Bolalarda shartli reflekslarning tormozlanishi. Bolalarda shartsiz induksion tormozlanish tevarak-atrofdagi ta'sirot va ichki organlardan keladigan nerv impulslari ta'sirida vujudga keladi. Masalan, qovuqning to'lishi yuzaga keltirilgan shartli refleksni tormozlaydi. Tashqi tormozlanish chetki ta'sirlovchining kuchiga, yuzaga keltirilgan shartli refleksning mustahkamligiga va bolaning yoshiga bog'liq bo'ladi.
O'ta tormozlanish 10-12 yashar bolalarda 7-10 yashar bolalardagiga nisbatan sekin rivojlanadi. Shartli refleksning so'nish tezligi bolaning yoshiga, sog'ligiga, oliy nerv faoliyatining tipi hamda hosil bo'lgan shartli refleksning turi hamda mustahkamligiga bog'liq. 11-12 yashar bolalardagi shartli reflekslar 8-10 yasharli bolalarda yuzaga keltirilgan shartli reflekslarga qaraganda tez so'nadi. Ovqatlanishga nisbatan hosil bo'lgan shartli refleksni so'ndirish qorni och bolalarda qorni to'q bolalardagiga nisbatan qiyinroq bo'ladi
Sog'lom bolalarda shartli tormozlanish o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, differensiyalashgan, shartli refleks 2-6 martalab mustahkamlanganda vujudga keladi. So'ngan shartli tormozlanish vaqt o'tishi bilan yana asli holiga keladi. Shartli tormozlanishdan so'ng ketma-ket tormozlanish rivojlanadi. Ba'zi hollarda shartli tormozlanishning ta'siri tugagandan so'ng, induksiya asosida qo'zg'alish rivojlanadi.
Bolalarda befarq ta'sirlovchi bir necha marta birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va bundan yuqori tartibdagi shartli tormozlanishni hosil qilishi mumkin. Ular ham uzoq saqlanishi va so'nishi, asli holiga kelishi mumkin. Shartli tormozlanish o'qitishda, odob-axloqli va intizomli qilib tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.
Nerv sistemasi gigiyenasi O’quvchi organizmining funksional faoliyati buzilishiga yo’l qo’ymaslik uchuno’qituvchilar bilan shifokorlar birgalikda ish kuni, haftasi vf o’quv yili choraklarida aqliy va jismoniy faoliyatning almashinif turishini to’g’ri yo’lga qo’yishlari kerak. Bir turli faoliyat boshqa turli faoliyat bilan almashtirilib turilganda, ishlayotgan hujayralar dam oladi. Aqliy mehnat qilganda bo’yin va gavda muskullari,, xat yozganda esa yuqorigi kamar va qo’l muskullari taranglashadi.
Oqituvchining o’quvchiga beradigan zo’riqish normasi uning yoshiga, sog’lig’i holatiga, idrok qillish qobiliyatiga, nerv tipiga va o’qitish sharoitiga qarab aniqlanadi. Zo’riqish normasini asta-sekin oshira borish va o’quvchilarni aktiv oliy mehnatga jalfb qilish kerak. O’quvchiga ortiqcha zo’riqish berilsa, uning miyasi charchab qoladi, tez yoki sekin charchash bolanning yoshiga, aqliy mehnat turiga va qiziqishiga bog’liq. Bola qancha yosh bo’lsa, shuncha tez charchaydi.
Dars vaqtida muskul harakatlarining uzoq to’xtalib turishi bolaning aqliy mehnat qobiliyatini susaytiradi. Binobarin, bolaning diqqati chalg’iydi, muskullari bo’shasha boshlaydi. Bog’cha yoshidagi bolalar charchagannda mudroq bosadi . Hadeb bir xil turdagi aqliy faoliyat bilan shug’ullanganda bolaning qiziqishi kamayadi va uxlab qoladi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarni o’qitiishda dars o’rtasida ularni jismoniy tarbiya bilan shug’ullantirish aqliy qobiliyatning oshishiga yordam beradi. Toliqib qolishning oldini olishda turlli xildagi mehnat bilan shug’ullanib turish, aktiv va passiv dam olish muhim ahamiyatga ega. Bola zerikarli ish bilan shug’ullanishdan, biir yerda qimirlamay uzoq o’tirishdan charchaydi.
Bunday vaqtda u yetarli dam olmasa, oorganizmi juda charchab qoladi, boshqacha aytganda, toliqadi.
Haddan ortiq charchash yoki toliqish ishtahaning pasayishiga, bosh og’rig’iga, loqaydlikka, xotira va diqqatning susayishiga olib keladi. Odam qattiq charchaganida nerv sistemasining funksional hollati o’zgaradi va tormozlanish vujudga keladi. Aktiv dam olishda toliqqan nerv hujayralarining qobiliyati tezda asli holatiga kelib qoladi.
Aqliy mehnat gigiyenasida kun tartibini to’g’ri tashkil etish alohida ahamiyatga ega. Kun tartibi to’gri tuzilmaganda o’quvchi asabiga ortiqcha zo’r keladi, ho nevroz paydo bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham aqliy mehnatdan so’ng jismoniy, mashqlar bilan shug’ullanishkkerak. Afsuski,, hozirgi kunda o’smirlar aktiv dam olish o’rniga passiv dam oladigan, ya’ni ko’p dars tayyorlaydigan, teleko’rsatuvlarni ko’p ko’radigan, bir yerda harakatsiz o’tiradigan yoki yotib dam oladigan bolib qolgan. O’quvchilar aqliy jihatdan toliqib qolmasligi uchun aqliy va jismoniy mexnat bila me’yorida shug’ullanishi, oilada, maktabda siqilmasligi, to’gri ovqatlanishi shart, bundan tashqari, kun tartibiga rioya qilishi, qiziqib ishlashi, aktiv dam olishi, ko’proq sof havoda bo’lishi muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |