2.2. Qishloq xo‘jaligining ixtisoslashuvi va rivojlanishi
Argentinaning sharqi keng tekisliklardan va gʻarbi togʻlardan iborat.
Mamlakatning
butun
shim.-sharqini
La-Plata
pasttekisligi
(Gran-Chako,
Sharqiy Pampa tekisligi), jan.-sharqini Patagoniya yassi togligi egallaydi. Gʻarbdagi
togʻ yon bagʻirlari balandlasha borib, And toglariga ulanib ke-tadi. Jan. Amerikaning
eng baland nuqtasi Akonkagua (6960 m) ham Argentina hududidadir. Foydali
qazilmalari: neft, gaz, temir, polimetallar, uran, mis, qalay, volfram va b. rudalar.
Argentina tekislik qismining iqlimi — tropik va subtropik, jan. da — moʻtadil.
Eng issiq oy (yanv.)ning oʻrtacha harorati shim. da 28°, jan. da 10°, iyulning oʻrtacha
harorati shim. da 18° va jan. da G. Togʻlarda iqlim moʻtadil sovuq. Yiliga
Patagoniyada 100 — 300 mm, shim.-sharqda 1400 — 1600 mm, Andning sharqiy
yon bagʻirlarida 5000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Asosiy daryolari: Parana, Paragvay,
Urugʻvay, Rio-Salado, Rio-Kolorado, Chubut, Rio-Negro. Argentina koʻllarining
aksariyati muzliklardan paydo boʻlgan (Naul-Uapi, Buenos-Ayres, Vyedma va b.). A.
hudu-dining salkam 20% doimiy koʻm-koʻk va bargi toʻkiluvchi oʻrmonlar bilan
qoplangan. Gran-Chakodagi qizil tuproqda siyrak oʻrmon, Pampadagi unumdor
qoratuproqda pichanzor dashtlar, Patagoniyada — yarim choʻl. A. ning milliy
bogʻlari — Iguasu, Lanin, Nauel-Uapi va b.
Aholisi. Argentinlar (mamlakat aholisining
90%)
asosan
yevropalik
muhojirlardan shakllangan. Shuningdek italyanlar, yahudiylar, ukrainlar, ispanlar,
katalonlar, polyaklar, nemislar, fransuzlar va b. lar ham yashaydi. Tub joy aholisi —
in-deyslarning aksariyati yevropaliklarning mustamlakachilik harakatlari jarayonida
qirilib ketgan. Ularning oz qismi (kechua, tupi-guaranlar va b.) A. ning shim.-gʻarbida
va Paragvay bilan boʻlgan chegara yaqinida yashaydi. Rasmiy tili — ispan tili.
Dindorlarning aksariyati katoliklar. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 9 kishidan
koʻproq. Aholining 86% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Buenos-Ayres,
Kordova, Rosario, LaPlata.
21
Qadim zamonlarda Argentina hududida koʻp sonli indeys qabilalari yashar, ularda
jamoa-urugʻchilik munosabatlari xukmron edi. Shim.-gʻarbda diagitlar, charrua va
kerandilar eng rivojlangan indeys qabilalari boʻlgan; ular oʻtroq hayot kechirar,
dehqonchilik, baliqchilik, ovchilik bilan shugʻullanar, rangli metallar eritishni,
toʻqimachilikni bilar edi. Shim.-sharqda va markazda guaranlar, tapeslar va b. yashar,
janubda araukanlar va patagonlar koʻchib yurar edi. 16-a. ning 1-yarmidahoz.
Argentina hududi ispanlar tomonidan bosib olina boshladi. Ispanlar bu mamlakatni
Rio-de-La-Plata (ispancha kumush) daryosi nomi bilan LaPlata deb atadilar.
Mustamlakachilarga qarshi indeys qabilalari bir necha marta isyon koʻtardi (1580,
1630, 1657, 1710-11 y. lar). 1776-y. da hoz. Argentina hududi butunlay Rio-de-La-
Plata vitse-qirolligi tarkibiga qoʻshib olindi. Argentinada katta feodal yer egaligi
vujudga keldi. Amerikadagi ispan mustamlakalarining 1810 — 26 y.
lardagi mustaqillik uchun urushi vaqtida kreollar (dastlabki ispan kelgindilarining
avlodlari) M. Belgrano va X. San-Martin rahbarligida 1810 — 16 y. larda ispan
mustamlakachilariga qarshi qurolli kurash olib bordilar. Kurash boshlangan
25 may kuni argentin xalqining milliy bay-rami boʻlib qoldi. 1816-y. da viloyatlar
vakillarining Tukuman sh. dagi kongressi La-Plata Birlashgan viloyatlarini mustaqil
deb eʼlon qildi. 1826-y. da A. Federativ Respublikasi tuzildi. 19-a. mobaynida
vujudga kela boshlagan burjuaziya manfaatlarini ifodalovchi unitariylar bilan yer
egalari manfaatlarini himoya qiluvchi federatsiyachilar oʻrtasida kurash davom etdi.
19-a. 2-choragidan Argentinada Buyuk Britaniya iqgisodiy va siyosiy mavqei
mustahkamlandi, 1833-y. da u Folklend (Malvin) o. larini bosib oldi. 19-a. oxirlarida
mamlakatga Amerika va Germaniya kapitali
kirib
keldi.
Hukmron
davlatlar
Argentinani siyosiy va iqtisodiy jihatdan qaramlikka solib, uni goʻsht, don va b. xom
ashyo yetkazib beruvchi mamlakatga aylantirdilar. 19 — 20-a. lar boʻsagʻasida
Argentinada sanoat rivojlandi. 19-a. ning oxiridan Argentinada turli harbiy
diktaturalar hukmronlik qildi. 2-jahon urushi yillarida Argentina betaraflik eʼlon
qilgan boʻlsa ham, aslida fashistlarga koʻmaklashdi. 1945-y. martidagina Germaniya
va Yaponiyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1945-y. dan Argentina — BMT aʼzosi. 1943-
y. gi harbiy toʻntarish natijasida bir guruh ofitserlar hokimiyatni qoʻlga oldilar.
22
Ularning rahbarlaridan biri general X. D. Peron (1946 – 55 va 1973 — 74 y. larda
Argentina prezidenta) hukmron ajnabiy davlatlarning mavqeini zaiflashtirish hisobiga
mamlakatdagi yuqori tabaqani mustahkamlash siyosatini yuritdi. 1976-y. da general
Videla hukmronligi davrida zoʻravonlik va tartibsizliklarga qarshi qattiq choralar
joriy etildi, iqtisodiyotni mustahkamlashga kirishildi. 1981-y. da Roberto Viola
prezident etib saylandi, ammo harbiylar keyinroq uni agʻdarib tashladilar. Shu davrda
(1982-y.) Folklend (Malvin) o. lari Buyuk Britaniyaga qarashliligini tan olmagan
Argentina ularni egallashga urinib koʻrdi, lekin bu harakat muvaffaqiyatsiz
chiqdi. 1983-y. dagi yalpi saylov natijasida Raul Alfonsin prezident etib saylandi.
1999-y. dan esa Fernando de la Rua Argentina prezidenta. 1993-y. 9 sent.
da Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan.
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Fuqaro radikal ittifoqi, 1889-y. da
taraqqiyparvar ziyolilar tomonidan tuzilgan; Birlik va taraqqiyot harakati, 1957-y. da
Fuqaro
radikal
ittifoqi
partiyasidan
ajralib
chiqqan
guruh
negizida
tuzilgan; Xalq sotsialistik partiyasi, 1982-y. da tuzilgan; Murosasozlik partiyasi,
1963-y. da Birlik va taraqqiyot harakati partiyasi boʻlinishi natijasida vujudga kelgan;
Xustisialistik (adolat) partiyasi, 1947-y. da X. Peron tomonidan tuzilgan;
Taraqqiyparvar demokratik partiya, 1909-y. tuzilgan. Argentinada Kommunistik
partiya,
Sotsial-demokratik
partiya,
Demokratik
markaz
ittifoqi,
Xristiandemokratik partiya ham bor. Umummehnat konfederatsiyasi 1930-y. da
tuzilgan.
Xoʻjaligi. Argentina iqtisodiy jihatdan Lotin Amerikasida eng rivojlangan
mamlakatlardan biri. Foydali qazilma konlari koʻp, malakali ishchi kuchiga ega. Q.
x., sanoatning turli tarmoqlari rivojlangan. Ammo 80-y. lar oxirida boshqaruvning
samarasizligi oqibatida Argentina iqtisodiyoti barbod boʻlish arafasida edi. 1989-y.
da saylangan yangi hukumat iqtisodiyotni isloh qilish dasturini amalga oshirdi,
natijada Argentina yana barqaror rivojlana boshladi. 1991-y. da qabul qilingan
konvertatsiya toʻgʻrisidagi qonunga binoan koʻpchilik davlat korxonalari
xususiylashtirildi, iqtisodiyotga chet el investitsiyalari jalb etila boshladi, byudjetga
soliqlardan tushum yaxshilandi, ishchilarga kompensatsiya toʻlash tizimi yaratildi.
23
Sanoati. Argentina asosan, q. x. xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan.
Yetakchi tarmoq — oziq-ovqat (goʻsht, yogʻ, un, vinochilik, konserva, qand-shakar)
sanoati. Goʻsht yetishtirish va eksport qilish sohasida Argentina dunyoda oldingi
oʻrinlardan birida turadi. Toʻqimachilik, charmpoyabzal tarmoqlari rivojlangan. Ogʻir
industriyada
mashinasozlik
(traktor,
q.
x.
mashinalari,
avtomobillar,
stanoklar, elektr texnika asbob-uskunalari va b.), neftni qayta ishlash, qora
metallurgiyaning salmogʻi katta. Sement, sellyuloza-qogʻoz korxonalari bor. Neft,
gaz, qoʻrgʻoshin, pyx, temir, uran, berilliy va volfram rudalari qazib olinadi.
Yoqilgʻi-energetika balansining salkam 85% ni neft va gaz tashkil qiladi.
AESlar qurilgan. Asosiy sanoat markazlari: Buenos-Ayres, Rosario, Kordova, La-
Plata.
Chorvachilik mahsulotlarini, don va moyli ekinlar hosilini tovar sifatida
tayyorlashga ixtisoslashgan. Yirik yer egaligi rivojlangan: 1 ming ga dan ortiq yerga
ega boʻlgan xujaliklarga hamma yerlarning 75% qaraydi. Q. x. ga yaroqli yerlarning
faqat 20% ga ekin ekiladi. Q. x. ning yetakchi tarmogʻi chorvachilik boʻlib, unda
goʻsht
yetishtiriladigan qoramolchilik va
goʻsht-
jun olinadigan qoʻychilik ustun turadi. Argentinada qoramollar — 51 mln., qoʻylar
— 29 mln., choʻchqalar — 4,1 mln. boshni tashkil etadi. Dehqonchilikning yetakchi
tarmogʻi — gʻallachilik. Bugʻdoy, makkajoʻxori, javdar, suli, arpa, texnika
ekinlaridan — kungaboqar, zigʻir, paxta yetishtiriladi. Muhim yem-xashak ekini
— beda. Bogʻdorchilik, tokchilik rivojlangan. Qimmatbaho daraxt navi, jumladan
dubil ekstrakti olinadigan kebracho tayyorlanadi. Baliq ovlanadi.
Transporti. T. y. lar uzunligi — salkam 34,1 ming km, avtomobil yoʻllari — 211,4
ming km. Asosiy porti — Buenos-Ayres. Xalqaro aeroporti — Eseysa (Buenos-Ayres
yaqinida).
Chetga chiqariladigan q. x. mahsulotlarining 80% goʻsht, don, yogʻ, xom teri, jun,
hoʻl mevalarga toʻgʻri keladi. Chetdan mashinalar, transport vositalari, metall,
yoqilgʻi, kimyoviy tovarlar keltiriladi. Asosiy savdo mijozlari: AQSH, Braziliya,
Italiya, Germaniya va Yaponiya. Pul birligi — peso.
24
Tibbiy xizmati. Argentinada 133,8 ming oʻrinli kasalxonalar (1 ming aholiga 6 oʻrin)
bor. 53,7 ming shifokor (450 aholiga 1 shifokor) tibbiy xizmat koʻrsatadi.
Davlat sogʻliqni saqlash tizimi tibbiy yordamni sugʻurtalash va xususiy shifokorlar
xizmati bilan birga qoʻshib olib boriladi. Shifokorlarni un-tlarning 9 tibbiyot f-ti
tayyorlaydi.
Argentina dengiz va daryo portlarining butun infratuzilmasi besh ma'muriy-
hududiy zonaga bo'linadi: Shimoliy, Shimoliy Pampa, Markaziy Pampa, Shimoliy
Patagoniya, Janubiy Patagoniya. Mamlakat Buenos-Ayres shahrida faqat bitta davlat
portiga ega. Argentina nodavlat portlarini provinsiya ma'muriy va xususiy port
konsorsiumlari boshqaradi. Mamlakatning eng katta portlari Buenos-Ayres
(yuklarning 41 foizi), La Plata (15 foiz) va Bahia Blanka (12 foiz).
Argentinada turli sinf va yo'nalishlar bo'yicha 367 aeroport mavjud, ulardan
26 tasi xalqaro tashish uchun sertifikatlangan. Jami 82 aerodromdan ular uzunligi
1500 m dan ortiq bo'lgan uchish-qo'nish yo'lagiga ega, ular beton qoplamali. Asosiy
aeroporti Ezeiza (Buenos-Ayres yaqinida).
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Argentinada 6 yoshdan 14
yoshgacha boʻlgan bolalarning majburiy taʼlimi joriy etilgan. Davlat oʻquv yurtlari
25
bilan birga xususiy maktablar ham bor. Boshlangich maktablarda 3471 ming, oʻrta
oʻquv yurtlarida (umumiy taʼlim, hunar, ped. va b. maktablarda) 1125 ming oʻquvchi
oʻqiydi. Buenos-Ayres, Kordova, La-Plata, Santa-Fe va b. shaharlarda un-tlar bor. Bir
qancha tarmoq akademiyalari, i. t. institutlari va ilmiy jamiyatlar ilmiy tadqiqotlar
olib boradi. Buenos-Ayresda Milliy kutubxona, un-t kutubxonasi va b. bor. Tabiiy
fanlar, Antarktika, tarix, rassomlik va b. muzeylar mavjud.
Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi. Eng koʻp tarqalgan gaz. lar:
«Rason»(«Aql-idrok», 1905-y. dan), «Prensa»(«Matbuot», 1869-y. dan),
«Nasyon»(«Millat», 1870-y. dan), «Gaseta» («Gazeta», 1912-y. dan). «Telenotisiosa
amerikana» hukumat agentligi 1945-y. tashkil etilgan. 52 xususiy radiost-ya alohida
uyushmaga birlashgan. Telekoʻrsatuv 1951-y. dan mavjud. 1959-y. da 22 xususiy
telest-yalar uyushmasi tuzilgan.
Argentinada yashagan indeys qabilalarning ogʻzaki ijodi namunalari bizgacha
yetib kelmagan. Biroq xalq sheʼriyati oʻziga xosligini saqlab qolgan. 16-a. dan 19-a.
boshlarigacha adabiyot Ispaniya adabiyoti taʼsirida rivojlandi. 18-a. oxiri — 19-a.
boshlarida M. de Lavarden, D. de Asuenaga va b. lar ijodida maʼrifatparvarlik
tamoyillari namoyon boʻldi. 1810 — 26 y. lar Ispaniyaga qarshi urush va milliy-
ozodlik harakati davrida adabiyotda vatanparvar klassitsizm hukmronlik qildi. B. de
Monteagudo, V. Lo-pes-i-Planes (uning «Vatanparvarlik marshi», 1810, A.
madhiyasi boʻlib qolgan), E. de Luka, X. Kruves Varela asarlari paydo boʻldi.
Mamlakat mustaqilligi eʼlon qilingandan keyin yangi oqim vakili — faylasuf va
milliy poeziya asoschisi E. Echeverria sheʼrlar, dramalar, dostonlar yezdi. Shoir,
hikoyanavis, tarixchi olim va adabiyotshunos X. M. Gutyerres argentin romantik
prozasining dastlabki namunalarini yaratdi. Publitsist va jamoat arbobi D. F.
Sarmyento oʻtkir maqolalar yozdi. 19a. 2-yarmida «gaucho adabiyoti» urf boʻldi,
uning asosini pampa aholisining ogʻzaki ijodi tashkil qilar edi. 50 — 70-y. larda I.
Askasubi asarlari (siyosiy va lirik qoʻshiqlar, «Santos Vega» sheʼriy romani, 1851),
X. Marmol (dastlabki milliy roman «Amaliya», 1855), X. Ernandes (uning «Martin
26
Fyerro» qahramonlik dos-toni, 1 — 2-qismlari, 1872 — 79, milliy adabiyotning eng
salmoqli asaridir) asarlari va b. dunyoga keldi. 19-a. oʻrtalarida xalq urf-odatlarini
ifodalovchi adabiyot vujudga keldi. Bu oqim namoyandalari L. V. Lopes, E. Vilde,
M. Kane va b. dir. 20-a. 20-y. larida B. Linch, R. Guyraldeslarning ijtimoiy romanlari
chiqdi. 20-a. 2-yarmida E. L. Kastro, A. Varel, R. Larra, X. Kortasar romanlari paydo
boʻldi.
Tasvnriy sanʼati va meʼmorligi. Argentina tub joy aholisining
mustamlakachilikdan avvalgi sanʼati (16-a.) matolarga solingan geometrik
naqshlardan, jigʻalardan, guldor va jimjimador sopol buyumlardan, tosh, yogʻoch va
loydan yasalgan haykalchalardan iborat edi. Argentinada milliy rassomlik 19-a. da
yuzaga kelib, 20-a. boshlarida taraqqiy etdi. Rassomlar ijodida milliy mavzu, xalq
obrazi katta oʻrin egalladi. 19-a. oxirlarida tarkib topgan milliy haykaltaroshlik 20-a.
oʻrtalarida badiiy yuksaklikka koʻtarildi. Argentinada mahalliy xalq — indeyslarning
meʼmoriy
anʼanalari kam saqlangan.
18-a.
dan
boshlab
Argentina
meʼmorligida barokko uslubi hukmronlik qildi. Bu uslubda qurilgan binolardan biri
Kordovadagi Kompaniya ibodatxonasidir.
Ibodatxonaga
ispan
iyezuitlari asos solganlar (1646). Hozir ibodatxona Kordova un-ti majmuasiga kiradi.
18-a. oxiri va 19-a. boshlarida Argentinada mumtoz meʼmorlik uslubi tarqaldi.
Avvalo, aniq va yaxlit (mas, Buenos-Ayresdagi ibodatxona peshayvoni, 1804),
keyinchalik 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida eklektik va hashamatli binolar (Buenos-
Ayresdagi «Kolon» teatri, 1908) qurildi. Bu davr turar joy binolari koʻpincha katta
ayvonli boʻlgan. 20-a. dan hoz. zamon meʼmorligi rivojlandi. Buenos-Ayresda va
mamlakatning boshqa shaharlarida koʻp qavatli, yaxlit oyna va temir-betondan
mehmonxona, bank kabi maʼmuriy binolar koʻplab qurilgan.
Musnqasi. Hoz. zamon Argentina hududida yashagan indeys qabilalari hayoti va
turmushida musiqa katta oʻrin olgan. And xalqlari — ayniqsa kechua va boshqa
rivojlangan va oʻziga xos musiqa madaniyatiga ega boʻlgan; ularning dilrabo yaravi
qoʻshiqlari, uayno raqs ohanglari, cholgʻu asboblari (kena nayi va zarbli asboblari)
hozirgacha saqlanib qolgan. Argentina milliy musiqa maktabi 19-a. oxirlarida tarkib
topa boshladi. Buenos-Ayresdagi konservatoriya asoschisi, asosan yevropacha
27
kuylar, orkestr va
kamer
asarlar
muallifi
A.
Vilyame
bu
maktabning
bunyodkorlaridan boʻldi. «Pampa» operasining ijodkori A. Berutti Argentinaning
yirik kompozitori boʻlgan. «Pampa» asarida argentin xalq musiqasiga xos ohanglar
yangragan. Buenos-Ayresda «Kolon» opera teatri, 2 konservatoriya, simfonik
orkestr, Kordova va La-Platada konservatoriyalar bor.
Teatri. Indeys qabilalarining raqslari va marosim taomillarida teatr harakatlari
elementlari boʻlgan. 16-a. da havaskorlar truppalari maydonga keldi. 1783-y. Buenos-
Ayresda «Komediya uyi» nomli birinchi teatr binosi qurildi. 19-a. boshlarida L. A.
Morante, K. Enrikes, X. M. Sanches kabi mahalliy dramaturglarning
pyesalari shuhrat topdi. 19-a. ning 80-y. larida bosh qahramoni chorvador, dehqon
boʻlgan romantik melodrama janri yuzaga keddi. 19-a. da va 20-a. boshlarida
«Viktoriya», «Apolo»teatrlarida ijtimoiy isyon mavzuidagi pyesalar qoʻyildi. 1920-
y. larda Argentina teatri inqi-rozga uchradi. Ammo bir necha mustaqil I teatrlar
vujudga kelib, teatr sanʼatini qayta tiklash va yaxshilashga kirishildi. Ularda milliy
dramaturglardan O. Dragun, A. Kusani, K. Gorostisa, L. Barlettalarning asarlari
qoʻyildi. 1935-y. da Buenos-Ayresda Milliy komediya teatri bilan
Milliy teatrshunoslik in-ti tashkil topdi. 1943-y. da Davlat qoʻgʻirchoq teatri tuzildi.
Musiqiy teatr 1825-y. da Buenos-Ayresda birinchi opera spektakli — «Sevilyalik
sartarosh» (J. Rossini asari)ni namoyish qildi. 1877-y. da F. Argreaves birinchi
Argentina operasi «Oq mushuk»ni yaratdi. 1925-y. dan milliy balet trup-pasi ish
boshladi: «Kometalar», «Panambi» kabi milliy baletlar koʻrsatildi. Hoz. vaqtda
Buenos-Ayres Argentina teatr sanʼatining markazi boʻlib, bu yerda «El Pueblo», «La
Maskara», «Fray Mocho» kabi mustaqil teatrlar, Milliy komediya teatri, «Odeon»
kabi tijorat teatrlari ishlamoqda.
Knnosn. Argentinada film yaratish 1897-y. dan boshlandi. 1908-y. da italiyalik
rej. M. Galyo «Dorregoning otilishi»degan birinchi filmni yaratdi, unda teatr
aktyorlari ishtirok etishdi. Keyinchalik rej. X. A. Ferreyra («Gaucho qoʻshigʻi»,
1930), L. Zaslavskiy («Qochish», 1937) va b. bir necha film yaratdilar. U Petit de
Murat («Gaucho urushi»), S. Pondel Rios («111-kilometr»), E. Amorim («Keksa
doktor») kabi kinossenariychilar barakali ijod qildilar. Keyingi yillarda ishqiy
28
sarguzasht filmlar, kinokomediyalar ishlandi, ayrim adabiy asarlar ekranlashtirildi.
Argentina yirik kino i. ch. firmalari: «Arxentina sono films», «Kontrakuadro».
Buenos-Ayresda Kino
sanʼati va
kino
fani
akademiyasi,
Milliy kinematografiya in-ti ishlab turibdi.
29
Do'stlaringiz bilan baham: |