Termiz davlat universteti tabiiy fanlar fakulteti


I BOB. I BOB. MAMLAKATNING SIYOSIY-IQTISODIY GEOGRAFIK O‘RNI…..5



Download 0,52 Mb.
bet3/13
Sana31.12.2021
Hajmi0,52 Mb.
#221967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ARGENTINA DAVLATIGA IQTISODIY GEOGRAFIK TAVSIF

I BOB. I BOB. MAMLAKATNING SIYOSIY-IQTISODIY GEOGRAFIK O‘RNI…..5


    1. Tabiiy sharoiti va foydali qazilmalarining xo‘jalik ahamiyati

Argentina Respublikasi (Ispancha: República Argentina) – Janubiy Amerikadagi davlat. Qit’aning janubi-sharqiy qismini, Olovli Yer o.ning sharqiy qismini va bir qancha orollarni egallaydi. Atlantika okeani sohilida joylashgan. Ma’muriy jihatdan 22 viloyat (provinsiya), federal (poytaxt) okrugi va Olovli Yer hududiga bo‘linadi. Maydoni 2767 ming km². Aholisi 36,1 mln. 605kishi (1999). Poytaxti Buenos-Ayres shahri.

Argentina Janubiy Amerika materigining janubi-sharqiy qismida joylashgan. Mamlakat hududining tarkibiga, materik qismidan tashqari Olovli Yer orolining sharqiy qismi va uncha katta bo'lmagan orollar kiradi. Atlantika okeanida joylashgan Folklend (Malvin) oroli Argentina va Buyuk Britaniya o'rtasida janjalli (bahsli) hudud hisoblanadi. Mamlakat sharqda Atlantika okeaniga qulay chiqish imkoniyatiga ega. Qirg'oqlari kam parchalangan, faqat La-Plata estuariysi quruqlikga 320 km kirib borgan. Argentina g'arbda Chili bilan shimolda Boliviya va Paragvay bilan, shimoli-sharqda esa Braziliya va Urugvay bilan chegaradosh.

Argentina hududini relyef tuzulishiga ko'ra shimolda va janubda tekisliklar, g'arbda va janubda qir va tog'lar egallagan.

Mamlakatning barcha g'arbiy chegaralari bo'ylab qudratli And tog'lari joylashgan. Olovli Yer oroli relyef shakllarining hosil bo'lishida muzlik ta'sirining ahamiyati katta. Rio Kolarado daryosidan janubda Pataganiya yastanib yotibdi. Patagoniya uchun tik qoyali kan'onlardan iborat zinapoyasimon platoli relyef shakllari xosdir. Shimoldagi Rio-Solado va janubdagi Rio-Kolarado daryolari oralig'ida bepayon Pampa dasht joylashgan.

Mamlakatning tog'li rayonlaridan uran, marganes, mis rudasi, berilliy, qo'rg'oshin-rux, volfram va temir rudalarining zahiralari topilgan. Argentina uran rudasining zahirasi bo'yicha dunyoning uchta yetakchi mamlakatlar qatoridan joy olgan. Neftning asosiy konlari Patagoniya platformasi botig'i va And tog'lari tog' oraliq botiqlarida, hamda Olovli Yer orolida joylashgan.

Argentinada tabiiy gazning aniqlangan zahirasi 600 mlrd m3ga baholanmoqda. So'nggi yillarda uni qazib olish tez sur'atlarda o'smoqda. Patagoniyada esa qo'ng'ir ko'mirning uncha katta bo'lmagan zahirasi aniqlangan. Bundan tashqari nometall foydali qazilmalardan oltingugurt, marmar va granit zahiralari topilgan.

Argentina aholisi ommaviy yevropa immigrasiyasi ta'sirida shakllangan. Mamlmakatning mahalliy aholisi indeyeslar XVI asrda Ispaniya mustamlakasi yurishida deyarli to'la qirib yuborildi.

Argentina millati kreollardan (ispan istilochilari avlodlari), qisman oq tanlilarning mahalliy indeyeslar bilan birlashuvidan va keyinchalik XIX asrda Yevropadan immigrantlarning ko'chib kelishi hisobiga shakllandi. Shuning uchun ham Argentina Lotin Amerikasidagi «oq tanlilar» davlatlari qatoriga kiradi. (Urugvay bilan birgalikda).

Mamlakatda tug'ilish koeffisenti har 1000 kishiga 20 kishi, o'lim koeffisenti esa har 1000 kishiga 9 kishini tashkil etadi. Aholi tabiiy o'sishi Lotin Amerikasi mamlakatlar orasida eng past ko'rsatgichni tashkil etadi. Argentinada urbanizasiya darajasi yuqori bo'lib, aholining 86 foizi shaharlarda yashaydi. Mamlakat aholisining qismi poytaxt Bujos-Ayresda yashaydi. Mamlakatda Rosario, Kordova, Mendosa, La-Plata kabi yirik shaharlar bor. Aholining ko'pchilik qismi katolik diniga e'tiqod qiladi.

Davlat tuzilishi-respublika.

Ma'muriy-hududiy bo'linishi: 22 provinsiya, 1 milliy hudud va poytaxt federal okrugi. 1816 yil 9 iyulda Ispaniyadan mustaqil bo'lib ajrab chiqqan. Davlat va hukumat boshlig'i-prezident. Parlament ikki palatali-yuqori (Milliy kogress) va quyi (Deputatlar palatasi).

So'nggi yillarda mamlakat iqtisodiyotini keng dasturli xususiylashtirish rejasi asosida sog'lomlashtirish, inflyasiyaning oldini olish kabi islohatlar amalga oshirildi. Natijada Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish sezilarli o'sdi. Mamlakat qishloq xo'jaligi salohiyati katta, hozirgacha uning xalqaro mehnat taqsimotidagi o'rnini belgilab beradi. Biroq so'nggi yillarda sanoat salohiyati sezilarli o'sdi.

YOqilg'i-energetika sanoatida-neft XX asrning boshlaridan qazib olish bo'yicha Lotin Amerikasida to'rtincha o'rinni egallaydi. Mamlakatda neftni qayta ishlash sanoatiga qarashli o'ndan ortiq korxonalar ishlab turibdi. 1970 va 1990 yillar davomida tabiiy gazning yirik konlari ishga tushirildi va uni qazib olish o'n marotaba o'sdi. (15 mlrd m3).

So'nggi yillarda issiqlik elektrstansiyalarida elektrenergiya ishlab chiqarish hamda gidroenergetika va atomenergetikasidan fodalanish o'smoqda. Mamlakatda birinchi atoelektr stansiyasi 1974 yilda qurib ishga tushirildi.




Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish