2-ilova
2-savol: O’zbekiston Respublikasini avtomobillashtirish va yo’l tarmoqlarining
o’sish ko’rsatkichlari
O’zbekiston Respublikasida 1996 yildan boshlab xususiy sektorda avtomobil
transportining soni yildan-yilga ortib bormokda, xususan oxirgi 2003-2008 yillarda bu o’sish
ko’rsatkichi o’rtacha 2-5,4%ni tashkil etadi.
Yillar
*
2003
2004
2005
2006
2007
2008
Xususiy sektor-
dagi avtomo-billar
soni
1095928 1211713 1235879 1269115 1330230 1402333
* ko’rsatkichlar har yilning birinchi yanvariga keltirilgan.
O’zbekiston Respublikasi yetarli darajada zich avtomobil yo’llar tarmog’iga ega. 2007
yil 1 yanvar holatiga ko’ra respublikamizdagi yo’llarning umumiy uzunligi 183000 km, shu
jumladan, umumfoydalanuvdagi avtomobil yo’llari 42530 kmni tashkil etadi. O’zbekiston
hududlarining transport tarmog’i bilan tahminlanish ko’rsatkichlari keltirilgan.
Hududlar
Avtomobil yo’llari
uzunligi, ming km.
Transport tarmog’ining
zichligi, km
1000 km
2
1000 kishi
O’zbekiston
Respublikasi
bo’yicha jami:
146,347
210,1
3,89
Qoraqolpog’iston
Respublikasi
9,7
58,8
6,58
Andijon viloyati
5,9
1404,8
2,74
Buxoro viloyati
9,7
246,2
6,93
Jizzax viloyati
4,1
200,0
4,38
Qashqadaryo viloyati
8,2
288,7
3,87
Navoiy viloyati
6,2
56,2
8,00
Namangan viloyati
6,3
797,5
3,33
Samarqand viloyati
10,3
628,0
3,92
Surxondaryo viloyati
5,7
274,0
3,35
Sirdaryo viloyati
4,7
921,6
7,6
Toshkent sh. va viloyati
9,5
609,0
2,3
85
Farg’ona viloyati
9,5
1338,0
3,62
Xorazm viloyati
4,2
666,7
3,23
Harakat xavfsizligini ta`minlashda inson yo’l harakatining asosiy ishtirokchisi:
haydovchi, yo’lovchi, piyoda va harakatni tashkil qiluvchi sifatida qatnashadi.
Bularning ichida haydovchi alohida o’rin egallaydi, shuning uchun harakatni tashkil
qilishda uning psixologik, fiziologik va biologik imkoniyatlarini e`tiborga olish zarur.
Harakatlanish davomida haydovchiga har xil noxush faktorlar ta`sir etadi: avtomobil
saloniga kirayotgan chiqindi gazlar, transport shovqini, vibratsiya, qishning sovuq va
yozning issiq havosi, yomg’ir, qor, tuman, yo’lning yomon sharoiti, avtomobilning har
xil kamchiliklari, piyodalarning tartibsiz harakatlanishi va hokazolar.
Haydovchi asosiy axborotni yo’l sharoitini kuzatish orqali oladi va axborotlar
uning uchun ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Axborotlarning xarakteri va hajmi juda
tez o’zgaruvchan bo’lib, u doimo haydovchidan muntazam ravishda yo’ldagi harakat
sharoitini diqqat-e`tibor berib kuzatishni taqozo qiladi. Haydovchining ish faoliyati
juda murakkab bo’lib, harakatlanish davomida yo’l, avtomobil, piyoda va muhit
sharoitiga faol ta`sir ko’rsata olmaydi (6.1-rasm) va ularning o’zgarishini oldindan
aniqlay olmaydi, u shunday sharoitda o’zining, yo’lovchilarning, piyodalarning
hayotiga xavf tug’dirmasdan hamda avtomobilni va undagi yuklarni to’liq saqlagan
holda xavfsiz harakatni ta`minlashi kerak.
Har bir kasbda insonning faoliyatini tahlil qilishdan kelib chiqib, uning muhim
ruhiy-fiziologik o’ziga xosligini ajratib ko’rish mumkin. Haydovchi doimo harakatdagi
barcha qatnashchilarining harakatlanish tartibi, yo’lning holati va o’lchamlari, atrof-
muhit holati va boshqaruv vositalari mavjudligi, avtomobilning qism va asboblarining
holati to’g’risidagi katta hajmdagi axborotni doimiy ravishda qabul qilishi hamda qisqa
muddatda axborot majmuasini qayta ishlab va tahlil qilib, qaror qabul qilish kerak (6.1-
rasm).
SHuni aytib o’tish kerakki, haydovchilar har doim ham to’g’ri qaror qabul qilib
harakat qilmaydilar. Bunday holat vujudga kelishiga ko’pincha quyidagilar sabab
bo’ladi:
axborot o’z vaqtida olinmagan, uning natijasida haydovchi harakat sharoitini
to’g’ri baholay olmagan va YTHning oldini olish imkoniyati etarli bo’lmagan;
birlamchi axborotni noto’g’ri tushunish, masalan, burilish uchun berilgan
signalni haydovchi tormoz signali deb qabul qilishi;
86
6.1-rasm. Haydovchi faoliyatining «Haydovchi-Avtomobil-Yo’l-
Piyoda-Muhit» tizimidagi o’rni
harakatlanish sharoitini noto’g’ri tahlil qilish, masalan, chorrahaga
yaqinlashayotgan haydovchi svetoforning sariq signalidan keyin yashil yonishini
kutgan, lekin signal qizil yongan;
Йўл
Қатнов ьисмининг ва йўл
ёқасининг кенглиги; харакат
полосасининг сони;
кўндаланг ва бўй-лама
нишаблик.
Режадаги ва бўйлама
кесимдаги эгри-ликлар.
Режадаги ва бщйлама
кесимдаги куриниш. қоплама
тури ва ыолати.
Ьщзцалувчи ва ьщзцалмас
объектлар. Чорраыалар. Йщл
жиыозлари.
Пиёда
Тезлиги.
Зичлиги.
Пиёда йщлагининг эни.
Пиёдалар тщсици
Муыит
Ёритилганлик.
Ёмцир, ьор.
Туман.
Чанг.
Заыарли газ ва
чиьиндилар.
Шовьин.
Тебраниш.
Хайдовчи
Психофизиологик ва
шахсий тавсифи.
Касбий сифати.
Ахборот ьабул ьилиш
даражаси.
Ыолати (чарчоь, касаллик,
мастлик, гиёывандлик)
Сезгилар
Кщриш, эшитиш, ушлаб
кщриш, тебра-ниш ва
ыоказолар
Ахборотни ьайта ишлаш
(ахборотларни синтезлаш,
таылил ьилиш)
Ьарор ьабул ьилиш
Автомобил
Габаритлар (узунли-ги,
кенглиги, ба-ландлиги).
Формаси.
Ранги.
Ички ва ташьи
сигналлар.
87
noto’g’ri qaror qabul qilish, masalan, vujudga kelayotgan YTHning oldini
olishning birdan-bir to’g’ri yo’li traektoriyani birmuncha o’zgartirishning o’rniga
haydovchi jadal tormoz qilishga qaror qilishi;
noto’g’ri harakat qilish, masalan, haydovchi to’satdan tormoz pedali o’rniga
yonilg’i beruvchi pedalni bosishi va shu bilan harakat tezligini birdaniga oshirib
yuborishi.
Keltirib o’tilgan vaziyatlarning yuzaga kelishida haydovchining ruhiy holati,
shuningdek, amaliy tajribasi katta ahamiyatga ega.
Insonlarning ruhiy o’ziga xosligi bir xilda emas. Odamning ruhiy holatiga ko’p
jihatdan atrof-muhit ko’rsatkichlari ta`sir ko’rsatadi, ular nerv tizimiga ta`sir ko’rsatib,
ruhiy jarayonlarning kesish chuqurligi va tezligini o’zgartiradi. SHu sababdan
haydovchining ruhiy holatini to’g’ri tushunish uchun uning faoliyatini kuzatuvchi
ayrim ruhiy jarayonlarni o’rganishning o’zi etarli bo’lmasdan, buning uchun insonni
shaxs sifatida xarakterlovchi o’ziga xoslikni bilish zarur.
SHaxs
ko’p qirrali sifatlarning o’zaro bog’lanishlaridan tashkil topadi. Bular
qiziqishlar, temperament, xarakter, beriluvchanlik, o’z kasbiga munosabat, boshqa
faoliyat turlariga munosabat, jamoat ishlariga munosabat va h.k. lardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |