilarni 
milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalash hisoblanadi. 
O’.Tansiqboevning 
“Jonajon o’lka”, X.Rahmonovning “May tongi”, 
N.Karaxanning “Oltin kuz”, Z.Inog’omovning “CHoyga”, Yu.Elizarovning 
“Natyurmot” kabi asarlarida O’zbekiston ko’rk-jamoli yorqin aks ettirilgan. 
O’quvchilarni bunday asarlar bilan tanishtirishda bolalarda ona-Vatanimizga bo’lgan 
ilk muhabbat paydo bo’ladi, shu zaylda ularda ona-Vatanga, o’lkaga nisbatan mehr-
muhabbat tuyg’ulari yanada kuchayadi. 


 
31 
Tasviriy san’at darslarida millatlararo totuvlik va baynalminal tarbiyani amalga 
oshirish imkoniyatlari ham katta va u turli mavzularda kompozitsiya ishlash, boshqa 
millat va xalqlar hayotini ifodalovchi suratlarning reproduktsiyalarini, xalq ertaklariga 
ishlangan illyustratsiyalarni namoyish etish orqali amalga oshiriladi.
“Mehmonlarimiz”, “CHet el delegatsiyasini kutib olish”, “Turistlar” 
mavzularida rasm chizdirish yuzasidan o’tkaziladigan suhbatlarda o’quvchilar ongiga 
millatlararo totuvlik, do’stlik tushunchalarini singdirishga harakat qilinadi. Asar 
mazmunini ochishga yordamlashuvchi suhbatlar, turli millat va xalqlarning 
qiyofalarini tasavvur etish, bolalar ijodining takomillashuviga, tasavvurlarining 
boyishiga olib keladi. 
Turli millat yozuvchilarining asarlari va xalqlarining og’zaki ijodiga xos 
illyustratsiyalar o’quvchilarga boshqa millatlarning hayoti, orzusi, g’oyalari bilan 
tanishish, sevish va tushunish imkonini beradi. 
Tasviriy san’at darslarida millatlararo do’stlik, totuvlik Respublikamiz va chet el 
rassomlari tomonidan yaratilgan asarlar orqali ham amalga oshirildi. Respublikamiz 
rassomlari tomonidan yaratilgan asarlar orasida o’zbek xalqining hayoti va mehnati, 
uning boshqa xalqlar va millatlar bilan totuvligi, ba’zi chet xalqlarining hayoti va 
mehnati aks ettirilgan suratlarni ko’rish mumkin. 
P.P.Benьkov 
(“Dugonalar”), A.Abdullaev (“SHomahmudovlar oilasi”), 
L.Abdullaev (“Demobilizatsiya qilinganlarni kutib olish”), Q.Husniddinxo’jaev 
(“Navoiy va Jomiy”), A.TSiglintsev (“Mening uyim, sizning ham uyingiz”), 
O’.Tansiqboev (“Issiqko’l oqshomi”) va boshqalarning bir qator asarlari millatlararo 
totuvlik, do’stlik g’oyalarini aks ettirganligi bilan ajralib turadi. SHuningdek, tasviriy 
san’at dasturiga bir qator SHarq va G’arb mamlakatlari rassomlarining ijodini 
o’rganish ham kiritilgan. Leonardo da Vinchi, Rafaelь, Mikelanjelo, Rembrant, 
Rubens, Kent, Pikisso, Matiss va boshqa chet el rassomlarining asarlari do’stlik va 
hamkorlik g’oyalarini amalga oshirishda boy material bo’lib xizmat qiladi. 
SHuningdek, dasturda Misr, Hindiston, Xitoy, Eron, Yaponiya kabi mamlakatlarning 
me’morchiligini o’rgatish ham nazarda tutilgan. O’qituvchi bunday san’at asarlarini 
tahlil qilar ekan, ularning o’ziga xos hamda umumiy belgilarini ta’kidlab o’tishi 
maqsadga muvofiq.
O’quvchilar tasviriy san’at asarlarini o’rganish orqali chet el mamlakatlari 
xalqlarining mehati va mehnatdagi jasoratlari, an’analari, odatlari, turmush tarzi 
hamda tabiati bilan oshno bo’ladilar. 
Jamiyat qurilishining muaffaqiyati har bir kishining mehnat qilish darajasiga 
bog’liq. SHuning uchun kishilarning jamiyat uchun nafi bo’lgan mehnatga nisbatan 
hatti-harakati asosiy ko’rsatkich sanaladi. Bu sifat mehnat tarbiyasi jarayonida vujudga 
keladi. 


 
32 
Tasviriy san’at darslarini o’quvchilar mehnat tarbiyasini amalga oshirishdagi 
imkoniyatlari katta. Bu masala tasviriy san’at darslarining barcha turlari - naturaga 
qarab tasvirlash, kompozitsiya, san’atshunoslik asoslari mashg’ulotlari mazmunida 
ko’zda tutilgan. 
Naturani 
o’ziga qarab tasvirlash jarayonida o’quvchilar turmushda 
qo’llaniladigan turli buyumlar, sabzavot va mevalar tasvirini ishlaydilar. O’qituvchi 
dars jarayonida o’quvchilar mustaqil ish boshlamaslaridan oldin naturani qisqacha 
tahlil qilib, faqat buyumlar shakli, proportsiyasi, rangi va tuzilishi haqidagina emas
balki ularni yaratish uchun sarflangan katta mehnat haqida ham gapirib beradi. 
Masalan, turmushga qo’llaniladigan ayrim san’at buyumlarining o’ziga qarab 
rasmini chizdirishda o’qituvchi o’quvchilarga buyumlarning vazifasi, shakli, ularning 
qanday materiallardan yasalgani, buning uchun qancha mehnat sarflangani va 
hokazolar haqida to’xtaladi. SHuningdek, o’zbek xalq amaliy san’ati haqidagi suhbat 
darslarida o’qituvchi ularning turlari va ustalarning mehnat shijoatining o’ziga xos 
jihatlari haqida gapiradi. 
“Paxta terimi”, “Fermada”, “Hosilni yig’ib-terib olish”, “Maktab yer 
uchastkasida”, “Qurilishda” kabi ishlar o’quvchilarni kattalar mehnati bilan 
tanishtiradi. Ishlab chiqarish korxonalariga qilingan sayohat bu masalada muhim 
ahamiyat kasb etadi. Sayohatda bolalar kishilarning qanday mehnat qilayotganlarini 
kuzatadilar, mehnat sharoitlari va uni tashkil etish yo’llari bilan tanishadilar, kattalar 
mehnatining natijalarini ko’radilar. Sayohat chog’ida ular kattalar mehnatining ahloqiy 
tomonini, ularning mehnatga bo’lgan munosabatini, mehnatning jamoaviy harakterini 
o’rganadilar. Bolalarni sayohat jarayonida olgan taassurotlari ularning rasmlarida aks 
etadi, natijada o’quvchilarning mehnat haqidagi tasavvurlari yanada kengayadi. 
Tasviriy san’at dasturida xalqimizning fidokarona mehnati va uning go’zalligni 
aks ettiruvchi asarlarini o’rganish ham ko’zda tutilgan. O’.Tansiqboevning “Paxtani 
sug’orish”, “CHorovoq qurilishida”, Z.Inog’omovning “CHoyga” va boshqa asarlari 
shular jumlasiga kiradi. 
Bolalar o’zbek 
rassomlari asarlarining qahramonlari bo’lmish artist 
A.Hidoyatov, xalq hofizi Mulla To’ycha Toshmuxammedov, amaliy san’at ustasi 
U.Jo’raqulov va boshqa o’z baxtini mehnatdan topgan kishilar bilan suvratlar orqali 
uchrashar ekanlar, ular, mehnat jamiyat hayotining, har bir shaxsining asosiy qonuni 
ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Bunday darslarda o’quvchilarni turli kasblarga 
yo’llash imkoniyatlari ham paydo bo’ladi. 
Natijada, o’quvchilar mehnat inson baxt-saodatining ma’naviy va axloqiy 
manbai, har qanday inson mehnat qilmog’i va mehnatni sevmog’i lozim, degan 
xulosaga keladilar. SHuningdek, bolalar odamlar faqat o’zi uchun emas, jamiyat uchun 
mehnat qilishlari kerak, mehnat kishilariga va ular yaratgan buyumlarga nisbatan 
hurmat bilan qarash lozimligi haqida tasavvurga ega bo’ladilar. 


 
33 
Maktabda tasviriy san’at estetik turkumdagi o’quv predmeti xisoblanib, 
o’quvchilarda badiiy va estetik didning rivojlanishida muhim rolь o’ynaydi, ya’ni 
tasviriy san’at darslarida san’atdagi va borliqdagi go’zallikni ko’rish, tushunish va 
qadrlay olish hissi takomillashadi. 
Naturani tahlil qilish jarayonida o’qituvchi o’quvchilarning diqqatini buyumlar 
shaklining nafisligi, qismlarning proportsionalligi, shakl va rang uyg’unligi, mazmun, 
shakl va vazifaning mosligi kabilarga jalb etadi. Natijada, o’quvchilarda naturaga 
nisbatan emotsional - estetik munosabatlar oshadi. 
O’quvchilar naqsh chizishda, dekorativ - bezak ishlarida tabiat elementlaridan 
foydalanadilar. Bunga tabiat mahsulotlari yaxshi material bo’lib xizmat qiladi. 
O’quvchilar tabiat materiallari va hayvonot dunyosini stilizatsiyalashtirib, 
takrorlanmas va chiroyli naqshlar tuzadilar. 
Borliqni idrok etish va kompozitsiya darslarida tabiatni kuzatish va uni 
rasmlarda aks ettirish bolalar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’quvchilar dars 
jarayonida tabiatni kuzatar ekanlar, ular daraxtlarning tuzilishini, shoh-shabalarning 
shakl va yo’nalishini turli-tumanligi, barglarning rangi va shakli, nafisligi va 
yoqimliligini bilib oladilar. SHuningdek, gullarning rangi va shakli, xilma-xilligi
bahor va kuz manzarasining go’zalligi, ninachi, kapalak, qushlarning yengil va nafis 
parvozi ham o’quvchilarni hayajonlantiradi. 
Yuqori badiiy saviyada yaratilgan tasvriy san’at asarlarini o’rganishda 
o’quvchilar ulardan estetik zavq olishadi. Suvrat kompozitsiyasining muvaffaqiyatli 
yechilishi, ranglarning hamohangligi, borliqning haqqoniy tasviri bolalarni 
hayajonlantiradi. Bu faqat estetik tarbiyaga taalluqligina bo’lmay, balki, bolalarning 
tasviriy ijodiga, ularning san’atga bo’lgan qiziqishlarini tarbiyalashga bevosita 
aloqadordir. Bu borada manzara va natyurmort janrlarining roli kattadir. 
San’at asarlari haqidagi suhbatlarda o’qituvchi, rassom ko’rganini shunchaki aks 
ettiribgina qolmay, balki u borliqdagi eng qiziq, eng chiroyli narsa va hodisalardan 
ta’sirlanib chizganligi, lozim bo’lgan taqdirda, u ko’rgan - kechirganlari va 
eshitganlarini mubolag’a bilan tasvirlashini hikoya qilib beradi. 
Naturaga qarab tasvirlash jarayonida bolalar buyumlarning shakli, rangi, 
tuzilishini tahlil qiladilar. Masalan, choynakli natyurmotni tahlil qilganda, bolalar 
e’tibori choynakni turmush uchun zarur bo’lgan buyumlardan biri ekanligiga, uninng 
shakli mazmuniga mosligi, uning qanday vazifaga mo’ljallanganligi, maqsadga 
muvofiqligi, ishlatishga qulayligi va hakozalarga qaratiladi. 
Dekorativ 
bezak 
darslari o’quvchilarning badiiy didini, ijodiy qobiliyatini o’stirish imkoniyatlariga ega. 
Darslarda o’quvchilar simmetriya, ritm, ranglarning mutanosibligi, kompozitsiyaning 
qonun va qoidalari bilan tanishadilar. 
O’quvchilarning ijodiy qobiliyatlari naqsh chizish, kitob muqovasi uchun eskiz 
ishlash, otkritka, choynak va dazmol uchun taglik eskizini ishlash jarayonida o’stirib 


 
34 
boriladi. O’quvchilarning estetik tarbiyasida N.Karaxanning “Oltin kuz”, 
Yu.Elizarovning “Tarvuzli natyurmort”, O’.Tansiqboevning “Tog’larda kuz”, 
“O’zbekistonda mart”, L.Salimjonovaning “Natyurmort” nomli asarlari alohida 
ahamiyat kasb etadi. 

Download 350,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish