“Qur’oni karim”da oila ahliga e’tiborning qanchalik zarurligini Alloh taolo shunday bayon qiladi:
“Ey mo‘minlar, sizlar o‘zlaringizni va ahli-oilalaringizni o‘tini odamlar va toshlar bo‘lgan do‘zaxdan saqlangizki, u (do‘zax) ustida qattiq dil va qattiqqo‘l, Alloh o‘zlariga buyurgan narsaga itoatsizlik qilmaydigan, faqat o‘zlariga buyurilgan narsani qiladigan farishtalar turur” (Tahrim, 6-oyat)
Har qanday tarbiya, xususan nasihat oilada boshlanadi. Tarbiyaning bosh maqsadi – bir-biriga mehr-oqibatli insonlarni voyaga yetkazishdir. Ota va onalar yana unutmasinlarki, bugun farzandlari tarbiyasiga e’tibor bermagan kishi oradan yillar o‘tgach, uysiz, oilasiz qoladi.
Bu xususda Alloh taolo Tahrim surasida “Ey mo‘minlar, sizlar o‘zlaringizni va ahli oilalaringizni do‘zaxdan saqlangiz”,- deb ogohlantiradi.
Tarbiyaning ikki asosi bor: fazilatni qo‘riqlaydigan go‘zal axloq va yaramas yo‘ldan, yomon ahvolga tushishdan saqlaydigan hushyorlik. Ota farzandini dunyo olovidan qanchalik himoya qilsa, oxirat olovidan undan-da ko‘proq himoya qilmog‘i kerak. Odobu tarbiya vositasida yaxshi xulqlarni o‘rgatish, yomonliklardan qaytarish, to‘kin-sochinlikka odatlantirmaslik, ziynatga muhabbat uyg‘otmaslik bilan ota farzandini oxirat olovidan asraydi.
Farzand tarbiyasi qanchalik erta boshlansa, tarbiya natijasi shunchalik samarali bo‘ladi. Chunki erta yoshda ularni yaxshilik tomon burish osonlik bilan kechadi. Tarbiyasizlikdan vujudga kelgan yomon xulq va odatlarni keyinchalik qayta tarbiyalash yo‘li bilan tuzatish mumkin. Ammo buning uchun ko‘p mehnat sarf qilishga to‘g‘ri keladi.
Farzandlarning kelajakda go‘zal axloqli va chiroyli tarbiyali bo‘lishida ota-ona farzandi haqiga qiladigan xayrli duolarning o‘rni beqiyosdir. Chunki duo ibodat maqomida. Alloh taolo har bir ishda O‘zidan yordam so‘rashimizni yaxshi ko‘radi. Bundan tashqari, ota-onaning farzandi haqiga qilgan duosi mustajobdir. Abu Hurayradan (roziyallohu anhu) rivoyat qilingan hadisi sharifda Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam):
“Uch kishining duosi qabuldir: otaning farzandiga qilgan duosi, mazlumning duosi va musofirning duosi”, deganlar. Ota-ona bunday ne’mat va imkoniyatdan unumli foydalanishi va farzandlarining kelajakda solih va tarbiyali inson bo‘lib kamol topishini Allohdan so‘rashi lozim. Hatto payg‘ambarlar ham yaxshi farzand so‘rab duo qilishgan. Jumladan, Ibrohim surasining 35-oyatida bunday deyiladi:
«(Ey Muhammad!) Eslang, Ibrohim aytgan edi: “Ey Rabbim! Bu shaharni (ya’ni, Makkani) tinch qilgin, meni va avlodlarimni sanamlarga sig‘inishdan yiroqqilgin!”»
Yana Oli Imron surasining 38-oyatida bunday deyiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |