O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VAO’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI
BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI
I kurs 103-guruh talabasi
Abdullayeva Diyoraning O’zbekiston tarixi fanidan
“O’zbekiston va BMT munosabatlari” mavzusida tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
JARQO’RG’ON TUMANI
Reja
O’zbekistonning BMT ga qabul qilinishi
O'zbekiston - BMT munosabatlari
Mustaqillik sharofati tufayli O ’zbekiston jahon hamjamiyatida o’zinig munosib o’mini topdi. 1992- yil 2-martda Vatanimiz tarixida unutil mas quvonchli voqea ro’y berdi, ya’ni O ’zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo’ldi. O ’sha kundan boshlab BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida O’zbekiston Respublikasi bayrog’I paydo bo’ldi.
Joriy o’n yillikni (1995-2005-yillar) kurramizda insob huquqlari o’n yilligi deb e’lon qilib, BMT insoniyat tarixida vaqtningyangi hisobini boshladi. Inson huquqlari va erkinliklari yangi dunyoqarash asosi, jahon xalqlari taraqqiyot yo’lini anglash manbaasi bo’lib qolmoqdalar.
O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari xususida jamoatchilikni xabardor qilish umumjahon kompaniyasini o’tkazishga qaratilgan umumjahon demokratik tashabbuslaming faol qatnashehisi bo’lib, jahonda inson huquqlari o’n yilligini ta’sis qilishga qaratilgan faoliyat rejasiga o’zining ulushini qo’shishga tayyordir.O ’zbekisotn Respublikasi BMTga a’zo bo’lishi uning ijtimoiy-siyosiy hayotida, xalqaro maydondagi faoliyatida muhim voqea bo’ldi. O ’zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotidek nuluzli xalqaro tashkilotning teng huquqli a’zosi bo’lishi uning jahon hamjamiyatidagi obro’-e’tiborini oshishiga, xalqaro munosabatlardagi faoliyatining kengayib borishiga olib keldi.BMTning davlatlar va xalqlar taqdirida, jahondagi barcha erkparvar xalqlar taqdirida tutgan olanshumul tarixiy rolini O’zbekiston Respublikasi sobiq prezidenti I. A. Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida qilgan ma’ruzasi quyidagicha juda aniq qilib ta’riflab berilgan edi:
“Bizning tassawurimizda Birlashgan Millatlar Tashkiloti barcha davlatlaming, mintaqalaming, butun jahon hamjamiyatining eng muhim muammolarini muhokama qilish va yechish uchun tuzilgan noyob tashkilotdir. BMT - bu xalqlaming tinch-totuv yashashga bo’lgan ezgu irodasining buyuk ramzi, insoniyat ma’naviy taraqqiyotining yorqin nishonasidir.Tub tarixiy o’zgarishlar davrida hozirgi dunyoning o’zaro aloqasi bir-biriga bog’liqligi ortib borayotganligi bizga ravshan ko’rinib turibdi. Ayni shu paytda umuminsoniy muammolami o’rganish hal qilishda jahon miqyosidagi siyosiy vosita sifatida BMTning dunyo ko’lamidagi roli va ahamiyati oshib bormoqda.” (I. A. Karimov. “Bizdan ozod va obod vatan qolsin”)
O’zbekistoning BMT bilan hamkorligi to’la teng huquqlilik va o’zaro ishonch asosiga qurilgandir. Mamlakatimizning BMt va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro hamkorligi iqtisodiyot, ijtimoiy soha, madaniyatni tiklash, sog’liqni saqlash, qti'of-muhitni muhofaza qilish va boshqa sohalami ham qamrab olmoqda. Bunda bir tomoning boshqasiga nisbatan ega bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining a'zosi bo'lgan davlat xalqaro munosabatlarning asosiy tamoyillari aks etgan, xalqqaro shartnomalardan iborat bo'lgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomida bayon etilgan majburiyatlarni qabul etadi. Nizomga binoan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti to'rtta asosiy maqsadga amal qiladi: xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashga ko'maklashish, millatlar o'rtasida do'stona aloqalarni rivojlantirish, xalqaro muammolarni hal etishda va inson huquqlarini hurmatlashni rag'batlantirishda, xalqaro hamkorlikni barqaror etish hamda ushbu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar sa'y-harakatlari, kelishuvlari uchun markaziy rolni o'ynash.
BMTning asosiy maqsadlar quyidagilardan iborat:
1. Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlab turish.
2. Tinchlikka tahdidga barham berish hamda uning oldini olish, shuningdek, agressiya yoki boshqa tinchlikni buzuvchi xatti-harakatlar-ni bartaraf etish uchun samarali jamoaviy chora-tadbirlar qo'llash.
3. Xalqaro nizolarga yoki tinchlik buzilishiga olib kelishi mumkin boigan vaziyatlarni tinch vositalar yordamida hal etish.
4. Xalqlar o'rtasida do'stona munosabatlarni rivojlantirish.
5. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va gumanitar mazmundagi xalqaro muammolarni hal etishda xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
6. Inson huquqlarini hamda irqi, jinsi, tili va dinidan qat'i nazar, barchaga taalluqli bo'lgan asosiy erkinliklarni rag'batlantirish va rivojlantirish.
7. Tashkilot oldida turgan maqsadlarga erishish yo'lida davlatlar sa'y-harakatlarini birlashtiradigan markaz bo'lish.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Bu tarixiy tashrif mamlakatimiz bilan BMT hamkorligining yangi bosqichini boshlab berdi. Davlatimiz rahbarining sessiyadagi ishtiroki va BMTning yuksak minbaridan turib so‘zlagan nutqi shu jihatdan tarixiy voqea bo‘ldi. Aytish joizki, Prezidentimiz o‘z nutqida uch yo‘nalishdagi – O‘zbekiston, Markaziy Osiyo mintaqasi va BMT darajasidagi fikrlarini o‘rtaga tashladi, umuminsoniy manfaatlar ko‘zlangan taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.
Prezidentimizning dunyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, BMTning xalqaro munosabatlardagi rolini oshirish borasidagi fikrlari ham dolzarb ahamiyatga molikdir. BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va Bosh Assambleyaning "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish bo‘yicha tashabbuslar, ayniqsa, tarixiy voqeadir. Ushbu takliflar sammit davomida xorijiy ommaviy axborot vositalari uchun kun mavzusi bo‘ldi, davlat rahbarlarining uchrashuvlarida, turli doiradagi tadbirlarda qizg‘in muhokama etildi.
O‘zbekistonda BMT bilan hamkorlik barcha sohada izchil rivojlanib bormoqda. Mamlakatimizda ushbu tashkilotning nufuzli organlari – Taraqqiyot dasturi, Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti, Aholishunoslik jamg‘armasi, Bolalar jamg‘armasi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha boshqarmasi, OIV/OITS bo‘yicha birlashgan dasturi va boshqa tuzilmalari vakolatxonalari faoliyat yuritayotgani hamkorlik samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 27-sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasining BMT va uning tuzilmalari, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashqi siyosiy sheriklar bilan hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda dasturilamal bo‘lmoqda.
Shu yil noyabr oyida Samarqandda BMT shafeligida o‘tkaziladigan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzuidagi xalqaro anjuman ushbu tendensiyani mustahkamlashga xizmat qiladi. Ushbu anjumanda mamlakatimiz siyosatining yangi yo‘li, qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik, mintaqa xalqlari manfaati namoyon bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |