Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti


Tarbiya fanining bоshqа fanlаr bilan o’zaro bоg’liqligi. Tarbiya fanining jаmiyat vа оlаmni rivojlantirishdagi o’rni



Download 1,23 Mb.
bet12/159
Sana20.04.2022
Hajmi1,23 Mb.
#564656
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   159
Bog'liq
ТАРБИЯ УМК Fitrat

1.2.Tarbiya fanining bоshqа fanlаr bilan o’zaro bоg’liqligi. Tarbiya fanining jаmiyat vа оlаmni rivojlantirishdagi o’rni.


Тarbiya fani insonda jahon tajribalarida sinalgan tizim bo’lgan bozor munosabatlarini shakllantirish, milliy meros, аn’analar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning boy manbalari bo’lgan ma’naviy-ma’rifiy tushunchalar hаqida bilim, malaka hosil qilishda boshqa fanlar qаtori o’z o’rniga ega.


Inson va uni shakllantirishga doir fan sifatida tarbiya falsafa, etika, estetika, madaniyatshunoslik, psixologiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, demografiya, tarix, adabiyot, tibbiyot, mat. va boshqa fanlar bilan uzviy bogʻliq. Tarbiyada va amaliyoti taraqqiyotida bu fanlarning nazariy asoslari, tadqiqot metodlari, ilmiy xulosalarni aniqlash, tahlil qilish hamda umumlashtirish usullaridan foydalaniladi.
Tarbiya birinchi navbatda falsafa bilan mushtarak rivojlanadi. Chunki falsafadan ajralib chiqqan pedagogika insoniy jamiyat va tabiat rivojlanishining umumiy qonunlaridan ilmiy manba sifatida foydalanadi.
Bugungi kunda bir qator umumiy masalalar ishlab chiqilganki, u masalalar falsafada ham, tarbiyada ham barobar mavjud. Bular jumlasiga, tarbiya bilan boshqa ijtimoiy hodisalar orasidagi o‘zaro aloqalar: dunyoqarashni, axloqiy, mehnat va estetik tarbiyani shakllantirish masalalari; shaxs va jamoa munosabatlari; ta’lim jarayonining mohiyatini tushunish hamda bilishning dialektik nazariyasini ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan geneseologik masalalar va boshqa muammolar kiradi. Tarbiyaning aniq masalalarini ishlab chiqishda falsafaning sotsiologiya, etika (axloq-odob), estetika kabi tarmoqlari katta ahamiyatga egadir.
Tarbiya ijtimoiy fanlardan: tarix, ma’naviyat asoslari, milliy g‘oya va asosiy tushunchalar, pedagogika, iqtisodiyot, psixologiya va fiziologiyalar bilan ham bevosita yoki bilvosita bog‘liqdir. Insonning aqliy rivojlanishi qirralarini, jihatlarini boshqa fanlardan farqli o‘laroq, tarbiya o‘rganadi, uning taraqqiyot bosqichlari bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunda tarbiya ko’p tarmoqli fan hisoblanadi. Jumladan, axloqiy tarbiya, jismoniy tarbiya, aqliy tarbiya, estetik tarbiya, siyosiy tarbiya, huquqiy tarbiya, mehnat tarbiyasi, ma’naviy tarbiya, g’oyaviy tarbiya kiradi. Pedgogiaka fani inson tarbiyasi bilan shug‘ullanganligi sababli unga tarbiya fani ko‘maklashishi tabiiydir. Tarbiya psixologiya, huquq va tibbiyot fanlaridagi qonun-qoidalarga bevosita bog‘lanadi. Tarbiya ilmiy tadqiqot metodlarni takomillashtirishda mtematika, fizika, EHM kasb fanlar bilan bog‘liq.
Mustaqil O‘zbekistonda milliy Tarbiya fani bevosita iqtisod fani bilan bog‘lanib, bozor iqtisodiyotiga o‘tish muamolarini, iqtisodiy tarbiya masalalarini uzviylik bilan amalga oshiradi. Tarbiya fanida bu ulug‘vor vazifa har bir o‘quv fanini o‘qitishda “milliy ta’lim modeli”dan kelib chiqib, har bir mavzu, tushunchalarning ta’limiy, tarbiyaviy rivojlantiruvchi funksiyalari asoslab beriladi.
Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Mutafakkir olim Abu Nosir Forobiy ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.
Jamiyat taraqqiyotida muhim o’rin egallagan insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu hatti-harakatni sekin-asta ko’nikmaga aylantirib borish lozim. Mehnat insonning mushohada qilishi qobiliyatni tarbiyalaydi va aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta-sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchilardan uzoq davom etadigan mas’uliyat, sharafli mehnat va qunt, iroda talab etiladi. Bunda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatini e’tiborga olishi zarur.
Tarbiyada ma’naviy va insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va munosabat muhim o’rin egallaydi. Bolalarni taqlidchanlik xususiyati mavjudligi tufayli ularni tarbiyalashda ota-onaning ongi, ma’naviyati, bilimi, tarbiyalanganligi muhim ahamiyatga egadir.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish