Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti



Download 1,23 Mb.
bet85/159
Sana20.04.2022
Hajmi1,23 Mb.
#564656
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   159
Bog'liq
ТАРБИЯ УМК Fitrat

Muhammad Rizo Ogahiy ijodiy faoliyatining tarbiyaviy qarashlarida nafosat tarbiyasi yuqori baholanadi. Ogahiy milliy an’analarimizni, hamdo’stlikni go’zal fazilatlardan biri deb hisoblaydi. Mehmonga chuqur hurmat bilan qarash mehmon kutish odobi Ogahiy ijodida o’z ifodasini topdi, odamlarni bu fazilatni egallashga da’vat etdi. Ogahiyning ta’kidlashicha, insonga do’st va dushmanni ajratib olish hayotda o’z-o’zini topib olishda g’oyatda muhimdir. Uning fikricha, to’g’riso’z kishilar hayotida qiyinchilik bilan yashasalar-da dunyoning mavjudligini saqlab turadilar, mangu yashaydilar. Ogahiy ta’lim-tarbiya ilmlarini egallash va tilni bilish ham muhim ahamiyatga molik masala ekanligini ta’kidlaydi. Muhammad Rizo Ogahiy o’z ijodiy faoliyatida binobarin yoshlarni odamlarni xalq, vatan, jamiyat farovonligi yo’lida xizmat qilishga da’vat etadi. U do’stlikni, mehmondo’stlikni, axloqiy go’zallkini ulug’laydi. Insonlarni ziyraklikka to’g’ri so’zli bo’lishga chorlaydi. Ogahiyning bu fikrlari hozir ham pedagogik qadriyat sifatida qimmatlidir.
Berdimurod Berdaq Qoraqalpog’iston xalq shoiri butun ijodi davomida xalqlar tengligi, insonparvarlik, vatanparvarlik, adolat haqidagi g’oyalarni olg’a suradi. Berdaq insonning shaxsiy baxti xalq baxti bilan bog’liq deb biladi. Uning ta’kidlashicha, har bir odam baxtga erishishishi uchun o’z shaxsiy mafaatini xalq manfaati bilan birlashtirishi, xalq baxti uchun kerak bo’lsa jonni ham ayamasligi kerak. Berdaqning fikricha, inson oily axloqiy sifatlariga, chunonchi, beg’arazlik, oliyjanoblik, vijdonlilik, mehnatsevarlik, mardlik fazilatlariga ega bo’lishi lozim. Berdaq yoshlarning aqliy tarbiyasida maktabning mavqei katta ekanligini ta’kidlaydi. Maktab bolani yaxshi xulq-atvorli qilib tarbiyalash lozim, deb hisoblaydi. Uning fikricha, maktabda dars beruvchi muallim o’z xushmuomalaligi, pok qalbligi haqgo’yligi, o’z fanini yaxshi va puxta bilishi bilan bolalarga o’rnak bo’lishi kerak. Berdaq oilaning bola tarbiyasida muhim o’rin tutishini alohida ta’kidlaydi, oila muhitida ota-onalar bilan bolalar o’rtasida o’zaro hurmat bo’lgandagina tarbiyada yaxshi natijaga erishish mumkinligini aytadi. Berdaqning uqtirishicha, inson tug’ilgan kunidanoq tarbiyaga muhtoj, uning ilk tarbiyachilari albatta ota-oanalrdir. Berdaqning fikricha, barcha odamlar insonparvar va adolatli bo’lsa, jamiyat gullab-yashnaydi. Buning uchun esa xalqqa ta’lim berish, unda ijobiy xulq-atvorni tarbiyalash lozim. Markaziy Osiyo xalqlari ilm-fani va madaniyatini jahon miqiyosida olib chiqqan Markaziy Osiyodagi pedagogik fikr taraqqiyotiga munosib hissa qo’shgan ulug’ siymolardan biri Mirzo Ulug’bek. U avvalo yosh avlodning aqliy va ma’rifiy tarbiyasiga katta ahamiyat berib, ularni dunyoviy bilimlarni egallashga da’vat etadi, faqat rivojlangan fan va madaniyat inson tafakkurining kamol topishini ta’minlashga ishonadi. Allomaning uqtirishicha, bolaning bilim olishga bo’lgan qiziqish havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o’rinni egallaydi. Oilada ota-onalar, ayniqsa, o’qimishli ota-onalar o’z farzandlarining haqiqiy inson bo’lib kamol topishga alohida e’tibor berishlari lozim. Ulug’bek o’z tarbiyaviy qarashlarida bolalarning jismonan sog’lom, harbiy hunarni puxta egallagan, jasur, mard bo’lib yetishuviga alohida ahamiyat beradi. Ulug’bekning fikricha, odam sog’lom va baquvvat bo’lishi uchun yoshlik chog’idanoq jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishi, ta’lim-tarbiyada poraxo’rlik, qalloblik bo’lmasligi uchun mudarrislar odil va halol bo’lishi kerak.
Buyuk shoir va olim fors-tojik mumtoz adabiyotining ulug’ namoyondasi Nuriddin Abdurahmon Jomiy o’zidan keyin turli fan, adabiyot, jumladan, tarbiyaga doir o’lmas meros qoldiradi. U o’z asarlarida, ayniqsa, nasriy yo’lda yozilgan “Bahoriston” asarida ta’lim-tarbiya masalalari xususida fikr bildiradi. Jomiy o’z asarlarida yoshlarn ilm egallashga da’vat etdi. U o’z tarbiyaviy qarashlarida kishilarni adolat, xushmuomalalik va dono so’ z bilan zulmkorlarga ta’sir etishga da’vat etadi.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim-tarbiya jarayonida o’tmish merosimiz sharq allomalarining bebaho asarlaridan to’g’ri foydalana olish, nafaqat milliy qadriyatlarimiz va ma’naviyatimizni yuksaltiradi, balki komil inson shaxsini shakllantirishda ham muhim hissa qo’shadi. Chunki inson hayoti davomida qadrlanib, rivojlantirilib kelayotgan nazariy va amaliy sayqal topgan yaxshilik, adolat, do’stlik, tinchlik, tenglik, erkinlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, ota-ona, keksalarga hurmat, iymon, e’tiqod, ustoz va shogird va boshqa umuminsoniy fazilatlar keyinchalik milliy qadriyatlarning asosiy tarkibiy qismlariga aylanib qolgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Ko’zlagan marralarimiz qanchalik yuksak va mashaqqatli bo’lmasin, ularga yetish uchun barcha imkoniyatlarimiz mavjud. Ajdodlarimiz merosi, xalqimizning ilmiy va bunyodkorlik salohiyati hamda tadbirkorlik fazilat bizga bu joyda beqiyos kuch-qudrat manbai bo’lib xizmat qiladi”. (“Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari “ T< Yoshlar matbuot uyi, 2019, 16-bet.)

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish