Glossariy:
Didaktika
– (yunoncha didaktikos ―o‘rgatuvchi‖, didasko esa – ―o‘rganuvchi‖) -
pedagogik fan bo‘lib, u ta‘limning nazariy jihatlari (ta‘lim jarayonining mohiyati,
tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatlari, ta‘lim maqsadi, shakl,
metod va vositalari, natijasi va hokazolar)ni o‘rganadi.
Bilim
– tizimlashtirilgan ilmiy ma‘lumotlar majmui bo‘lib, ular o‘quvchining ongida
borliq tushunchalari, sxemalar, ma‘lum obrazlar ko‘rinishida aks etadi.
Bilim olish
– idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va egallangan tajriba asosida xulq va
faoliyatda yangi shakllarning yuzaga kelishi, mavjud bilimarining o‘zgarab,
takomillashib, boyib borish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |