Termiz davlat universiteti tarix fakulteti 3-kurs 304-guruh talabasi toshmamatov abdukarimning jahon tarixi fanidan tayyorlagan taqdimoti



Download 2,46 Mb.
Sana29.04.2022
Hajmi2,46 Mb.
#592649
Bog'liq
Koreya va g’arb mamlakatlari Tengsiz shartnomani imzolanishi


TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
3-KURS 304-GURUH TALABASI
TOSHMAMATOV ABDUKARIMNING
JAHON TARIXI
FANIDAN TAYYORLAGAN
TAQDIMOTI

Koreya va g’arb mamlakatlari :


Tengsiz shartnomaning imzolanishi
XIX-asr birinchi yarmida Koreya qirg’oqlarida
ingliz, frantsuz, amerika kemalari paydo bo’la boshladi,
mamlakatda xristian missionerlari faoliyati boshlandi.
1846, 1847 yillarda frantsuzmissionerlarining
o’ldirilishini bahona qilib, Frantsiya bu yerga harbiy
kemalar yubordi va Koreya portlarini frantsuz
savdogarlari uchun ochib qo’yishga erishdi.
1845 yilda AQSH kongressi Yaponiya va Koreyaga
diplomatik va kommertsiya agentlarini yuborishga
qaror qildi.
1863 yilda Koreya qiroli vafot etgach, uning to’g’ri vorisi bo’lmaganligi uchun, qirolning 12 Yoshli qarindoshi Li Jexvan (Kochjon) taxtga o’tirdi, uning otasi Li Xa I tevongun (regent) unvonini oldi, amalda hukumatni u boshqara boshladiamalda hukumatni u boshqara boshladi.
1866 yil boshida Tevongun hukumati frantsuz
missionerlarini qatl qildi. Frantsuzlar bundan
foydalanib 1866 yil kuzida Koreya qirg’oqlariga 7 ta
harbiy kema yubordilar. Frantsuzlar poytaxt Seulga
kirib borishga harakat qildilar, lekin qattiq qarshilikga
uchrab, chekindilar.
1866 yil yozida Amerika Qo’shma Shtatlarining
“Admiral Sherman” nomli kemasi daryo orqali
Pxenyanga etib kelib, aholini talay boshladi.
Mahalliy aholi kema a’zolarini qirib tashlab, kemani
yoqib yubordi.
AQSH 1871 yilda Koreya qirg’oqlariga 5 ta harbiy
kema yuborib, Koreyani AQSH savdosi uchun ochib
qo’yishni talab qildi. Lekin koreys xalqi
amerikaliklarga qurolli qarshilik ko’rsatdi va
amerikaliklar qaytib ketishga majbur bo’ldilar.
Tevongun urushga tayyorlanib aholining katta
qismini qirg’oq istehkomlarini qurishga va
mustahkamlashga haydab keldi.
Qo’shin soni ko’paytirildi, soliqlar oshirildi,
bularning hammasi xalqning noroziligiga sabab bo’ldi.
1874 yilda Li Jexvan (Kochjon) balog’atga etgan
deb e’lon qilindi va tevongun hokimyatdan
chetlashtirildi. Amalda esa hokimyat Kochjonning
xotini qirolicha Min va uning qarindoshlari qo’liga
o’tdi. Tevongun tarafdorlari bilan qirolicha tarafdorlari
o’rtasida kurash kuchaydi.
XIX-asrning 70-yillariga kelib Koreya chet
mamlakatlar bilan aloqa o’rnatmagan yopiq mamlakat
bo’lib qolmoqda edi.
Yaponiya, keyinchalik boshqa
kapitalistik davlatlar Koreyaning kuchsizligidan va
qoloqligidan foydalanib, bu yerda o’z hukmronliklarini
o’rnatishga intildilar.
1876 yilda Yaponiya qurol kuchi bilan Koreyaga
teng huquqli bo’lmagan savdo shartnomasini qabul
qildirdi. Unga ko’ra Koreya Yaponiyaga darhol Pusan
portini ochib berishi, 20 oydan keyin yana 2 portni
ochib berishi kerak edi. Yapon savdogarlari bu
portlarda to’la faoliyat erkinligiga va eksterritorial
huquqga ega bo’ldilar. Yapon savdogarlari boj
to’lovlaridan ozod qilindilar va Yapon puli Koreyada
erkin muomalada bo’ladigan bo’ldi.
1882 yilda AQSH ham Koreyaga teng huquqli
bo’lmagan shartnomani qabul qildirdi, undan keyin tez
orada Angliya, Rossiya va Frantsiya ham Koreya bilan
shunday shartnomalarni tuzdilar. Natijada Koreya tez
sur’atlar bilan yarim mustamlakaga aylana bordi.
Chet el kapitalistlari, eng avvalo Yaponiya Koreyani
o’z mustamlakasiga aylantirishga harakat qildi. Chet el
sarmoyalarining kirib kelishi natijasida Koreyada
feodalizm inqirozi kuchaydi, sinfiy ziddiyatlar
keskinlashdi.
Koreyaning chet ellarga qaramligi dehqonlar va
shahar kambag’allarining noroziligini kuchaytirdi.
1878-1880-yillarda bir necha provintsiyalarda
dehqonlar qo’zg’olonlari bo’lib o’tdi. Yaponlar egallab
olgan portlarda va hududlarda mehnatkashlarning chet
el bosqinchilariga qarshi qo’zg’olonlari boshlanib
ketdi. 1879 yilda Pusan yaqinida, 1881 yilda Inchxonda
aholining Yaponlar bilan qurolli to’qnashuvlari sodir
bo’ldi.
Norozilik va g’alayonlar armiyaga ham
yoyildi.1882 yilda Seulda qo’zg’olon ko’tarildi. Bu
koreys xalqining feodal zulm va chet el bosqinchilariga
qarshi ko’tarilgan birinchi katta qo’zg’oloni edi.
Seuldagi askarlarga maosh o’rniga chirigan guruch
berilishi qo’zg’olonning boshlanishiga olib keldi.
Askarlar intendant amaldorlarini o’ldirdilar. Isyonchi
askarlar qamoqqa olindi, bu esa qo’zg’olonning
boshlanishiga signal bo’ldi.
Qo’zg’olonchilarga shahar kambag’allari va
atrofdagi qishloqlar dehqonlari ham qo’shildi.
Qo’zg’olon ko’targan xalq ommasi o’zlari yomon
ko’rgan eng shafqatsiz amaldorlarni jazoladilar.
Qo’zg’olonchilar Yaponiya elchixonasiga hujum
qildilar, elchi qochib ketdi. Qo’zg’olon kengayib bordi,
poytaxt ham qo’zg’olonchilar qo’liga o’tdi. Amalda
mamlakatni boshqarib turgan qirolicha Min Seuldan
qochib ketdi.
Qo’zg’olonning kengayib ketganidan vahimaga
tushgan Koreyaning hukmron doiralari qo’zg’olonni
bostirish uchun Xitoy hukumatidan yordam so’rashga
majbur bo’ldi. Xitoy hukumatiKoreyaga 3 ming
kishidan iborat qo’shin yuborib, qo’zg’olonni
bostirishga yordam berdi. Qirolicha Min yana qayta
taxtga o’tirdi.
Qo’zg’olon bostirilgach Koreyaning ichki va
xalqaro ahvoli yomonlashdi.
Xitoy o’z qo’shinini kiritganidan foydalanib bu yerda o’z ta’sirini kuchaytirishga intildi. Qirolicha Min Xitoy bilan hamkorlik qilish yo’liga o’tdi. O’z navbatida Yaponiya ham Koreya ustidan o’zining iqtisodiy va siyosiy ta’sirini o’tkazishga harakat qildi. Yapon hukumati Koreyaga qarshi ochiq harbiy harakatlar boshlash imkoniyatini muhokama qildi.
Qo’zg’olon vaqtida qochib ketgan Yapon elchisi
harbiy kemalar va qo’shin yordamida Koreyaga qaytib
keldi. Yaponlar urush boshlash tahdidi bilan Koreyani
yangi bitimni imzolashga majbur qildirdilar, unga ko’ra
Yaponiya Seulda o’z elchixonasini qo’riqlash uchun
qo’shin kiritish huquqiga ega bo’ldi. Endilikda Koreya
hududida Xitoy qo’shini bilan birgalikda Yaponiya
qo’shini ham bor edi.
Xitoy bilan Yaponiya o’rtasida Koreyada o’z
mavqelarini kuchaytirish uchun kurash kuchaydi. Xitoy
hukumati Koreya bilan savdo to’g’risida bitim tuzib, u
ham Yevropa davlatlari kabi imtiyoz va huquqlarga ega
bo’ldi, bu esa yanbanlar katta qismining noroziligiga
sabab bo’ldi.
Mamlakatning ichki ahvoli ham yaxshi emas edi.
Xalq ommasining noroziligi kuchayib bormoqda edi.
Hukmron doiralar ichida ham yakdillik yo’q edi.
Qirolicha Min tarafdorlari bilan tevongun tarafdorlari
o’rtasida kurash kuchaydi.
1882 yildagi qo’zg’olon natijasida Kim Ok Kyun
boshchiligidagi taniqli yanban oilalaridan chiqqan
islohotlar tarafdori bo’lgan guruhning faoliyati
kuchaydi. Bu guruhga liberal dvoryan ziyolilari
vakillari kirgan bo’lib, ularning ko’pchiligi Yaponiyada
bo’lib, u yerda amalga oshirilgan burjua inqiloblari
ularda katta taassurot qoldirgan edi.
Ular Yaponiya va G’arb kapitalistik davlatlari bilan
madaniy va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish,
mamlakatga texnikalarni keltirish, milliy sanoatni
rivojlantirish va boshqa islohotlarni o’tkazish takliflari
bilan chiqdilar. Islohotchilarning faoliyati Koreyani
kapitalistik taraqqiyot yo’liga olibchiqishga qaratilgan
bo’lib, koreys xalqining siyosiy ongini uyg’onishiga,
mamlakatda ilg’or g’oyalarning yoyilishiga yordam
berdi.
Lekin dvoryanlarning bu guruhi xalqdan ajralib qolgan bo’lib, mamlakat ichida biron bir ijtimoiy tayanchga ega emas edi. Islohotchilar rahbarlari soddalarcha burjua islohotlarini o’tkazgan Yaponiya Koreyaga yordam beradi deb o’ylardilar. Yaponiyaning hukmron doiralari Koreyadagi islohotchilik harakatidan o’zlarining mustamlakachilik rejalarini amalga oshirish uchun foydalanishga harakat qildilar.
Koreyadagi islohotchilar 1884 yilda saroy
to’ntarishini amalga oshirishga tayyorlana boshladilar.
Fitna 1884 yil 4 dekabrda boshlandi. Fitnachilar qirol,
qirolicha va taxt vorisini qo’lga olishga muvaffaq
bo’ldilar va ular Yapon otryadi tomonidan
qo’riqlanayotgan uy qamog’iga olindilar. 5 dekabrda
islohotchilar rahbarlaridan iborat yangi hukumat
tuzildi.
Yaponlar Koreyada o’z hukmronligini o’rnatishga
harakat qildilar, lekin Koreyaning oshkora holda
Yaponlarga tayangan yangi hukumatining mavqei
mustahkam emas edi. 7 dekabrda Xitoy qo’shinlari
Yaponlarga qarshi hujum boshladi, ularni Koreya
armiyasining katta qismi, shuningdek Seul aholisining
quyi tabaqalari qo’llab-quvvatladi. Yaponlarga qarshi
yangi qo’zg’olon boshlandi. Xalq ommasi Yapon
elchixonasi tomon yurish boshladi, Yaponlar
Inchxonga qochishga majbur bo’ldilar.
Islohotchilarning rahbarlari ham mamlakatdan chiqib
ketishga majbur bo’ldilar.
1884 yil voqealaridan keyin Koreyada Xitoyning
ta’siri kuchaydi, Koreya tashqi aloqalari ustidan Xitoy
nazorati o’rnatildi. Lekin kuchsiz, qoloq feodal Xitoy
bu vaqtga kelib o’zi chet el mustamlakachilarga qaram
bo’lib qolgan edi va kapitalistik Yaponiyaga qarshi tura
olish imkoniyatiga ega emas edi.
Buning natijasida 1885 yilda Yapon-xitoy bitimi
tuzilib, unda har ikki davlat ham Koreyadan o’z
qo’shinlarini olib ketishga va kelgusida bir-birlarini
xabardor qilmasdan turib bu yerga qo’shin
kiritmaslikga kelishib oldilar.
Adabiyotlar
1. Agoston G., Masters B. Encyclopedia of the Ottoman Empire.Facts on File, NY,2009.
2. A1 Sayyad Nezar. Cairo: Histories of a City . Belknap Press of Harvard University Press, 2011.
3. Aliev S.M. Istoriya Irana. XX vek .- M., 2004.
4.Vasilev L.S. Istoriya Vostoka. Tom 2. M., 1998.
5.Vasilev L.S. Istoriya Kitaya .- M., 2002.
6. M.Gadjieva E. Strana Vosxodyaщego Solnsa. Istoriya i kultura Yaponii .- M., 2006.
7.Datsыshen V.G. Novaya istoriya Kitaya.-Minsk, 2004.
8.Datsыshen V.G. Novaya istoriya Yaponii .- Krasnoyarsk, 2007.
9.Dementev I.P. Nekotorыe problemы istoriografii novogo i noveyshego
Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish