Termiz davlat universiteti tarix fakulteti falsafa kafedrasi dinshunoslik


poligonlari  yadro  poligonlaridan  ham  ko‘proq  kuchga  ega



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/335
Sana31.12.2021
Hajmi3,05 Mb.
#250854
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   335
Bog'liq
dinshunoslik

poligonlari  yadro  poligonlaridan  ham  ko‘proq  kuchga  ega»  bo‘lgan  bugungi 
kunda axborot sohasi bilan bog‘liq jarayonlarga alohida e’tiborni qaratish – inson, 
jamiyat  va  davlat  ma’naviy-madaniy  xavfsizligi  va  barqarorligining  muhim 
shartidir.  
3. Din niqobidagi mafkuraviy tahdidlarning namoyon bo‘lish shakllari. 
YOshlarning  faol  ijtimoiy  kuchga  aylanib  borayotgani  bugungi  kunda  ularning 
turli  mafkuraviy  ta’sir  va  tazyiqlarning  bosh  ob’ektiga  aylanishiga  olib  keldi. 
Bunda ularning  jamiyatning  hali  etarli  tajribaga  ega  bo‘lmagan, tashqi  ta’sirlarga 
tez beriluvchan va ayni paytda, eng harakatchan qatlami ekani inobatga olinmoqda.  
Yoshlarning  turli  oqimlarga  kirib  qolishlari  sabablari  qatorida  ularning 
bilimlari,  shu  jumladan,  diniy  ilmlarni  egallashga  bo‘lgan  qiziqish  va  intilishi 
hamda  ishonuvchanligi,  birdaniga  va  hamma  narsaga  (boylik,  shon-shuhrat, 
martaba va  h.k.)  ega  bo‘lishga harakat  qilishi,  ilmiy  tilda  aytganda  maksimalizm 
kabi ma’naviy-ruhiy omillarni alohida ajratib ko‘rsatish lozim. «Sen bu tashkilotga 
kirish  yoki  mana  bu  vazifani  bajarish  bilan  alohida,  har  kimga  ham  nasib 
qilavermaydigan  sharafli  ishga qo‘l urgan  bo‘lasan,  kerak bo‘lsa,  sen  millat,  din, 
insoniyatning  xaloskoriga  aylanasan!»,  –  degan  qarashlarni  singdirish  jarayoni 
aynan  mana  shu  kabi  xususiyatlarga  alohida  e’tibor  berilayotganini  ko‘rsatadi. 
«Yoshlarning  ongida  qanday  kayfiyat  ustunligini  aytsang,  men  senga  keyingi 
avlodning  tabiati  qanday  bo‘lishini  aytib  beraman»,  -  deb  yozgan  edi  siyosiy 
arboblardan  biri.  Shu  nuqtai  nazardan  qaraganda,  diniy  ekstremistik  oqimlar  ham 
jamiyatning  ertangi  kunini  belgilab  beradigan  avlod  ongini  egallash,  nazorat 
qilishni ko‘zlab ish yuritmoqda deyish mumkin.  
Qayd etish lozimki, so‘ngi yillarda axborot kommunikatsiya texnologiyalari 
sohasidagi  keskin  rivojlanish  insonlar  bilan  aloqa  o‘rnatish  va  aloqalarni 
mustahkamlashning  yangi  usullarini  yaratdi.  Bu  o‘zining  mustaqil  fikriga  ega, 
texnika  imkoniyatlaridan  o‘z  o‘rnida  foydalanuvchilar  uchun  ulkan  imkoniyatlar 
eshigini ochdi. Shu bilan bir qatorda, internet makonining turli o‘yinlar va videolar 
bilan  boyitilgani  dunyoqarashi  shakllanayotgan,  o‘yinqaroq  bolalar  va  o‘smirlar 
uchun kundalik normal voqelik bo‘lsa, boshqalarga tashvish o‘chog‘iga aylandi. 
Internet  tomonidan  dastlabki  taqdim  etilgan  imkoniyatlarda  avvalo 
texnologik uzilishlarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi. Vaqt o‘tishi bilan 


162 
 
«butun dunyo o‘rgimchak to‘ri» inson ehtiyojlari va qiziqishlaridan kelib chiqqan 
holda  turli  mazmundagi  axborotlar,  ko‘ngilochar  dasturlar  orqali  qulayliklar 
yaratdi. Bu esa o‘z navbatida internet hayotini ommalashuviga olib keldi. Albatta, 
yaratilgan bunday imkoniyatlar o‘z maqsadlariga etishish uchun mutaassib oqimlar 
tomonidan ham keng foydalanilmoqda. Jumladan:  

Yangi  a’zolarni  jalb  etish.  Bunda  veb-sahifalarga  ko‘p  kiradigan  odamlar 
kuzatilib,  o‘rganilib,  oxir-oqibat  ular  bilan  aloqaga  kirishiladi  hamda  o‘z 
g‘oyalarini  sekin-asta  singdirib,  ularni  o‘z  domiga  tortadilar.  SHuningdek, 
mutaassiblar  turli  chatlar  va  forumlarda  «o‘tkir»  munozarali  masalalarni 
onlayn  tarzda  muhokama  etadilar  va  o‘zlariga  o‘xshash  fikrlaydiganlarni 
saralab, ular bilan aloqa o‘rnatadilar; 

Targ‘ibot  maqsadida.  Bunda  terrorchilar  o‘z  buzg‘unchi  g‘oyalarini 
tarqatishda keng ko‘lamda foydalanayotganini ko‘rish mumkin; 

Mahoratni  oshirish.  Terrorchilar  global  tarmoq  orqali  qo‘lbola  bombani 
yasash,  o‘zini  o‘zi  o‘ldirish  orqali  ko‘pchilikka  talofat  etkazish  uslublarini 
muttasil,  tizimli  ravishda  o‘rgatib  boradi.  Qo‘llanmalar  video,  audio  va 
elektron kitob shaklida internetga joylashtiriladi; 


Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish