Termiz davlat universiteti "umumiy pedagogika" kafedrasi umumiy pedagogika fanidan



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/215
Sana09.07.2022
Hajmi2,83 Mb.
#767263
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   215
Bog'liq
umumiy pedagogika

 
 
Jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida o‗quvchilarni gigiena 
qoidalari bilan tanishtirish, ularga so‗zsiz amal qilish ko‗nikmalariga ega 
bo‗lishlariga erishish muhimdir. Buyuk pedagog Abdulla avloniy o‗zining 
«Turkiy guliston yohud axloq» asarida bu borada quyidagilarni ta'kidlagan edi: 
«Nazofat (gigiena) deb a'zolarimizni, kiyimlarimizni, asboblarimizni pok va toza 
tutmoqni aytilur. Poklik zehn va idrokingni keng va o‗tkir qilur. Xalq orasida 
e'tibor va shuhratga sabab bo‗lur. Poklik ila har xil kasalliklardan qutulib, 
jonimizning qadrin bilan bo‗lurmiz. Pok bo‗lmak salomatimiz, saodatimiz uchun 
eng kerakli narsadur. Yirtiq eski kiyimlar kiymoq ayb emas, yangi kiyimlarni kir 
qilib, yog‗ini chiqarib yurmak zo‗r ayb va gunohdur. ... Ifloslik balosidan poklik 
davosi ila qutulmoq kerak». Demak, inson jismonan baquvvat va aqlan ziyrak 
bo‗lishni istasa, u birinchi navbatda poklikka katta ahamiyat berishi lozim. Ayni 
paytda poklik tarbiyasi ustuvor bo‗lgan insonlarda kishiga yaxshi yashash uchun 
zarur bo‗lgan barcha fazilatlarda tarkib topadi hamda axloqqa zid bo‗lgan 
nuqsonlar yo‗qoladi. 
Jismoniy tarbiya bolalarga faqat oilada yoki ta'lim muassasalarida 
ta'limni tashkil etish jarayonidagina emas, balki sinfdan hamda maktabdan 
tashqari o‗tkaziladigan mashg‗ulotlar, turli musobaqalar, tadbirlar chog‗ida ham 
samarali tashkil etib borilishi maqsadga muvofiq. «Sog‗lom tanda sog‗ aql» 
degan maqolda jismoniy tarbiyaga oid ma'no lo‗nda qilib ifoda etilgan. Jismoniy 
tarbiyani bugungi kun talablariga muvofiq yuqori darajaga ko‗tarish o‗quvchilar 
o‗rtasida salbiy holatlar - ka–andalik va alkogolizmning keng tarqalishi oldini 
oladi. 
4.Oila tarbiya asoslari. 
Oila haqida tushuncha. 
Oila
– 
kishilarning nikoh yoki qon-
qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas'uliyat hamda o‗zaro 
yordamga asoslanuvchi kichik guruhi. «Jamiyat» va «oila» tushunchalari bir-biri 
bilan chambarchas bog‗liq. Bu bog‗liqlik jamiyatning oilalarsiz mavjud 
bo‗lmasligi hamda o‗z navbatida oilaning ma'lum bir jamiyat tarkibida vujudga 
kelishi va yashovchanligida ko‗rinadi. Oila hamda jamiyat o‗rtasidagi ijtimoiy 
munosabatlar ikki tomonlama aloqadorlik xususiyatiga ega. Har bir oila 
umumjamiyat talablari asosida faoliyat yuritadi. Jamiyat taraqqiyotining rivoji 
esa uning bag‗rida mavjud bo‗lgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy 
qiyofasining shakllanganlik darajasiga bevosita bog‗liqdir. Chunonchi, ijtimoiy 
borliqning oilalar zimmasiga qo‗yadigan talablari ularning manfaatlariga zid 
bo‗lmasa, aksincha, oilalar farovonligi, tinchligini ta'minlashga yordam bersa, 


oilalar tomonidan ijtimoiy talablarning qo‗llab-quvvatlanishi, ularning amaldagi 
ijrosini ta'minlash ko‗rsatkichi shuncha yuqori bo‗ladi. 
Ilmiy-pedagogik, psixologik, fiziologik hamda falsafiy asarlarning tahlili 
shuni ko‗rsatdiki, oila bola uchun eng asosiy tarbiya muhiti bo‗lib, bu muhitda 
shaxs kamoloti uchun muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, xarakter va 
dunyoqarash shakllanadi. Bola oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma'naviy 
qiyofasini ko‗radi, jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoa 
orasida, oilaviy munosabatlarni tashkil etish jarayonida anglaydi.

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish