Kurs ishining amaliy ahamiyati:
O`quvchilarning past o’zlashtirishini oldini olish uchun chora tadbirlar tuzish, ularning psixologik xususiyatlarini o`rganish, amalyotda ushbu yo’riqnomalardan foydalanish ishining amaliy ahamiyatini belgilaydi.Kurs ishining tuzulishi:
Ushbu kurs ishi reja asosida yoritilgan bo‘lib , kirish, ikki bob, paragraflar, xulosa va adabiyotlardan tuzilgan.
I BOB
Napoleon Bonapartning hokimiyat tepasiga kelishi
Napoleon Bonapart 1769 yilda Korsika orolida kambag'allashgan dvoryan oilasida dunyoga keldi. Bonapart oilasida 8 farzand bo'lib, ular 5 o'gil va 3 qiz - Jozef, Napoleon, Lyusen, Eliza, Lui, Polina, Karolina va Jeromdan iborat edi. Napoleon oilada ikkinchi farzand bo'lib. oilasi uni harbiy bilim yurtiga o'qishga berdi. Napoleon bilim yurtini tugatib, 24 yoshidanoq general unvonini oldi.
Napoleon Avstriya qo'shinlari egallab turgan Shimoliy Italiyaga yurishga tayyorlanayotgan armiyaga qo'mondon etib tayinlandi. Bonapart armiyasi Shimoliy Italiyaga bostirib kirib, Avstriya qo'shinlarini tor-mor etdi. 1797 yilda Napoleon Bonapart Avstriyani taslim bo'lish sulhini imzolashga va Fransiyaning g'alabasini tan olishga majbur etdi. Shundan so'ng Italiya Fransiyaga qaram bo'lgan bir necha kichik respublikalarga bo'linib ko’di.
1798 yilning may oyida Napoleon 30 mingdan ortiq kishilik armiya bilan 350 ta kemada Misrga yo'l oldi. Quruqlikda franlsuz qo'shinlari Misr otliq armiyasi ustidan g'alaba qozondilar. Ammo, tezda ingliz floti Misr sohillariga yetib kclib, frantsuz kemalarini yondirib yubordi. Napoleon qo'shinlari Fransiyadan ajratib qo'yilib, halokatga mahkum etildi. Suriyaga qilingan hujum arablar bilan turk qo'sinlarining qattiq qarshiligiga dueh keldi. Shu paytning o'zida Suvorov qo'mondonligidagi rus armiyasi Shimoliy Italiyada fransuz qo'shinlarini mag'lubiyatga uchratdi. Napoleon Bonapart o'z armiyasini tashlab, poytaxt Parijga shoshildi; u hokimiyat uchun kurashda asosiy da'vogarlardan biri edi. Napoleon Fransiyaga qaytgan paytda mamiakatda vaziyat og'ir edi. Direktoriya o'z obro'sini yo'qotib, ko'pchilik Napoleon Bonapart shaxsida o'z najotkorini izlayotgan edi. U armiya va xalq o'rtasida katta obro'ga ega edi.
Napoleon Fransiyaga qaytib kelgach, oradan bir oy o'tar-o'tmas, 1799 yilning 9 noyabrida Direktoriya a'zolarining iste'fo berishlariga erishdi. Ertasi kuni o'z ukasi, deputat Lyusen Bonapart yordamida sadoqatli qo'shinlar bilan qonun chiqaruvchi korpusini qurshab oldi. Deputatlarga hokimiyatni Napoleon boshchilidagi uch konsulga topshirish to'g'risidagi talab taqdim etildi. Tez orada yangi Konstitutsiya loyihasi ishlab chiqildi va konsullar ichida Napoleon keng vakolatlarga cga bo'lib, u 10 yillik muddat davomida shu lavozimni egallab turishi kerak edi.
Konstitutsiya va Napoleonning birinchi konsullikka tayinianishi umumxalq ovoziga qo'yildi va deyarli ko'pchilik, ya'ni, 3,5 mln. kishi uni yoqlab ovoz berdi.
Konsullik davrida davlat tizimi ancha mustahkamlandi, harbiy diktatura siyosati davom ettirildi.
1804 yilda Senat Napoleon Bonapartni Napoleon 1 nomi bilan Fransiya imperatori deb e'lon qildi. Mamlakalda monarxiya tuzumi qaytadan tiklandi. Biroq. mazkur monarxiya feodallar, dvoryanlar, ruhoniylar manfaatini emas, balki. yangidan rivojlanib kelayotgan
O'rta tabaqalar, bankirlar, zodagonlar, armiya va amaldorlarga tayanuvchi hariy-byurokratik monarxiya cdi. Mulk, oila, savdo to'g'risidagi qonunlarning rnajmualari, jinoyat kodeksi tuzib chiqildi. "Napoleon kodeksi" deb nom olgan "Fuqarolar kodeksi" ularning eng muhirai edi. Har qanday miqdordagi xususiy mulkka ega bo'lish huquqini mustahkamlab bcrish bu kodeksning asosiy vazifasi bo'ldi. Xususiy mulkka ozgina bo'lsa ham, tajovuz qiluvchilargajuda qattiq jazojoriy qilindi.
Napoleon tezda yangi armiya tashkil qilib, yashirin ravishda Alp orqali Italiyaga yurish qildi va 1800 yil 14 iyunda Avstriya qo'shinlarini tor-mor etdi. General Mcro qo'mondonligidagi frantsuz armiyasi shu yili 3-noyabrda Bavariya va Avstriya qo'shinlarini tor-mor etdi. 1801 yil 9 fevralda Avstriya-Fransiya o'rtasida Lyunevil shahrida shartnoma imzolandi. Unga ko'ra Reynning so'l qirg'og'i va Belgiya Fransiyaga qo'shib olindi. Italiyada Bonapart Fransiyaga tobc bo'lgan qo'g'irchoq Italiya respublikasini tuzdi.
Angliya va Rossiya o'rtasidagi ziddiyatlardan xabar topgan Bonapart Pavel 1 bilan ittifoq tuzish to'g'risida muzokaralar boshladi. Bonapart Turkiyani bo'Iib olishini va Angliyaga qarshi Hindistonga yurish qilishni taklif qildi. Hatto rus imperatorining buyrug'i bilan kazaklardan iborat harbiy otryad Hindistondan inglizlarni haydash uchun O'rta Osiyoga yurish qildi.Bir vaqtda Pavel 1 Prussiya,Daniya va Shveisiya bilan Angliyaga qarshi qaratilgan "Qurolli BetarafUk ligasi"ni tuzish haqida bitim imzolandi.Angliya bilan savdo aloqalarining to'xtatilishi dvoryanlar va gvardiyaning noroziligiga sabab bo'ldi. Natijada 1801 yil 12 martda Pavel I fitnachilar tomonidan o'ldirildi. Taxtga uning o'g'li Aleksandr o'tirdi.
1801-yil 14-martda Aleksandr Angliya bilan diplomatik munosabatlarni tiklab,O'rta Osiyoga jo'natilgan kazak otryadini ortga qaytardi. 1801-yil oktabrda Fransiya bilan Rossiya o'rtasida sulh shartnomasi imzolandi.Shu bilan birga bu ikki davlat Germaniya va Italiya davlatlahning taqdiriga daxlli maxfiy bitim ham imzoladllar.Yakkalanib qolgan Angliya 1802-yil 27-martda Fransiya bilan sulh shartnomasi imzolashga majbur bo'ldi.Unga ko'ra Angliya qo'shinlari Misr va Maltadan chiqariladigan,Yevropada mavjud tartibni saqlab qolish majburiyatini olgan cdi, Fransiya esa Angliya bilan savdo shartnomasini luzadigan bo'ldi.Ammo, Amen sulh shartnomasidan har ikki davlat nafasni rosllab olish uchun foydalandi,undagi shartlami amalda bajarmadilar.Bonapart qo'shni davlatlar hududini bosib olish siyosatini davom etlirdi.
yil Fransiya bilan Angliya o'rtasida urush boshlandi. Ispaniya Fransiyaga
itlifoqchilik qildi. Napoleon frantsuz va ispan flotlarini yordarni bilan Angliya qirqoqlariga 30 ming kishilik korpusni desant qilib tushirishni rejalashtirdi. Buning uchun 1,5 mingdan
ko'proq kemalar tayyorlandi. Bulonda Angliyaga quruqlikdan hujum qilish uchun katta harbiy lager tuzildi. Bonapart avval Angliyani tor-mor qilib, uni mustamlakalarini egallashi
va keyin Italiya va Germaniyani zabt elishni rejalashtirgan edi.
yil fevralida N.Bonapartga uyushtirilayotgan suiqasd fosh qilingach, Napoleon
o'zining hokimiyatini nasldan-naslga meros o'tadigan deb, o'zini esa Fransiya imperatori deb e'lon qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |