Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti



Download 1,23 Mb.
bet8/159
Sana20.04.2022
Hajmi1,23 Mb.
#564656
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   159
Bog'liq
ТАРБИЯ УМК Fitrat

Estetik tarbiya.
Estetika lotincha «estezio – go‘zallikni his etaman» ma’nosini bildiradi. Aqliy, axloqiy, jismoniy va mehnat tarbiyasini estetikasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Estetik tarbiyaning maqsadi va vazifasi bolani tabiat va jamiyatdagi go‘zallikni idrok qilish, uni to‘g‘ri tushunish va fahmlash, qadriga yetishga, shu asnoda o‘z shaxsiy hayotining go‘zal tomonini ko‘ra bilishga, go‘zal bo‘lishi uchun kurashishga o‘rgatishdan iboratdir. Estetik tarbiya axloqiy qiyofa, ijobiy xulq -atvor normalarini tarkib toptirishga, ularning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Musiqa, rasm, ashula darslari, adabiyot va boshqa fanlar estetik tarbiyaning vositasi hisoblanadi. Estetik tarbiya bola tug‘ilganidan boshlab umrining oxirigacha unga yo‘ldoshdir. Shu sababli, u nafaqat maktabda, balki sinfdan va maktabdan tashqari uyushtiriladigan tadbirlarda, turli xildagi anjumanlarda o‘z ta’sir kuchini namoyon qiluvchi, yosh avlodga go‘zallikni, nafosatni tushuntiruvchi, tarbiyalovchi vositadir. Dono xalqimiz «Oq bo‘lmasa bo‘lmasin, pok bo‘lsin», «Pokliging – sog‘liging», «Sog‘ yuray desang, ozoda bo‘l», «Sog‘ligim-boyligim», «Yaxshi libos tanga oroyish» kabi maqol va matallari bilan yoshlarimizni tabiat va jamiyat go‘zalliklarini ko‘ra bilishga, ularni qadrlashga o‘rgatib kelishgan. Estetik tarbiya faqat narsa va hodisalarning mohiyatini bilish, go‘zal tomonlarini ko‘ra bilishnigina emas, balki botiniy go‘zallikni his qilishni ham tarbiyalaydi. Insondagi xulqiy go‘zallikning qadriga yetishga undaydi. Insoniy go‘zallik aql, burch, iymon, insof, kamtarlik, latofat, lafz, mehmondo‘stlik, mehr, muloyimlik, poklik, yaxshilik va hokazo sifatlarda o‘zini namoyon qiladi. Mir Alisher Navoiy o‘zining «Farhod va Shirin» dostonida Shirinni zohiriy va botiniy go‘zallik sohibasi sifatida tasvirlaydi. Bilamizki, uning bu darajaga yetishuvida xolasi Mehinbonuning tarbiyaviy ta’siri katta bo‘lgan. Natijada Shirin mamlakat obodonchiligi, kanal qazish, suv chiqarish kabi ishlarda ishtirok etadi va o‘sha xayrli ishlarga bosh bo‘ladi. Shirinning latofatliligi shunda ediki, u molu davlatga uchmagan. Aksincha inson bo‘lish va chin insonni sevishni baxt deb bilgan. Shirin eng og‘ir damlarda ham Farhodga vafodor, sadoqatli, irodali yor bo‘lishi bilan birga tadbirli murabbiya, odil va donishmand davlat arbobi, komila, oqila va fazilatli, latofatli qiz edi. Shirinning bu fazilati minglab qizlarga o‘rnak bo‘lib keldi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qolajak.
Ahmad Donish o‘z farzandlariga nasihat qilib, «Suratlaringni emas, g‘ayratlaringizni tuzatinglar» degan edi. Insonning tashqi tomoni har qancha go‘zal va chiroyli bo‘lmasin, uning axloqi buzuq bo‘lsa, u el e’tiborini qozona olmaydi. Demak, estetik tarbiya insonning go‘zal sifatlarini targ‘ib etishga, tabiat va jamiyatning nafis jihatlarini tushuntirishga xizmat qiladi.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish