O„QUVChILAR JAMOASI-YaGONA PeDAGOGIK JARAYoNNING
ASOSIY ShAKLI.
Reja:
1
.
Mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish ta'lim va kadrlar
tayyorlash milliy modelining asosiy maqsadi.
2.
Shaxsning jamoada qaror topishi.
3. Jamoa haqida tushuncha.
4.Bolalar jamoasining shakllanish bosqichlari
1.Mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish ta'lim va kadrlar
tayyorlash milliy modelining asosiy maqsadi.
Ijtimoiy munosabatlar
ko‗lamining kengayishi o‗sib kelayotgan avlodni o‗ta murakkab xususiyatga ega
munosabatlar jarayoniga har tomonlama yetuk etib tayyorlash vazifasini
qo‗ymoqda. Psixologik, intellektual va fiziologik jihatdan yetuk inson hayotiy
qarama-qarshilik, xususan, turli buzg‗unchi g‗oyalar ta'siriga tushib qolish,
nosog‗lom turmush kechirish va noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etishdan
o‗zini saqlab qola oladi. Shuningdek, shaxsning aqliy salohiyatga egaligi
jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlovchi asosiy omildir. O‗zbekiston
Respublikasida, demokratik va huquqiy jamiyat barpo etilayotgan mavjud
sharoitda yosh avlodning mustaqil va erkin fikrlay olishi ro‗y berayotgan
voqyea-hodisalarga shaxsiy munosabtini bildirishga imkon beradi. Ijtimoiy
borliqda kechayotgan o‗zgarishlarga nisbatan shaxsiy nuqtai nazarning
shakllanishi shaxs faolligini ko‗rsatuvchi muhim jihatlardan biridir. qolaversa,
mustaqil fikr egasi bo‗lgan shaxs o‗z imkoniyatlari, qobiliyatini erkin namoyon
eta oladi. Muvaffaqiyatli ravishda olib borilayotgan ta'limiy islohotlarning ham
asosiy maqsadi erkin, mustaqil fikriga ega barkamol shaxs va malakali
mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. Bu xususida O‗zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni e'tirof etadi: «Amalga
oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi har bir fuqaroning shaxs sifatida
shakllanishi uchun, o‗z qobiliyatini, o‗z talantini ishga solib hayotini yanada
yaxshilashi, ma'nan boyitishi uchun barcha imkoniyatni yaratib berishdan
iboratdir»
80
.
Komil insonni shakllanirish masalasi barcha davrda, ham muhim
ijtimoiy vazifa sifatida kun tartibiga qo‗yilgan. Xususan, zardushtiylik dinida
komillikning asosi ezgu fikr, ezgu so‗z va ezgu amal (harakat)dan iborat
ekanligi ta'kidlansa, islom ta'limoti g‗oyalariga ko‗ra yetuklikning bosh mezoni
– ilmlilik, bilimli bo‗lishdir.
Sharq mutafakkirlarining asarlarida ham komil inson qiyofasining
yoritilishiga alohida ahamiyat berilgan. Xususan, Abu Nasr Forobiy komil
insonni shakllantirish va fozil jamoa (yetuk jamiyat)ni shakllantirish tarbiyaning
bir butun, yaxlit ikki yo‗nalishi ekanligiga urg‗u beradi. Allomaning fikricha,
fozil jamiyat komil inson sa'yi-harakati bilan barpo etilishi mumkin. Shu bois
mamlakatni boshqaruvchi shaxs o‗zida eng oliy insoniy fazilatlarni mujassam
eta olishi zarur, deb hisoblaydi. «Aql to‗g‗risidagi» risolasida Abu Nasr Forobiy
rahbar shaxs qiyofasida namoyon bo‗lishi lozim bo‗lgan o‗n ikki fazilatni
keltirib o‗tadi. Bizning fikrimizcha, mazkur fazilatlar har bir zamonaviy shaxsda
o‗z aksini topa olishi kerak, zero, ular inson hayotini mo‗tadil kechishi hamda
muayyan kasbiy faoliyatlarni tashkil etishda muvaffaqiyatlarga erishishni
kafolatlaydi.
Abu Rayhon Beruniy ham komillikning asosini ilmli bo‗lishda deb
hisoblaydi va barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikdir, deya urg‗u beradi.
Allomaning fikricha, axloqiylik, to‗g‗rilik, odillik, tadbirkorlik, o‗zini vazmin
tutish, kamtarlik, insof, ehtiyotkorlik, shuningdek, aadolatli va vijdonli bo‗lish
komil inson qiyofasida aks etishi zarur bo‗lgan eng asosiy sifatlardir.
Abu Ali ibn Sino ham kamolotga erishishning birinchi mezon sifatida
bilimli bo‗lishni alohida qayd etadi. Bilimli insonning adolatli bo‗lishi esa uning
yanada yuksalishini ta'minlaydi, deya baholab alloma, adolatni ruhiy lazzat
(ruhiy xotirjamlik)ning muhim ko‗rsatkichi ekanligini uqtiradi.
1
1
Каримов И.А. Бунѐдкорлик йылидан. – Тошкент, Ызбекистон, 1996. – 116-бет.
Alisher Navoiy asarlarida komil inson muammosi markaziy o‗rinni
egallaydi va o‗z orzusidagi komil inson shaxsini asarlarining qahramonlari
timsolida gavdalantirishga urinadi. Mutafakkir qarashlarida komil inson
quyidagi sifatlarga ega bo‗lishi borasidagi g‗oya ilgari suriladi: aqlli, axloqli,
bilimli, ijodkor, qobiliyatli, dono, kamtar, insonparvar, saxovatli, sabr-qanoatli,
adolatli, muruvvatli, sog‗lom, jismonan baquvvat, mard va jasur
81
.
Abdulla Avloniy komil insonni tarbiyalash borasidagi qarashlari bilan
Sharq mutafakkirlarining fikrlarini boyitar ekan, komil inson qiyofasida, yana
shuningdek, vatanparvarlik, hamda intizomlilik sifatlari ham namoyon bo‗lishi
kerak, deb hisoblaydi. Alloma millat taqdirining jonkuyari sifatida milliy til
taraqqiyoti jamiyat ma'naviy rivojini ta'minlovchi asosiy omil, deya baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |