Termiz davlat universiteti "umumiy pedagogika" kafedrasi umumiy pedagogika fanidan


O„quvchilarning bilim, ko„nikma va malakalarini baholash



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/215
Sana09.07.2022
Hajmi2,83 Mb.
#767263
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   215
Bog'liq
umumiy pedagogika

5.O„quvchilarning bilim, ko„nikma va malakalarini baholash 
mezonlari
. O‗quvchilarning bilim, ko‗nikma va malakalarini baholash 
mezonlari hamma vaqt bahstalab mavzu bo‗lib kelgan. Shu bois u turli 
adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud qarashlarni umumlashtirib aytish 
mumkinki, o‗quvchilarning bilim, ko‗nikma va malakalarini baholash mezonlari 
har bir fanning maqsad va vazifalari, shuningdek, sinf (guruh)dagi 
o‗quvchilarning o‗zlashtirish darajasiga tayangan holda belgilanadi. 
Shuningdek, baholash mezonlarini ishlab chiqishda o‗quvchilarning og‗zaki 
javob berishlari, ko‗nikma va malakalariga alohida-alohida yondashiladi. 
Masalan, ximiya darsidan baholash mezonlariga o‗quvchilarning og‗zaki 
javoblari, amaliy topshiriqlarni bajara olishlari va amalda mavjud bilimlarini 
namoyish eta olishlari inobatga olinadi. Buni «4» baho misolida aniqlashtiramiz: 
og‗zaki javob berish jarayonida «4» baho qo‗yiladi, quyidagi holatlar namoyon 
bo‗lsa: 
1)
o‗rganilayotgan mavzu yuzasidan to‗g‗ri javoblar berilsa; 
2)
material mantiqiy ketma-ketlikda aniq bayon etilsa; 
3)
o‗qituvchi talabi bilan tuzatilgan ikki-uchta unchalik ahamiyatga ega 
bo‗lmagan xatolar yo‗l qo‗yilsa yoki to‗liq bo‗lmagan javob aytilsa. 
Yozma topshiriqni bajarishda «4» baho qo‗yiladi, quyidagi holatlar 
namoyon bo‗lsa: 
1)
masalani yechishda va izohlashda muhim xato bo‗lmasa; 
2)
topshiriqni bajarish va izohlashda muhim ahamiyatga ega bo‗lmagan 
bir-ikki xatoga yo‗l qo‗yilsa yoki bitta izohning mohiyati ochib berilmagan 
bo‗lsa. 
Amalda bilimlarni namoyish etishda «4» baho qo‗yiladi, quyidagi 
holatlar namoyon bo‗lsa:
1)
ishni to‗liq, muhim xatolarsiz bajarsa, biroq natija chiqara olmasa; 
2)
ishni bajarishda, tajribani tugallashda ikki-uch muhim bo‗lmagan 
xatolarga yo‗l qo‗yilsa. 
Bildirilgan fikrlarga tayangan holda shunday xulosa chiqarish mumkin: 
o‗quvchilarning bilimlari uchun besh balli tizimda baholar quyidagi holatlarda 
qo‗yiladi: 
1.
«5» baho: a) o‗quvchi materialni to‗liq o‗zlashtirib olgan bo‗lsa; b) 
o‗rganilgan mavzu bo‗yicha asosiy ma'lumotlarning mohiyatini ochib bera olsa; 
v) egallangan bilimlarni amalda qo‗llay olsa; g) o‗rganilgan mavzuni bayon 
qilishda, o‗zma ishlarda xatolarga qo‗l qo‗ymasdan, ma'lumotlarni tushuntirib 
bera olsa qo‗yiladi. 
2.
«4» baho: a) o‗quvchi o‗rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa; b) 
o‗qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egallangan 
bilimlarni amaliyotda qo‗llay olsa; g) og‗zaki javob berishda jiddiy xatolarga 
yo‗l qo‗ymasdan, o‗qituvchining qo‗shimcha savollari bilan xatolarini to‗g‗rilay 
olsa hamda yozma ishda uncha jiddiy bo‗lmagan xatoga yo‗l qo‗ysa; 


3.
«3» baho: a) o‗quvchi o‗rganilgan mavzuni o‗zlashtirgan, lekin 
mustaqil tushuntirish berishda o‗qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga 
ehtiyoj sezsa; b) savollarning mantiqiy tuzuilishini o‗zgartirib berganda, javob 
berishga qiynalsa; v) yozma ishda xatolari bor bo‗lsa. 
4.
«2» baho: o‗quvchi o‗rganilgan mavzu haqida tushunchaga ega, biroq 
mavzuni o‗zlashtirmagan, yozma ishda qo‗pol xatolarga yo‗l qo‗ysa.

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish