Yo’l-transport hodisasi vujudga kelishida transport vositasining, haydovchining va yo’l
sharoitining o’rni
Statistika mahlumotlariga ko’ra, bahzan avtomobillarning texnik nosozligi oqibatida
YTH bo’lishi qayd qilinadi. Bunda asosan transport vositasi tormozi, boshqaruv tizimi,
shinasi, harakatga keltiruvchi agregat va mexanizmlari holati ko’zda tutiladi. Avtomobildagi
nosoz isitish, sovutish tizimi, haydovchi o’rindig’ining noqulay holati, noto’g’ri o’rnatilgan
orqa ko’rinishni tasvirlovchi oyna yoki old ko’rinish oynasi tozalagichining noto’g’ri ishlashi
birinchi qarashda YTHni keltirib chiqarishga sababchi emasdek tuyuladi. Ammo bu
keltirilgan kamchiliklar haydovchilar psixofizilogik holatini yomonlashtirib, oqibatda YTH
kelib chiqishiga to’g’ridan-to’g’ri sabab bo’ladi. Afsuski, amaliyotda ko’pchilik hollarda
bunday omillar avtomobilning texnik nosozligi emas, balki haydovchining ehtiborsizligi
oqibatida kelib chiqqan deb qaraladi.
O’zbekiston Respublikasida texnik nosoz avtomobilni ishlatish oqibatida ro’y bergan
YTHlari to’g’risidagi ko’p yillik mahlumot 3.9-jadvalda keltirilgan.
YTHning avvalgi ittifoq miqiyosida tahlil qilingan natijalariga ko’ra, avtomobillarning
nosozligi tufayli sodir etilgan hodisalar umumiy sonidan 3-5 % tashkil etishi aniqlangan.
Jadval
Yillar
2002
2003
2004
2005
2006
2007
2008
Texnik nosoz
avtomobillar sodir
etgan YTH soni
Jami,
dona
27
33
31
12
8
10
5
% hiso-
bida
0,25
0,31
0,29
0,11
0,07
0,08
0,05
106
Yo’l harakatini tashkil etishdagi «Avtomobil-haydovchi-yo’l-piyoda-muhit» tizimida
harakat xavfsizligini tahminlashning asosiy garovi - bu haydovchining yo’l harakati
qoidalariga mos ravishda harakat tartibini tanlashdan iboratdir. 75
80 % YTH
haydovchilarning aybi bilan sodir etiladi. Bundan haydovchilarning mast holatda vujudga
keltirgan YTHni istisno qilinsa, unda kamida 45
50 % falokatlar haydovchining tartibsiz
harakatlanishi natijasida bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi bo’yicha haydovchilarning aybi bilan sodir etilgan YTHning
ko’p yillik mahlumoti jadvalda keltirilgan.
Jadval
Yillar
2002
2003
2004
2005
2006
2007
2008
Haydovchilar
aybi
bilan
YTHni soni
Jami,
dona
8644
8677
8928
9320
9234
9396
9412
% hiso-
bida
81,1
81,8
83,6
85,4
85,1
86.8
87,0
YTHni vujudga kelish sabablari bo’yicha mutaxassislarning fikri bilan qayd etilgan
davlat statistikasidagi mahlumotlarning farqini quyidagicha tushuntirish mumkin. Yuz bergan
YTHni qayd qiladigan kartochka asosan yo’l patrul xizmati (YPX) xodimi tomonidan
to’ldiriladi. Kartochka to’ldiruvchi YPX xodimlari yo’l sharoitini kompleks ravishda «A-H-
Y-P-M» tizimning o’zaro bog’liqligini va har bir tizim elementlarining xususiyatlarini
to’laligicha tushunmasligi natijasida sodir etilgan YTHning sababini to’g’ri ko’rsata
bilmaydilar. Buning natijasida esa doim ham ro’y bergan YTHga to’g’ri obhektiv xulosa
qilinmaydi.
Jadval
Yillar
2002
2003
2004
2005
2006
2007
2008
Yo’l
sharoiti
yomonligi
oqibatida bo’lgan
YTHlar
Soni
Jami,
dona
1
2
0
2
1
2
0
% hiso-
bida
0,01
0,02
0,00
0,02
0,01
0.02
0,00
CHet davlatlarda yo’l sharoitining yomonligi oqibatida quyidagi miqdorda YTH
umumiy soniga nisbatan Angliya - 6,7 %; Ispaniya - 6,5 %; Frantsiya - 10,8 % SHvetsiya -
6,1%; Yugoslaviya - 20,4 %; Yaponiya - 17,3 % sodir etilgan.
YTHning vujudga kelishida piyodalar o’rnini alohida tahkidlab o’tish darkor, chunki
ko’pchilik hodisalarga piyodalarning avtomobil yo’llarining belgilanmagan joylardan
o’tishlari, shuningdek, yo’l harakati qoidalari bo’yicha amaliy ko’nikmalari yo’qligi sabab
bo’ladi. O’zbekiston Respublikasida piyodalar aybi bilan sodir etilgan YTH to’g’risidagi
mahlumotlar jadvalda keltirilgan.
107
Jadval
Yillar
2002
2003
2004
2005
2006
2007
2008
Piyodalar aybi
bilan sodir
etilgan YTH
soni
Jami,
dona
1870
1666
1596
1414
1257
1230
1187
% hisobida
17,5
15,7
14,9
12,9
11,6
11,3
11,0
Do'stlaringiz bilan baham: |