O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETINING
PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA TA’LIM VA TEXNOLOGIYA FAKULTETI
TEXNOLOGIK TA’LIM KAFEDRASI
“TASDIQLAYMAN”
O`quv va tarbiya ishlari bo`yicha
direktor o`rinbosari
_______B.Imanov
«___»_____ 2021 yil
“MOHIR QO’LLAR”
tikuvchilik to`garagi
Termiz-2021
“TASDIQLAYMAN” “Tavsiya etilgan”
Maktabgacha ta’lim va texnologiya fakulteti Texnologik ta’lim kafedrasi
dekani __________ O.J.Begimqulov mudiri_____X.Ch.Dusyarov
«___»_____ 2021 yil «___»_____ 2021yil
“MOHIR QO’LLAR”
tikuvchilik to`garagining 2021-2022 o`quv yili
uchun
ISH REJASI
Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim va texnologiya fakulteti Texnologik ta’lim kafedrasining ___ son yig`ilish bayonnomasidan
ko`chirma
Termiz shahri “30” avgust 2021 yil
Qatnashdilar: Kafedraning barcha a`zolari.
Yig`ilish raisi- dots.X.Ch.Dusyarov
Yig`ilish kotibi-o`q. X.A.Qulmamatova
Kun tartibi:
1. “Mohir qo’llar” tikuvchilik to`garaginig yillik ish rejasini tasdiqlash.
Eshitildi:
Texnologik ta’lim kafedrasi mudiri dots.X.Ch.Dusyarov “Mohir qo’llar” to`garagining ahamiyati haqida ma`lumot berib, kafedraning barcha professor-o`qituvchilarni tanishtirdi va muhokamaga qo`ydi.
So`zga chiqdilar:
Kafedraning professor-o`qituvchilaridan X.A.Qulmamatova Institutda mavjud Tikuvchilik ustaxonalari haqida ma`lumot berdi. Professor-o`qituvchilardan X.A.Qulmamatova 34-o`quv ustaxonasida o`rnatilgan tikuv mashinalarining imkoniyatlari haqida ma`ulumot berdi. Professor o`qituvchilar tomonidan ilmiy to`garaklarning tashkil etishlari haqida fikr yuritildi. Asosan, ilmiy to`garakning nizom asosida tuzilishi, uning mazmuni va amalga oshirish tartibi haqida ma`lumot berdi. Institutda mavvjud Tikuvchilik ustaxonalarining imkoniyatlari bilan kafedraning barcha professor-o`qituvchilarni tanishtirib chiqildi. Ilmiy to`garakda amalga oshiriladigan tartiblar belgilab olindi.
X.A.Qulmamatova 34-o`quv ustaxonada “Mohir qo’llar” tikuvchilik to`garagini yillik ish rejasi bilan tanishtirib yil davomida bajariladigan ishlar haqida ma`lumot berdi. To`garak yillik ish rejasi tuzilishini, to`garak a`zolarini tanlab olib, yillik ish reja asosida 15 nafar to`garak a`zolari bilan hafta davomida bir marta shanba kuni 34-o’quv ustaxona (tikuvchilik o’quv ustaxonasi)da amalga oshirib borishini, unda ilmiy ishlab talabalarga Tikuvchilik ishlarini o’rganish bo’yicha savodxonligini amalga oshirib, undan samarali foydalanish ko`nikmasini hosil qilish, ilmiy maqolalar va asosli manbalardan foydalanish va yangiliklar bilan muntazam ravishda tanishib borish vazifalarini amalga oshirishdan iborotligi haqida ma`lumot berdi.
Shundan so`ng kafedra mudiri dots.X.Ch.Dusyarov so`zga chiqib, “Mohir qo’llar” to`garagini ko`rib chiqishni fakultet o`quv-uslubiy kengashidan so`rash taklifini kiritdi.
Professor-o`qituvchilardan Sh.Gadaymuratov, D.To’rayev va boshqalar o`zlarining fikrlarini bildirdi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib.
Qaror qilindi:
1. “Mohir qo’llar” ilmiy to`garagi tashkil etilsin.
2. “Mohir qo’llar” ilmiy to`garagi rahbari etib X.Qulmamatova tayinlansin.
2. “Mohir qo’llar” to`garagining ish rejasini tasdiqlash fakulutet kengashidan so`ralsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |