1.2 Napoleon imperiyasining ichki siyosati
Konsullik va imperiya davrida Fransiyada kapitalistik munosabatlar uning qishloq xo'jaligiga, sanoati va savdosiga chuqur kirib bordi. Mamlakatda sanoat to'ntarishi boshlandi. 1790 yil Fransiyada 89 la ip yigiruv mashinalari bo'Igan bo'lsa, 1805 yilda ularning soni 3300 taga etdi. Fransiyada bug' mashinalari nisbatan kam bo'lib, asosan tarqoq manufaktura ko'rinishidagi ishlab chiqarishi ko'pchilikni lashkil qilar edi. Ammo markazlashgan manufaktura va fabrikalar soni ham tobora oshib borayotgan edi. Metallurgiya, ipakchilik, movutchilik sanoati, zeb-ziynat buyumlari, shisha va chinni-idishlar tayyorlash kabi sohalar ancha muvaffaqiyatli rivojlandi. Biroq iqtisodiy sohada Fransiya Angliyadan ancha ortda edi. Frantsuz maxsulotlari nafaqat ingliz mahsulotlari bilan, balki chex, sheytsar va italyan mahsulotiari bilan ham raqobat qila olmas edi. Fransiya Yevropa bozorlarida bosqinchilik siyosali bilan. qo'shni davlatlarga Fransiya uchun foydali bo'lgan bojxona tariflarini joriy qilish va Angliya bilan savdo qilisbni taqiqlash evaziga o'zining mavqeini mustahkamlashga erishdi. Bosib olingan hududlardan olingan kontributsiya, konfiskatsiya, yangi soliqlar joriy qilinishi va majburiy ravishda berilgan zayomlar frantsuz hukumatiga davlat buyurtmalari ( qurollanish, yo'llar qurilishi va h.k.) uchun katta pul mablag'ini bermoqda edi.
Ingliz mahsulotlarining arzonligi va sifatli ekanligi barcha taqiqlarga qaramasdan kontrabanda yo'li bilan yoki betaraf mamlakatlarning mahsulotlari sifatida Fransiya va boshqa Yevropa mamlakatlariga kiritilishini ta'minlagan. 1806 yil Fransiyaga Angliyaning 80-100 mln. franklik paxta, qog'oz buyumlari kiritilgan.
Bu davrda qishioq xo'jaligi ham bir qator muvaffaqiyatlarga erishdi. Jumladan. ekin maydonlari kengaydi. Shu bilan birga, mayda dchqonlarni qishioq burjuaziyasi tomonidan ekspluatasiya qiiishi kuchaydi. Egri soliqlar oshirildi, konsullik davrida vino, imperiya davrida tuz va tamaki soliqlari tiklandi. Yer egalari Angliya va boshqa xorijiy davlatlarning ancha arzon sanoat mahsulotlarini sotib olishdan manfaatdor edilar, shuning uchun ular Napolconning davomli ravishda bosqinchilik urushlarini olib borishdan norozi edilar.
Yirik burjuaziya va yer egalarining manfaati masalasi imperiya davrida ishlab chiqilgan huquq normalari va kodekslarda ham o'z aksini topgan. Bularning orasida eng muhimi "Fuqarolik kodeksi" yoki keyinchalik "Napoleon kodeksi'" deb nom olgan kodeks edi. Unda asosan burjuaziyaning xususiy mulkchiligini .mustahkamlashga asosiy e'tibor qaratilgan. Unga ko'ra xususiy tadbirkorlik erkinligi, mulklarni vasiyat etib qoldirish crkinhgi prinsiplari mustahkamlangan. Xotinning mulki to'liq erining mulki hisoblangan. xotinlar va bolalar mulkka egalik huhuqidan mahrum qilingan. Nikohsiz tug'ilgan bolalar hech qanday huquqqa ega bo'lmaganlar. Fuqarolik kodeksi 1807 yilda, "Tijorat" va "Jinoyat" kodckslari 1808 yilda kuchga kirgan. "Jinoyat kodeksi" xususiy mulkka qilingan kichkina tajovuzni ham juda shafqatsiz ravishda jazolagan.
1803 yil Fransiyada "ishchi daflarlari" joriy qilingan. Unda korxona egalari ishchilarini huquqi va ishdan bo'shatilishi sabablari haqida ina'lumotlar yozilgan. Tijorat yoki savdo kodeksi ishchilarni ishga yollash tartibini qonuniylashtirgan, ishehilarni huquqsizligini mustahkamlagan.
179] yilda joriy qilingan "Le Shapele" qonuni ga ko'ra ishchilarning namoyishlari, ish tashlashlari va ittifoqlarga birlashishi ta'qiqlangan.
1806 yil 1 yanvardan boshlab imperator Napoleon inqilob kalendarini bekor qilib, Grigorian kalendarini tikladi.
Fransiyaga tobe ettirilgan respublikalar qirolliklarga aylantirilgan. 1805 yildayoq Napoleon o'zini Italiya qiroli, deb e'lon qildi. Imperator boshchiligidagi tajovuzkor frantsuz burjuaziyasi va harbiy doiralari Fransiyani yangi Rim imperiyasiga
aylantirishga harakat qildilar. Yevropa va mustamlakalarni bosib olishlaridan asosiy maqsadi ham shu edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |