Termiz davlat unversteti


Umumiy o`rta ta‟lim maktablarida tasviriy san‟at fanining o`rni va



Download 350,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana27.04.2023
Hajmi350,37 Kb.
#932561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
623135 (1)

1.3 Umumiy o`rta ta‟lim maktablarida tasviriy san‟at fanining o`rni va 
maqsadi 
XVII-XIX asrlarda umumiy o’rta ta’lim maktablarida tasviriy san’atni o’qitish 
metodlarini takomillashtirishda chet el pedagoglaridan Jon Lokk, Jan Jak Russo, 
Iogani Genrix Pestalotstsi, Peter SHmidt, A.Sapojnikov, G.Gippius, N.Kramskoylar 
katta qissa qo’shgan bo’lsalar, XX asrda rus pedagog-olimlaridan Ye.S.Kondaxchan, 
G.V.Labunskaya, N.N.Rostovtsev, V.S.Kuzin, Ye.E.Rojkovalar O’zbekistonda darslik 
metodikasini oyoqqa turg’azishda rassom-pedagoglardan M.Nabiev, B.Oripov, 
Q.Qosimov, B. Azimovalarning xizmatlari katta bo’ldi. 
2.1 
CHet ellarda tasviriy san’atni o’qitilishi uslubiyotining tarixiy - taraqqiyoti. 
 
Tayanch so‟z va iboralar: 
Tasviriy san’at, Mirs, Yunon, Qadimgi Rim, tasviriy 
san’at o’qitish metodikasi, Uyg’onish davri, CH.CHennini, Alьberti, Leonarlo da 
Vinchi, A.Dyurer, G’arbiy Yevropa, ROssiya, I.D.Preysler, A.G.Sapojnikov, 
G.A.Gipius,
P.P.CHistyakov, D.N.Kardovskiylarning pedagogik qarashlari. 
 
Ma’lumki, rasm chizish jahon xalqlarining barchasida juda qadimdan shakllanib, 
u san’at va madaniyatning eng mukammal va doimiy mashg’uloti bo’lib keladi. 
SHuningdek, rasm chizish butun bashariyat xalqlarining doimiy aloqa vositasi, 
insoniyatning shakllanishi va ma’naviy o’sishining ham bosh omili bo’lib kelgan.
SHu boisdan xam juda qadimdan bu mashg’ulotni rivojlantirish va 
takomillashtirish barcha xalqlarda sistemali amalga oshirib kelingan. Bizgacha yetib 
kelgan eng qadimgi qoyatosh rasmlari odamlar rasm chizish bilan ibtidoiy jamoa 
davrining 
paleolit
yoki qadimgi tosh asridanoq shug’ullana boshlaganligidan dalolat 
beradi. Bunday rasmlar Frantsiya, Ispaniya, Old Osiyo, O’rta Osiyodan ko’plab 
topilgan, ularga 5-10 ming yillarcha bo’lgan.
Ma’lumki, eramizdan avvalgi 3-minginchi yillarda odamlar mis, qalay, 
qo’rg’oshin va ruxni eritib, undan bronza olishgan. Bronzadan yasalgan narsalar juda 
chiroyli qilib bezatilgan. Bu davrda ishlangan buyumlardagi rasmlar odamlar rasm 
chizish bilan jiddiy shug’ullanliklarini ko’rsatib beradi.
Tarix shohidki, kishilar jamiyati taraqkiyoti SHarq mamlakatlarida, jumladan 
Misrda ancha tez va oldinrok boshlangan.
Qadimgi Misrda grafika va rasmkashlik san’atning bir turi sifatida shakllanib, 
juda erta taraqqiyot yo’liga chiqib oldi. Qadimgi Misrda rasm chizish va grafik ishlar 
bilan shug’ullanish ancha erta san’at kasbi sifatida o’rganiladi va o’rgatila boshlanadi.


 
17 
Qadimgi Misrda tasviriy san’at, adabiyot va me’morchilik g’oyat kuchli 
motivlarda taraqqiy etdi. Bu yerda rasm chizishni, grafik ishlarni bajarishni va bino 
qurishni avvallari xususiy kasb sifatida o’z bolalariga, qarindosh-urug’lariga o’rgatar 
edilar. Keyinchalik kichik-kichik maktablar tashkil etila boshlandi.
Haqiqiy rasmkashlik maktablari eng avval Misrda, so’ngra Hindistonda va 
Xitoyda tashkil etildi.
Bu maktablarda asosan: yer o’lchash, yo’l, kanal va binolar rejasini tuzish
chizmalar chizish, buyumlarga badiiy bezaklar ishlash o’rgatilar edi.
Qadimgi Misrda belgi-yozuvlar (ierogliflar)ni yaratilishi tasviriy san’atni, ya’ni 
rasm chizishni yanada tez rivojlanishiga imkon beradi (eramizdan avvalgi IV-III ming 
yillik) chunki, bu belgi-yozuvlarda har bir xarf bir buyumni aytmoqchi yoki uni 
nomini yozmoqchi bo’lsa, uning har biriga bir donadan rasm ishlanishi kerak edi.
SHunga ko’ra Qadimgi Misr maktablarida rasm chizish har bir kishini doimiy 
mashg’uloti bo’lib qolgan. Maktablarda ham eng ko’p mashg’ulot rasm chizish 
bo’lardi.
Qadimgi Yunonistonda rasm maktablari juda erta tashkil topdi. Yunon 
maktablarida asosiy e’tibor tabiatni chiroyli qilib tasvirlashga qaratilar edi. Rasm 
chizishda simmetriya, matematik hisobot, nisbatlar nazariyasi asosiy e’tiborda 
bo’lardi.
Eramizgacha bo’lgan Yunonistonda SIKION, EFESS, FIVAN kabi rasm 
maktablari shuhrat qozongan, bo’lib, ularni har biri o’ziga xos yo’nalishda va 
uslublarda faoliyat ko’rsatar edi. Ulardan ayrimlari naturalizm metodida ishlasa, 
boshqalari badiiylik, ya’ni rasmni iloji boricha chiroyli qilib ishlash metodida faoliyat 
ko’rsatar edi. Bu maktablarda Pamfil, Melantiy, Pavziy, Appelass kabi mashhur 
rassomlar yetishib chiqdilar. Keyinchalik bu rassomlar ham o’z maktablarini tashkil 
etdilar. Qadimgi Yunon tasviriy san’at maktablarida o’qish ancha qiyin edi. CHunki, 
bu maktabda o’qish uchun yuqori darajadagi iste’dod bo’lish bilan birga, ancha 
miqdorda pul ham to’lanar edi. Pamfil tomonidan ochilgan Sikion maktabiga kirib 
o’qish uchun juda katta va kuchli iste’dod bilan birga 26 kg 196 gramm oltin to’lanar 
edi. Bu yerda o’qish 12 yil davom etar edi.
Qadimgi Yunonlarning Buyuk allomasi bo’lmish Arastu, - «Rasm fani bo’yicha 
umumta’lim fanlarini 1-etapida turadi va barcha fanlarni o’rganishda asosiy vosita 
bo’ladi» - deb ko’rsatgan edi.
1
Qadimgi Rimda tasviriy san’atga e’tibor juda yuksak darajaga ko’tariladi. 
Qadimgi Rimda rasm chizish bilan barcha oristakratiya oilalari muntazam shug’ullanar 
edilar. Yuqori tabaqa kishilarining ham asosiy mashg’uloti rasm chizish bo’lib qoladi. 
CHunki, rasm chizishni bilmaydigan shaxs va oila madaniyatsiz, o’quvsiz, e’tiqodsiz 
1
Qaralsin. N.Rostovtsev. O’rta maktabda tasviriy san’atini o’qitish metodikasi Mos. 1980 y. «Metodika tarixi».


 
18 
hisoblanib, ularni kamsitilar edi. Hatto rasm chizishni bilmaydigan, uni o’rgana 
olmaydigan shaxslar «qandaydir psixologik kamchilikka ega» - degan meditsina 
xulosasi ham berilar edi.
SHu boisdan Sezar zamonida rasm chizishni bilmaydigan shaxslarni yetuk 
darajada «rivojlanmagan», degan xulosa bilan mas’uliyatli davlat ishlariga olinmas 
edi. Hatto yuqori tabaqa oilalari uchun rasm chizish bilmaydigan shaxslarni kelinlikka 
yoki kuyovlikka olinmaydigan ham bo’linadi. SHu boisdan barcha aristokratiya 
oilalari va ularni ug’il-qizlari eng avvalo rasm chizishga o’rgatilar edi. TSezarni o’zi 
ham yetuk rangtasvirchi rassom, Aktavin Avgust esa me’mor-rassom bo’lganligi xam 
bejiz emas edi. Haqiqatdan ham rasm chizishni bilmaydigan odam shakllarni, ranglarni 
ajratish, nisbatlarni to’la farqlay olmaydigan bo’ladilar. SHu boisdan Rim zadagonlari 
va davlat arboblari rasm chizish bilan jiddiy shug’ullanar edilar. Umuman eramizdan 
avvalgi II-I asrlarda Yunoniston va Rimda tasviriy san’atga e’tibor g’oyat yuksak 
bo’lgan. SHu boisdan ham qadimgi dunyo tarixida, - «Avgust Rimni toshda olib, 
marmarda topshirdi», - degan ibora ham haqiqatdir.

Download 350,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish