Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti


Tejamkorlik yaxshi fazilat. Tejamkorlik – koni boylik. Ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik



Download 1,23 Mb.
bet89/159
Sana20.04.2022
Hajmi1,23 Mb.
#564656
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   159
Bog'liq
ТАРБИЯ УМК Fitrat

13. 3.Tejamkorlik yaxshi fazilat. Tejamkorlik – koni boylik. Ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik.
Oiladagi tejamkorlik – bu “xasislik yoki ziqnalik emas, balki, uning mazmunida oila mablag‘ini qattiq nazorat qilish, halol mehnat evaziga kelgan pul va ro‘zg‘or anjom-ashyolari, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklarni qadrlash, asrab-avaylash, iqtisod ilmini chuqur bilish, ehtiyotkorlik, nafsni idora etish, boyvachchalik orqasidan bo‘ladigan manmanlikdan o‘zini tiyish, har bir narsadan unumli foydalana bilish mahoratiga ega bo‘lish demakdir”.Oila iqtisodi haqida so`z yuritadigan bӯlsak jamiyatning barcha qatlamlari iqtisodiy sharoitlarini inobatga olish lozim. Oila iqtisodida daromad ko’payishi oila yashash tarzini o’zgartirmay, balki xarajatlarning ko’payishiga olib keladi. Oilada byujet kamayganda davlat tizimiga o`xshab iztiroriy holatlarda bir miqdor moliy kӯmaklardan foydalanishga imkoni yo`q. Shuning uchun ham oilada xarajatlarni yaxshi rejalashtirishga tӯg‘ri keladi. Oila a’zolari esa bu boradagi shart-sharoitlarini nazarda tutib, ish yuritishlari lozim bӯladi.Xonadon xo‘jaligi yoki boshqacha aytganda oila iqtisodi o‘zida aynan nimalarni qamrab oladi. “Pul, mol, oila ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan narsalar, bu – oila iqtisodi. Oila iqtisodi mehnat bilan topilgan halol mol-mulk hamda tejamkorlik yo‘li bilan yig‘ilgan narsalardan iborat.
Insondan pul, molu dunyo topish bir aql talab etsa, uni sarflay olish o‘n marta ortiq aql talab etadi. Shuning uchun oila iqtisodiga o‘ta mas’uliyat, puxta reja asosida munosabatda bo‘lmoq lozim. Ota-onalar oilalarda ijtimoiy maslalarda, oila a’zolari orasidagi munosabatlarni rejalashtirganlaridek oila budjetini ham durust ravishda rejalashtirishlariga tӯg‘ri keladi. Har bir oila a’zosi chiroyli kiyinish, eng mazzali taomni iste’mol qilish, eng chiroyli uylarda yashashni orzu qiladi. Ammo imkoniyatlar chek ekanligi bor oilani bor sharoitdan durust ravishda foydalanishni talab qiladi. Oila xo‘jaligini oqilona yuritishning muhim sharti – bu oila iqtisodini rejalashtirish hisoblanadi. Har bir oilada uning a’zolar tejamkorlikka alohida e’tibor qaratishlari lozim. Zero, aynan tejamkorlik oila farovonligini yaratishning muhim sharti, o‘ziga xos ma’naviy-axloqiy qadriyat sanaladi.
Shunday qilib, oila shaxsni har tomonlama kamol topishi uchun qulay maskan bo‘lishi bilan birga unda tejamkorlik xislatini tarbiyalash imkoniyatiga ham ega. 
Oila a’zolarida tejamkorlik tushunchalarini shakllantirishda oilaning bu imkoniyatidan unumli foydalanishga e’tibor qaratishi zarur. Bolalarni xaridlarni amalga oshirish, ularni joylashtirish, ovqatlarni tayyorlash va ularni iste’mol qilish, yuvinish, shuningdek, uy-ro‘zg‘or hamda xo‘jalik ishlarini bajarish kabi faoliyatga faol jalb etish ular tosmonidan tejamkorlik tushunchalarini puxta o‘zlashtirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratadi.
Bu yerda gap xarajatni keskin kamaytirish haqida emas, balki pulni ahamiyatga qarab sarflash haqida bormoqda. Xarajatlarni oqilona rejalashtirish ko‘p pul topmasdan ham turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Oila budjetini rejalashtirish shaxsiy mablag‘ni boshqarish va moliya­viy farovonlikka erishishning asoslaridan biridir. Bu nima uchun lozim? Qo‘limizdagi pulning hammasini noo‘rin sarflab yubormaslik, uni o‘z maqsadingizga erishishga yo‘naltirish va moliyaviy erkin bo‘lish hamda tur­mush tarzimizning chiroyli qilish uchun.
Oila iqtisodiga bog‘liq yana bir masala, bu vaqt bӯlib, vaqt joriy muayyan bir zamondir va uni ortga tashlab bo'lmaydi. Insonning barcha ne’matlari tӯg‘risida javobgarlik bo'lganidek sarflagan vaqti tӯg‘risida ham javobgarlik bor. Shuning uchun ham vaqtni sarflash uchun reja tuzib, unga qarab amal qilinsa oila a’zolarini o'z vaqtlaridan eng oliy tarzda foydaanishlariga imkon beradi.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish