Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti


Qadimgi Yunonistonda pedagogik nazariyalarning tug'ilishi



Download 1,23 Mb.
bet80/159
Sana20.04.2022
Hajmi1,23 Mb.
#564656
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   159
Bog'liq
ТАРБИЯ УМК Fitrat

Qadimgi Yunonistonda pedagogik nazariyalarning tug'ilishi
Yunonistonda maktab va madaniyatning tez rivojlanishi tarbiya nazariyasining tug'ilishiga imkon yaratdi. Tarbiya nazariyasiga olim va faylasuflardan Suqrot, Platon, Aristotel va Demokritlar asos soldilar.
Suqrot (eramizdan avvalgi 469-399-yillar) o'zining ijtimoiy kehb chiqishiga qaramay (Suqrot haykaltaroshning o'g'li edi) konservativ zamindor aristokratlarning ideologi edi. Bu albatta uning falsafiy va tarbiyaviy qarashlarida o'z aksini topdi. Suqrot dunyoning tuzilishini, buyumlarning fizik holatini bilib bo'lmaydi, odamlar faqat o'zlarinigina bilishi, axloqni kamol toptirishi lozim deb hisoblar, faylasuf bo'lishi bilan birga ajoyib notiq ham edi. Keng maydonlarda so'zga chiqar, axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar o'tkazar, tinglovchilarni savol-javob yo'li bilan haqiqatni topishga undar edi. Bu «Suqrot metodi»(Evristik) nomi bilan fanga kirgan.
Suqrotning etika sohasidagi asosiy tezislari quyidagilardan iborat: ezgulik bilimdir, donishmandlik, ya'ni yaxshilikni biluvchi yaxshilik qiladi; yomonlik qiluvchi esa yaxshilikni yo bilmaydi yoki pirovardida yaxshilikning tantanasi uchun yomonlik qiladi. Suqrotning ta'biricha, aql bilan axloq o'rtasida ziddiyat bo'lishi mumkin emas. Ulug' faylasuf tarbiyada axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya mezonini ishlab chiqdi. Lekin Suqrotning axloqiy qarashlarida tengsizlikni yaqqol sezish mumkin. Uning fikricha, axloq faqat imtiyozli «mumtoz»largagina xos, «mumtoz» kishilar haqiqiy axloqning yagona egalari bo'lganliklari uchun hokimiyat ham ularning qo’llarida bo'lmog'i kerak deydi.
Aflotun (Platon) eramizdan ilgari (424-347-yillari) yashagan. Qadimgi Yunonistonning mashhur idealist faylasufi, Suqrotning shogirdi, ob'ektiv idealizm nazariyasining asosichisi «g'oyalar dunyosi»ni birlamchi, his qiluvchi narsalar dunyosini ikkilamchi deb hisobladi.
Aflotun olamni hodisalar dunyosi va g'oyalar dunyosi deb ikkiga boldi. Uning fikricha g'oyalar abadiy va o'zgarmasdir. Uning nazarida, narsalar g'oyalar olamining soyasidir, xolos.
Afina aristokratiyasining namoyondasi bo'lgan Aflotun, aristokratiyaning abadiy hukmronligi haqidagi nazariyani ilgari surdi. Uning fikricha ideal aristokrajtik davlat uch xil ijtimoiy guruh: faylasuflar, jangchilar, hunarmandlar va dehqonlar guruhidan iborat bo'lishi lozim. Faylasuflar davlatni boshqaradilar, jangchilar uni har qanday dushmandan himoya qiladilar, uchinchi guruh esa mehnat qihb, mo'l hosil yetishtirib, faylasuflar va jangchilarni boqadilar. Uning tasavvuridagi ideal davlatda qullar ham hunarmandlar ham huquqsizdirlar, qanoat va itoatkorlik fazilatlariga xos, deb ta’kidlaydi u.
Aflotunning fikricha, davlat xalq tomonidan tashkil etilmog'I, hukmron guruhlaming- faylasuflar va jangchilarning manfaatini ko'zlamog'i lozim. Aflotun o'zining pedagogika tizimida Sparta va Afina tizimining ba’zi bir belgilarini birlashtirishga intiladi.
Aflotun xotin-qizlar tarbiyasi xususida fikr yuritib, Spartadagi usulni ma’qullaydi.
Umuman Aflotun tarbiya tizimining butun mazmuni va mohiyati jismoniy mehnatdan g'oyat nafratlanish ruhi bilan sug'orilgan. Aflotun g'oyasiga ko'ra bo'lajak faylasuflar va jangchilarning «jismoniy mehnat to'g'risida xato o'ylashlari» ham taqiqlab qo'yilgan, shuningdek qullaming bolalarini o'qitmagan ma’qul.
Biroq, Aflotun maktabgacha tarbiya to'g'risida, davlat tomonidan izchillik bilan olib borilishi lozim bo'lgan tarbiya tizimi to'g'risida bir qancha muhim fikrlarni aytib, ijobiy o'rnak namunasida tarbiyalashni talab qilgan.
Aflotun o'zining axloqiy g'oyalarini ilgari surar ekan, ustozi Suqrotga ergashib, ob’ektiv idealizm yo'lini tutadi. Aflotun etikasining asosiy nazariy tayanch nuqtasi — inson ongi chegaralaridan tashqarida bo'lgan va mangulik g'oyalari olamida xudoning doimiy nazorati ostida bo'ladigan yagona o'zgarmas «yaxshilik» g'oyasidir. Uning fikricha, yerdagi yaxshiliklaming hamma turi o'zida me’yor, go'zallik va haqiqatdan iborat uch tushunchani jamlagan oliy «yaxshilik g'oyasi»ning in’ikosigina bo'lishi mumkin. Odamning axloqiy hayoti shu oliy «yaxshilik g'oyasi»ga intihshga to'la bo'ysungan va xushbaxtlikni tashkil etadigan, faqat oliy «yaxshilik» g'oyasiga intilishdagina xulqning namunasini ko'rish mumkin.
Arastu(Aristotel) (eramizdan avvalgi 384-322-yillar)da yashagan. Aflotunning shogirdi, makedoniyalik Iskandarning ustozi. Qadimgi Yunonistoning yirik faylasufi va olimi.
Butun hayot taraqqiyot jarayonidir, bu jarayon, Arastuning fikricha, tashqi kuchlaming ta’siri ostida sodir bo'lmaydi, balki ichki taraqqiyotning o'zidir. Arastu tashqi olamning mavjudligiga shubha qilmaydi va hissiy tajribani, sezgilarni bilishning asosi deb hisoblaydi. Arastuning ta’kidlashicha bilishdagi xatolar noto'g'ri tafakkurdan, ya’ni hissiy tajribani noto'g'ri talqin qilishdan kelib chiqadi.
Arastuning fikricha, uch xil tarbiya - jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiyalar muhim. Tarbiyaning maqsadi aql va irodani kamol toptirishdan iborat. Har bir moddada rivojlanish imkoniyati bor bo’lganidek, insonga ham tabiat faqat qobiliyatlaming boshlang'ichinigina beradi, insonda kamol topish imkoniyati mavjud va bu imkoniyat tarbiya vositasi bilan ro'yobga chiqariladi.
Yan Amos Komenskiy
Chexoslovakiyalik gumanist-pedagog Yan Amos Komenskiy o'zining ongli hayotini, amaliy pedagogik faoliyatini bolalarni o'qitish va tarbiyalashdek olijanob ishga bag'ishlagan ulug' pedagogdir.
Buyuk chex pedagogi 1592-yili 28 martda Moraviyadagi Ugorskiy Brod degan joyda tegirmonchi oilasida dunyoga kelgan. Uning oilasi ruhoniy «Chex qardoshlari» jamoasiga tegishli bo'lib, bu jamoa Chexiyaning ozodligi uchun kurashuvchi vatanparvarlami o'z atrofiga to'plagan edi.
Komenskiy ota-onasidan ajralib, ancha vaqt o'qiy olmaydi, 16 yoshida «Chex qardoshlari» jamoasining yordami bilan lotin maktabiga o'qishga kiradi. Bu haqda Komenskiy shunday yozgan edi: Men o'sha vaqtdayoq tarbiya masalasida mamlakatimning orqada ekanligini ko'rdim. Fan va tarbiya hammaga tegishli bo'lishi kerak. Maktabni tugatgach Xorborni universitetiga (Germaniya) o'qishga kiradi, so'ngra Geydelberg universitetida o'z davrining bilimdon professorlaridan ma’ruza tingladi. Komenskiy Avstriya va Gollandiyada bo'lib, iqtisodiy-siyosiy hamda madaniy hayot bilan tanishib ilmi va dunyoqarashini kengaytiradi.
O'sha davrda knyazliklar orasida boshlangan 30 yillik urush (1618— 1648) tufayli «Chex qardoshlari» jamoasi nemis dvoryanlari tomonidan vatanlaridan quvg'in qilinadi. Shu tariqa Komenskiy xotini va bolasidan juda bo'ladi. Qo’lyozmalari yo'qoladi.
«Chex qardoshlari» ko'chib kelgan Polshadagi Leshno shahrida Komenskiy gimnaziya tashkil etadi.
U o'zining 80 yillik umri davomida pedagogika, ta’lim-tarbiya, falsafa, ilohiyotga oid 250 dan ortiq asarlar, darsliklar yaratgan «Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi» (1631), «Buyuk didaktika» (1632), «Onalar maktabi» (1632), «Pansofiya maktabi» (1651), «Yaxshi tashkil etilgan maktab qonunlari» (1953), «Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari» (1658) kabi asarlar uning eng salmoqli asarlaridir. Shuningdek, mantiq, fizika, lotin va grek tillariga bag'ishlangan o'nlab darsliklar yozdi. Darsliklari hayotlik davridayoq boshqa tillarga tarjima qilinib, Komenskiyning nomi butun dunyoga tanildi.
Komenskiy «Kishilik jamiyati ishlarini yaxshilash haqida hammaga taalluqli maslahat» nomli 7 jildli katta asar muallifi hamdir (U hayot ekanligi vaqtida hammasi boiib 2 jildi bosilib chiqdi, qolgan jildlari esa faqat 1935-yili topildi va Chexoslovakiyada chop qilindi). Bu asarda kishilik jamiyatini isloh qilish g'oyasi ilgari suriladi.
Shvesiyada lotin tili darsligini va til o'qitish metodikasini tuzadi. U «Chex qardoshlari» jamoasiga yepiskop qilib tayinlangach, 1648-yili Leshnoga qaytib keladi. Jamoa tarqatilgandan so'ng u yana o'qituvchiiik faoliyatini davom ettiradi. Bir necha yil Vengriyada maktablarni boshqaradi. «Видимый мир в картинках», ya’ni, «Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari» deb nomlangan asarida, o‘qish ishini rasmlar bilan olib borish g'oyasini ilgari suradi. Bunda «Yoshlarning xulq qoidasi», «Yaxshi tashkil topgan maktablarning qonuni» kabi pedagogikaga doir ishlari o'rin olgan.
1656 -yili Shved-polyak urushi vaqtida Leshnodagi «Chex qardoshlari» jamoasiga barham beriladi. Komenskiy Gamburgga, so'ngra Amsterdamga ketishga majbur bo’ladi. O'sha yerda Gollandiya senatining buyrug'iga muvofiq uning asarlari to'plam holda bosib chiqariladi.
Komenskiy vatani mustaqilligi uchun kurash olib borgan. Uning asarlarida vatanparvarlik hissi yaqqol aks etgan. U chex xalq poeziyasini yig'ib chex maqollar to'plamini tuzgan.
Komenskiy o'zining tarbiya nazariyasida tarbiyaning tabiatga uyg'un bo'lishi to'g'risidagi tushunchani ilgari suradi. «Buyuk didaktika» asarida «o'qitish tabiiylikka bo'ysunishi, o'qitish tabiat talabiga bo'ysunishi kerak», deydi. Bolaning aqliy va jismoniy o'sish jarayoni tabiatdagi o'sish jarayoniga o'xshagan bo'ladi. Masalan, bog'bon daraxtlarni parvarish qiladi, uning o'sish xususiyatlarini hisobga oladi. Xuddi shunday o'qituvchi tarbiyalash qonuniyatiga bo'ysinadi. O'qitish jarayoni tabiatga o'xshab sekinlik bilan amalga oshadi. Tabiiylik prinsipida kishini tabiatning bir bo'lagi deb qarash (xudo tomonidan bunyod etilmagan) tabiat qonunlari uning o'sishiga ta’sir etadi deyish o'z davrida ilg'or fikr sanalgan. Lekin kishi ijtimoiy borliq bo'lib, ijtimoiy qonun ta’sirida o'sadi.
Komenskiy tarbiyaning tabiatga uyg'unlik masalasida hamma narsaning asosi 4 ta deydi. Masalan: Olam 4 narsadan yuzaga kelgan, ya’ni; yer, suv, havo, yorug'lik. Dunyoning rivojlanishi ham 4 qismga bo'linadi, bular: bahor, yoz, kuz, qish. Insonning rivojlanishi ham 4 davrga bo'linadi; go'daklik, bolalik, o'smirlik, yetuklik. Shuningdek ta’lim jarayoni ham 4 ga bo'linadi; maktabgacha tarbiya, boshlang'ich ta’lim, o'rta ta’lim, oliy ta’lim.
Umumta’lim g'oyasi. Komenskiy yashagan davrda hammani o'qishga tortish shart emas, qobiliyatli kishigina o'qishi kerak, degan g'oya mavjud edi. Komenskiy esa o'qishga hammaning tortilishini, hamma o'z ona tilida umum boshlang'ich ta’lim olishi kerakligini uqtiradi. Umumta’lim to'g'risida gapirganda ayollarni ham hisobga oladi. O'sha davrda xotin-qizlar uchun o'qish juda katta muammo edi. Shu tufayi ulug' pedagog bu masalani ilgari surdi.
Komenskiy o'z asarlarida tarbiyaning maqsadi kishini mangulik dunyosiga tayyorlash ekanligi va buni uch xil tarbiya orqali amalga oshirish mumkinligini uqtiradi. Bular:
1. Aqliy tarbiya.
2. Axloqiy tarbiya.
3. Diniy tarbiyalardir.
Bular bola tug'ilganidan 24 yoshiga kirguncha amalga oshiriladi, bu vaqt mobaynida bola har biri 6 yildan bo’lgan to'rt maktabni o'qib tugatishi kerak, deb hisoblagan ulug' pedagog.
Komenskiy tabiiylik prinsipiga amal qilib, bola yoshini 4 davrga bo'ladi.
1. Tug’ilganidan 6 yoshgacha bo’lgan davr. Uningcha bu davr-Ona maktabi davri. Bu davrda bolaning sezish organlarini o'stirishga, bolaning qabul qilishini, atrofdagi dunyo bilan tanishtirishga katta ahamiyat berish lozim. Bolani mehnatga o'rgatish, o'z-o'ziga xizmat qilishga jalb etish kerak. Ona boladagi axloqiy tarbiyaning asoslarini, to'g'rilik, haqqoniylik, mehnatni sevish va boshqalarni vujudga keltiradi. Ona maktabi davrida bog'cha yoshidagi bola tarbiyasini ko'zda tutadi.
2. 6-12 yoshgacha - xalq maktabi yoki ona tili maktabi. Bunda o'quvchi esda saqlashi, so'zlashga o'rganishi, yozish, boshlang'ich maktab ko'nikmasini hosil qilishi kerak. Buning uchun geometriya, geografiya, tabiiyot fanlarini o'rganishi lozim.
3. 12-18 yoshgacha - gimnaziya. Bu o'quv yurtining vazifasi bola tushunchasini, tafakkur qobiliyatini o'stirishdan iborat bo'lib, unda klassik tillar, tabiiyot bilimlari, axloq, ilohiy fanlar o'qitilishi kerak.
4.18-24 yoshgacha - Universitet. Akademiya. Bu o'quv yurtlari o'quvchining irodasini, shaxsini bir butun o'stirishi lozim.
Shunday qihb, maktab Komenskiy qarashicha o'quvchilami o'ylashga, harakatlantirishga, masalalarni amalda mustaqil yecha bilishga, o'quvchilami so'zlashga, o'z fikrini to'g'ri ifoda qilishga va isbotlab berishga o'rgatmog'i shart.
- Mehnat kishini ulug'laydi, - deydi Komenskiy. - Shuning uchun mehnatga ham yoshlikdan o'rgatish darkor.
Komenskiyning pedagogik nazariyasida didaktika katta o'rinni egallaydi.
Komenskiy o'zining «Buyuk didaktika» asarida maktabda o'qitish tizimini amalga oshirishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilishni tavsiya etadi.
1. Ko'rgazmalilik tamoyili;
2. Onglilik tamoyili;
3. Izchillik va tizimlilik tamoyili;
4. Mashq qilish, bihm va malakalami puxta egallash tamoyillari.
1. Ko'rgazmalilik tamoyili - Komenskiy ko'rgazmalilik tamoyilini
nazariy jihatdan isbotlab, mufassal bayon qihb bergan.
Ko'rgazmalilikni o'qitishning «Oltin qoidasi» deb ataydi u. Bu tamoyilda: a) bolaga real narsalarni ko'rsatish, b) dunyoni rasmlar orqah tushuntirish, v) narsalarning modelini ko'rsatish, g) o'qituvchininj^o'zi o'rganilayotgan materialni chuqur bilishga va esda uzoq vaqt saqlanishga olib keladi.
2. Onglilik tamoyili. Komenskiy onglilik tamoyilini ilgari surar ekan, o'qitishda ma’no-mazmunini tushunmay, og'zaki yodlashga qarshi chiqadi. «Aql-idrok bilan yaxshi tushunib olingan narsadan boshqa hech bir narsani zo'rlab yodlatmaslik lozim». O'quvchilar «O'rganilayotgan narsa kundalik hayotda qanday foyda yetkazishini o'qituvchi yordamida anglab olishlari kerak. Shu bilan hodisalarning sabablarini anglatmoq, har bir narsani tola tushuntirib bo'lguncha, shu narsa ustida to'xtatmoq kerak» deb yozadi u.
3. Komenskiy ta’limning tizimli bo'lishi tarafdori edi. O'qitilayotgan material o'quvchilarga asosiy qoidalar tariqasida lo'nda bayon qilinishi kerak. O'qitishda dalillardan xulosalarga, misollardan qonunlarga o'tish, dalillar va misollami qoidalar tizimiga solib, umumlashtirib berish lozim, aks holda hodisalarning tizimsiz uyumi hosil bo'lib qoladi. Konkretdan abstraktga, osondan qiyinga, umumiyda xususiyga o'tish kerak; avval narsa, ya’ni hodisaga umumiy tushuncha berib, keyin uning turli tomonlarini alohida o'rganish kerak, deb hisoblaydi.
Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarda ta’lim-tarbiya ishlarining yo’lga qo’yilishi, maktablarda amalga oshirilganini o’rganish orqali qo’shimcha boy manbalarga ham ega bo’lamiz.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik inqilob sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata oladigan jamiyat a’zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-hunarga yo’naltirish hamda o’rta ta’limning ko’p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta’lim-tarbiya berishda eng ilg’or pedagogik vositalarni qo’llash, ta’lim-tarbiyada tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo’l ochish, uning eng maqbul tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning, mamlakat ichki siyosatiga, shaxs tarbiyasiga faol ta’sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e’tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli ham chet mamlakatlarida maktab ehtiyojini iqtisodiy ta’minlashga ajratilayotgan mablag’ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda.
Ta’lim to’g’risidagi g’amxo’rlik taniqli siyosatchilarning ham hamisha diqqat e’tiborida bo’lgan. Shuning uchun ham AQSHning sobiq Prezidenti R.Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Frantsiya Prezidenti F. Mitteranlarni maktab islohotining tashabbuskorlari deb, bejiz aytishmaydi. F.Mitteran maktabni «Jamiyatni harakatlantiruvchi kuchi» deb hisoblagan.
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko’p sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni 2 mingdan ortiq. Frantsiya, AQSH, Yaponiya ta’lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari shug’ullanmoqdalar. Ular faoliyatini esa xalqaro ta’lim markazlari, masalan, AQSHda xalqaro ta’lim instituti muvofiqlashtirib bormoqda. Ko’pchiligining faoliyati o’quv dasturini takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan.
80- yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ham AQSHdagi singari o’rganilishi majburiy bo’lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o’quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo’ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish o’quvchilar va ota-onalar ixtiyoridadir.
«Yangi dunyo»ning pedagogik g’oyalari Frantsiya va Germaniya ta’limiga ham sezilarli ta’sir qilmoqda.
Shuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda 60-80-yillarda tabiiy ilmiy ta’lim dasturi tarkibiga fizika, kimyo, biologiya, ba’zi hollarda astranomiya, geologiya, mineralogiya, fiziologiya, ekologiya elementlari kiritilib, u AQSH va Frantsiyada 4 yil, Buyuk Britaniyada 6 yil, Germaniyada 2 yil o’qitiladi. O’quv predmetlarini integratsiyalash jarayonida yangi-yangi kurslar paydo bo’la boshladi. Frantsiyada 70-80-yillarda to’liqsiz o’rta maktablar o’quv dasturidagi tabiiy-ilmiy va gumanitar turkumiga eksperimental, iqtisodiy gumanitar kurslar kiritiladi.
Rivojlangan davlatlarda iqtidorli bolalarga e’tibor tobora ortib bormoqda.
Keyingi davrlarda o’z tengdoshlariga nisbatan qobiliyatda bir necha barobor ilgarilab ketgan bolalar ko’plab topilmoqda. Ular o’quvni juda erta boshlab ta’lim kurslarini o’zlashtirishda katta shov-shuvlarga sabab bo’ladigan darajada muvaffaqiyatlarga erishadilar.
Shunday iqtidorlar maktabi g’arbda 60-yillardayoq paydo bo’lgan edi. Bunday maktablarning o’quv dasturlari bolalar qobiliyati va imkoniyatini to’la ro’yobga chiqarishni ta’minlab berish darajasida murakkab tuzilgan.
Iqtidorli bolalarga qarama-qarshi qutbda turgan aqli zaif o’quvchilarning taqdiri ham ko’pchilikni tobora tashvishlantirmoqda, bunday holni kelib chiqish sabablarini o’rganish, oldini olish bo’yicha ko’pgina profilaktik ishlar olib borilmoqda va ular uchun maxsus maktablar ochilmoqda. Lekin statistik ma’lumotlar bunday bolalar soni tobora oshib borayotganligini ko’rsatayapti.
70- yillarda AQSHda kelajak maktabi umummilliy loyihasini amalga oshirishga kirishildi. Bu eksperiment mazmuni o’qituvchi buyrug’i bilan ish tutish, ko’proq o’quvchilarga mustaqil ishlash imkoniyatini berishdan iborat. Ta’lim tarkibi sinfda ishlash, mustaqil mashg’ulot, o’qituvchi maslahatini o’z ichiga oladi.
Germaniya maktablarida sinfda o’quvchilar sonini qisqartirish sari yo’l tutilgan. Bunday o’quvchilarning har biriga individual paketlar (topshiriqlar) tarqatiladi. Toshiriqlarni o’quvchi mustaqil bajaradi, lozim bo’lganda u o’qituvchidan maslahat oladi.
Yuqorida bayon qilinganlardan ko’zda tutilgan maqsadlar :
-maktablarning insonparvarlik, umuminsoniylik yo’nalishlarini kuchaytirish.
-o’quvchi shaxsini shakllantirishning eng samarali yo’llarini qidirib topish.
-tarbiyaning yangi formalarida - o’quvchilar kengashi, maktab kengashlaridan, tarbiyaviy o’yinlardan foydalanish.
-Maktab o’quv dasturlarini ixtisoslashtirish, fanlarning o’zaro aloqasini mustahkamlash, takomillashtirish.
-Maktabni mehnat, insoniy faoliyat bilan yaqinlashtirish, kasbga yo’naltirish ishlarini qayta tashkil etish.
-Tabaqalashtirib o’qitishni yo’lga qo’yish, maxsus o’quv muassasalarini (ham talantlar, ham aqliy, jismoniy zaif o’quvchilar uchun) rivojlantirish.
-Yangi, ya’ni o’quv texnik vositalarini ta’limdagi salmog’ini oshirish, o’qituvchilar korpusida komp'yuter ta’limini yo’lga qo’yish.
-Pedagogik g’oyalarni amalga oshirishda keng qamrovli eksperiment — tadqiqotlarni amalga oshirishdan iboratdir.
Chet el ta’limidagi bunday ibratli jihatlarni Vatanimiz ta’lim tizimlarida qo’llash yosh, mustaqil resublikamizda o’quv — tarbiya ishlarini isloh qilish jarayonini tezlashtiradi.
Mutaxassislar fikriga ko’ra, dunyoning eng yaxshi ta’lim tizimi Finlandiyada ekan. Finlandiya Yevropaning rivojlangan mamlakatlaridan biri hisoblanadi.
Xo’sh, dunyoda eng yaxshi hisoblanadigan Finlandiya ta’lim tizimi, boshqalardan nimasi bilan ajralib turadi?
Finlandiyada nufuzli yoki oddiy maktab tushunchasi yo’q. Hamma maktab davlatga tegishli bo’lib, ular bir xil moliyalanadi va bir xil asbob-uskuna va imkoniyatlarga ega;
Kichik sinflarda bolalarga uy vazifasi berilmaydi, imtihon topshirmaydi va ularga baho qo’yilmaydi; 
Fin maktablarida bolalar juda ko’p insho yozadi: mustaqil ishlash bolaga har bir masala haqida o’z fikriga ega bo’lishni va fikrini badiiy tilda izohlashni o’rgatadi;
Bir fanni boshqa fanlar o’rnida chuqurroq o’rganish ma’qullanmaydi. Masalan finlar matematikani san’atdan ko’ra chuqurroq o’rganish kerak, deb hisoblamaydi;
Bir o’quvchini boshqa o’quvchi bilan qiyoslash ta’qiqlangan. Nogiron va qobiliyatli bolalar bir sinfda o’qishadi;
Fin maktablari shiori shunday: Biz bolani yo hayotga tayyorlaymiz, yo – imtihonga. Biz birinchisini tanladik”. Shuning uchun ham fin maktablarida faqat bir marta – o’quvchi 16 yoshga to’lganda imtihon topshiriladi;
Fin maktablarida eng asosiysi - o’quvchini mustaqil hayotga tayyorlash, deb hisoblanadi. Shuning uchun ham ularga mustaqil bilim olishni o’rgatishadi. Bolalar yodlab olingan formulalar o’rniga, spravochnik, kalkulyator va internetdan foydalanishni o’rganadi;
O’qituvchilar bir kunda sinf xonasida 4 soat dars beradi va haftaga 2 soat o’qituvchi malaka oshirishiga sarflanadi;
Finlandiyada "o’qituvchi” kasbi – obro’li kasb hisoblanadi. Oliy ta’lim maskanlarida o’qituvchi bo’lib ishlashga juda katta tanlov mavjud;
Finlandiyada umumiy o’rta ta’lim – bepul. Buning ichiga bepul tushlik, ekskursiya, maktab avtobuslari va kitoblar kiradi. Ota-onalardan pul yig`ish ta’qiqlangan;
Ma’lumki, Finlandiya Yevropa shimolida joylashgan kichik mamlakat. Katta tabiiy boyliklar, savdo imtiyozlari yoki boshqa sezilarli daromad manbaalariga ega emas. XX asr boshlarida Finlandiya Yevropaning eng qashshoq mamlakatlaridan biri bo’lgan. O’sha yillarda minglab finlar AQSh, Angliya, Germaniya va Fransiyaga borib, oddiy ishchi sifatida (mehnat migranti) ishlagan. O’sha vaqtlarda Amerikada uy xizmatchisini "finka” deb atashgan.
Bugungi kunda esa, Finlandiya dunyodagi nufuzli tahliliy markazlar fikriga ko’ra, "Dunyoning eng yaxshi mamlakati”, "Erkaklar va ayollar huquqlari teng mamlakat”, "Dunyoning eng stabil mamlakati”, "Dunyoning eng xavfsiz mamlakati”, "Dunyoning eng qulay mamlakati” degan nomlariga sazovor bo’lgan.
«Amerika — 2000: ta’limni rivojlantirish strategiyasi(1991)» dasturida yetuk shaxsga xos fazilatlar sifatida rostgo‘ylik, maqsadda sobitqadamlik, to‘g‘rilik (ro‘y-rostlik), puxtalik va shaxsiy mas’uliyatga ustuvorlik berildi. Shuningdek, yosh amerikaliklarda jasurlik, fidoyilik, barqarorlik, qat’iylik, tirishqoqlik, hamdardlik, bag‘rikenglik singari 60 ta asosiy fazilat shakllantirilmoqda.
Ta’lim bo‘yicha Milliy komissiya (1993) maktabga: yoshlarda haqiqatparvarlik, boshqalarga hurmat, jamiyat oldida burchga sodiqlik, odamlarga g‘amxo‘rlik, madaniy merosga hurmatni shakllantirish, demokratik erkin jamiyat fuqarolari bo‘lish, bag‘rikenglik fazilatlarini singdirish, axloqan va ma’nan kuchli shaxslar qilib yetishtirish vazifalarini yukladi.
Fransiya Ta’lim vazirligi ko‘rsatmalarida (1985) mas’uliyatli, g‘ururli, o‘zgalarni hurmat qiluvchi, boshqalar bilan hamkorlikka tayyor, irqchilikka qarshi turuvchi, multikulturalizmni qabul qiluvchi, o‘zining Fransiyaga muhabbatini Ozodlik, Tenglik, Qardoshlik g‘oyalari bilan uyg‘un rivojlantirgan demokratik jamiyat kishisi fazilatlariga ega shaxsni tarbiyalash ko‘zda tutilgan.
Fransiyada ta’lim tizimining o’ziga xos xususiyatlari. 

Fransiya jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlaktlar ichida yetakchi 


o’rinni egallaydi. Uning ta’lim tizimlari qadimiy va boy tarixga ega.
Fransiyada ta’limning asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol 
topishini ta’minlash, uni mustahkam faoliyatga tayyorlash, bozor 
munosabatlari sharoitida o’quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka,
omilkorlikka o’rgatish, shunga yarasha kasbga ega qilishdan iborat. 2000 yilda Fransiya maktablaridagi ahvol sinchiklab o’rganilib,
o’quvchilarning ko’pchligi darslarga kirmay, boshqa ishlar bilan mashg’ul
ekanligi aniqlanib, bu kamchlikni tuzatish uchun choralar ko’rilmoqda. Chunki 
aynan darsga kirmay yurgan bolalar o’rtasida giyohvandlik va huquqlarni
buzish kabi holatlar ko’p uchraydi. 
Umuman, Fransiyada ta’lim tizimini rivojlantirish uchun katta mablag’lar ajratiladi. 

4. Germaniyada ta’lim tizimini rivojlanishi. 

Maktabgacha ta’lim tizimi Germaniya ta’lim tizimida ham muhim 
bosqich hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bog’chalari ta’limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat ta’lim tizimi tarkibiga 
kirmaydi. Bog’chalarni mablag’ bilan ta’minlash turli jamoat tashkilotlari, xayriya birlashmalari korxonalar, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota-onalar farzandlari bolalar bog’chalarida tarbiyalanganliklari uchun bog’chaga 
ancha pul to’laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalarning 80% i bog’chalarga qatnamaydi. Germaniyada odatda bolalar bog’chada tushgacha 
tarbiyalanadilar. Kunning ikkinchi yarmida esa uyda, oilada bo’ladi. Germaniyada kuni uzaytirilgan bog’chalar ham mavjud. Germaniya ta’lim tizimida hunar ta’limi muhim ahamiyatga ega, Chunki yuqori malakali ishchilarga bo’lgan talab kuchlidir.


Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish