Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir.
Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz,
Har kimki yomon bo’lsa, jazo topqusidir.
deydi. Bobur va odamlarni elga yaxshilik qilib, o’zidan yaxshi nom qoldirishga chorlaydi.
Xulqingni rost qilg’il har sorig’aki borsang,
Aks anga der bori el, gar yaxshi ot chiqarsang.
Bori elga yaxshilik qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q,
Kim deganlar dahr aro qoldi falondin yaxshi yo’q.
Bobur yaxshi xulqlilikni, kishilarga yaxshilik qilishni insonning oliyjanoblik xislati hisoblaydi. Boburning ma’naviy-ma’rifiy qarashlarida Vatan tuyg’usi salmoqli o’rinda turadi.
XIX asr o’zbek ijtimoiy va adabiy hayotining yirik vakillaridan biri Komil Xorazmiy o’z asarlarida ma’rifat axloqiy kamolot, vatanparvarlik g’oyalarini olg’a surdi. U ilm-ma’rifatning xalq, jamiyat farovonligida, insonning axloq kamolotida tutgan o’rni, axloqiy va nafosat tarbiyasini uzviy birligi haqidagi pedagogik fikrlarini bayon etadi. Komil Xorazimiyning fikricha ilm-hunar, ilm-ma’rifat inson axloqiy kamoloti, ijtimoiy ma’naviy hayotining rivoji uchun xizmat qilishi kerak. Kamtarlik eskirmaydigan, eng go’zal insoniy fazilatdir. Bu fazilatlarga ega bo’lganlar obro’-e’tiborli komil insonlardir. Kamtarlik insonni turli noxushlikdan xijolatdan saqlaydi. Shoir tarixshunos, tarjimon va hattot Munis Xorazimiy tilga ko’p erk bermaslikni maslahat beradi. Uning ta’kidlashicha, ortiqcha so’zamollik kishi boshiga oltin o’rniga qattiq tosh bo’lib tegishi mumkin. Shoir yomon so’zli ozor beruvchi murodlar sifatini tasvirlab, kishilrni, jumladan, yoshlarni ular bilan hamsubat bo’lmaslikka undaydi. Munis Xorazmiy o’z asarlarida xalqni adolatli, ongli, bilimli bo’lishga jaholatdan yiroq turishga da’vat etadi. Uning fikricha, ,adolat sharaf ko’rki osoyishtalik, xushnudlikdir. U yoshlarni kamtarlik bilan muloqatda bo’lishga, ularni hurmat qilib, e’zozlashga chorlaydi. Munis Xorazmiyning asarlarida bayon qilingan ta’lim-tarbiyaga oid fikrlar faqat u yashagan davr uchun emas, balki hozirgi davr uchun ham qimmatlidir. Mohlar oyim Nodiraning inson va tabiatga munosabat to’g’risidagi qarashlarida faqat shaxsiy tuyg’u va muhabbat emas, balki yoshlar tarbiyasida milliy an’anlarining roli haqidagi fikri ham namoyondir. Nodiraning tarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik g’oyalari, adolat, xalq manfaati muhim o’rinni egallaydi. Nodira hayotning tub mohiyatini yaxshilik binosini barpo etishdan iborat deb biladi. Uning fikricha, kishi tiriklik chog’ida yaxshilik bunyod etgan bo’ladi, o’zidan keyin hayotda yorqin xotira qoldiradi. Umuman, Nodira o’z she’rlarida barkamol insonni ulug’laydi. Ta’lim-tarbiyaga oid ko’p foydali o’gitlarni bayon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |