60-amaliy mashg’ulot
IZOFALI OLD KO‘MAKCHILAR
Reja:
Fors tilida izofali old qo‘shimchalar
Qanday so’zlar izofali old qo‘shimchalar sifatida qo‘llaniladi.
Izafali old qo‘shimchalar qanday ma’nolarda qo‘llaniladi.
Izofali old ko‘makchilar
Izofali old ko‘makchilar asosiy old ko‘makchilardan farq qiladi. Ular doimo izofa olgan holda ishlatilganligi uchun izofali old ko‘makchilar deyiladi.
Izofali old ko‘makchilar ham yo‘nalish, o‘rin ma’nolarini ifodalaydi, Bu ma’nolar ularning leksik ma’nosidan anglashiladi.
Izofali old ko‘makchilar o‘zi mustaqil ma’noga ega bo‘lgan ot, ravishlar asosida yasaladi. Bunday so‘zlar izofali old ko‘makchilarvazifasida kelganda qisman bo‘sa-da, o‘zining mustaqil ma’nosini saqlaydi. Ular quyidagilar:
1.رویruye-ustida, yuzida, ustiga, yuzugama’nolarini ifodalaydi. رو ru-yuz, bet so‘zi asosida yasaladi.
روی دیوارسمت راست، نقشۀ ایران آویزان است. ruye divore samte rost naqsheye Iron ovizon ast- o‘ng tarafdagi divorda Eron xaritasi osig‘liqdir.
روی تو مثل ماه است ruye to‘mesle mohast- sening yuzing oy kabidir
Ikkinchi misolda روru so‘zi o‘z mustaqil ot ma’nosida kelgan.
2.پیش pishe-oldida, oldiga ma’nolarini ifodalaydi. پیش pish – old so‘zi asosida yasalgan.
ما فردا پیش شما می اییم. mo fardo pishe sho‘mo mioyim- biz ertaga sizning oldingizga kelamiz.
بچۀ من پیش کی است؟ bacheye man pishe ki ast?- mening bolam kimning oldida?
پیش pish so‘zi oldin, ilgari ma’nolarini ham ifodalaydi va unda izofasiz o‘qiladi.
دو سال پیش. do‘ sol pish- ikki yil oldin.
یک هفته پیش . yek hafte pish- bir hafta oldin.
3.پهلویpahluye-yonida, yoniga ma’nolarini ifodalaydi. پهلوpahlu-yon so‘zi asosida yasalgan.
قلم من پهلوی شما استqalame man pahluye sho‘mo ast?- mening ruchkam sizdami?
پهلوی این عمارت یک مغازه می سازندpahluye in emorat yek mag‘oze misozand- bu magazin yonida bir imorat qurayaptilar.
4.زیرzire- ostida, ostiga, tagida, tagiga ma’nolarini ifodalaydi. زیرzir-ost, tag ma’noli so‘zidan yasalgan.
زیر کاسه نیم کاسه است.zire kose nim kose ast- kosa tagida nim kosa. (Maqol)
من زیر درخت می ایستم .Man zire deraxt miistam-man daraxt tagida turaman.
5.نزدnazde-oldida, oldiga yaqiniga, yaqinida ma’nolarini ifodalaydi.نزد nazd-old, yon so‘zlari asosida yasalgan.
نزد دانشگاه ما کارخانۀ قالی بافی است nazde Doneshgohe mo korxoneye qolibofi hast- bizning Universitet yonida gilam to‘qish korxonasi bor.
اتوبوس نزدیک ایستگاه مترو می ایستد O‘to‘bus nazde istgohe metro miistad- avtobus metro bekati yonida to‘xtaydi.
6.سر sare- ga, -da kelishik qo‘shimchalarining ma’nolarini ifodalaydi. Bu so‘zning asl ma’nosi bosh bo‘lib, izofali old ko‘makchi bo‘lib kelganda o‘z ma’nosini yuqotadi.
ما همه سر میز غذا خوری می نشینیم و غذا می خوریم.mo hame sare mize g‘azoxuri meneshinim va g‘azo mixo‘rim- biz hammamiz ovqatlanish stoli atrofida o‘tiramiz va ovqat yeymiz.
دوستم سر جای خود می نشیند.dustam sare joye xo‘d mineshinad –do‘stim o‘z o‘rnida o‘tiradi.
7.بالایboloye – tepasida, tepasiga, yuqorisida, yuqorisiga, ustiga, ustida ma’nolarini ifodalaydi.بالا bolo- tepa, yuqori,ust so‘zi asosida yasalgan.
بالای تپه چه هست.boloye tappe che hast-tepaning ustida nima bor.
بالای درخت یک مرغ قشنگ می نشیند.boloye deraxt yek mo‘rg‘eqashang mineshinad- daraxt tepasida bir chiroyli qush o‘tiribdi.
8.میانmiyone va بین beyne- o‘rtasida, o‘rtasiga, orada, oraga ma’nolarini ifodalaydi.میان Miyon vaبین beyn- o‘rta, ora so‘laridan yasalgan.
یوسف بین بیژن و پرویز می نشیند Yusef beyne Bijan va Parviz mineshinad- Yusuf Bijan bilan Parviz o‘rtasida o‘tiradi.
Umuman olganda izofali old ko‘makchilar soni 20 dan ortiq bo‘lib, yuqorida keltirilgan old ko‘makchilarga yana quyidagi izofali old ko‘makchilarni kiritish mumkin.
عقب aqabe
|
-orqasiga(da)
|
پشت po‘shte
|
- orqasiga(da)
|
برابر barobare
|
-qarshishida(ga)
|
روبروی ruberuye
|
-ro‘parasida(ga)
|
توی tuye
|
- ichida
|
درون darune
|
-ichiga
|
کنا ر kenore
|
-yoqasida (ga)
|
جلو Jelo‘ve
|
- labida(ga)
|
پایین poyine
|
- pastida(ga)
|
بیرون birune
|
-tashqarisida(ga)
|
Do'stlaringiz bilan baham: |