6.Oltinchi (tuzukim)–adolat va insof bilan Tangrimning yaratgan bandalarini o‘zimdan rozi qildim. Gunohkorga ham, begunohga ham rahm-shafqat bilan, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim. Xayr-ehson ishlarim bilan odamlarning ko‘nglidan joy oldim. Siyosat va insof bilan sipohlarimni, raiyatni umid va qo‘rqinch orasida tutib turdim. Fuqaro va qo‘l ostimdagilarga rahmdillik qildim, askarlarimga in’omlar ulashdim.Tuzuk–qonun; turkiy xalkdar orasida amalda bo‘lgan qonun-qoidalar. Zolimdan mazlumning haqqini oldim. Zolim yetkazgan moddiy va jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin, uni shariatga muvofiq ikkisi o‘rtasida muhokama qildim va bir gunohkorning o‘rniga boshqasiga jabr-zulm yetkazmadim. Menga yomonliklar qilib, boshim uzra shamshir ko‘targanlar, ishimga ko‘p ziyon yetkazganlarni ham, agar ular iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelsalar, hurmatlab, yomon qilmishlarini xotiramdan o‘chirdim. Martabalarini oshirdim. Ular bilan muomalada shunday yo‘l tutdimki, agar xotiralarida menga nisbatan shubhayu qo‘rquv bo‘lsa, butunlay unutishar edi.
7.Yettinchi (tuzukim)–sayyidlar, ulamo, mashoyix, oqilu donolar, muhaddislar1, tarixchilarni sara, e’tiborli odamlar hisoblab, izzatu hurmatlarini o‘rniga qo‘ydim. Shijoatli kishilarni do‘st tutardim, chunki Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi. Ulamo bilan suhbatda bo‘ldim va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpindim. Bularning himmatlaridan ulush tilab, muborak nafaslari bilan duo-fotiha berishlarini iltimos qildim. Darvish, faqir va miskinlarni o‘zimga yaqin tutdim, ularning ko‘ngillarini og‘ritmadim va biron talablarini rad etmadim. Buzuqi, og‘zi shaloq, g‘iybatchi odamlarni majlisimga yo‘latmadim, so‘zlariga amal qilmadim. Biror kimsaga nisbatan tuhmatu g‘iybat qilsalar, quloq solmadim.
8.Sakkizinchi (tuzukim)–azmu jazm bilan ish tutdim. Biror ishni bajarishni o‘ylasam, butun zehnim, vujudim bilan berildim, bitirmagunimcha undan qo‘limni tortmadim. Har neki desam, unga o‘zim amal qildim. Hech kimga g‘azab bilan qattiq muomalada bo‘lmadim va hech bir ishda tanglik qilmadim, toki Tangri taoloning g‘azabiga duchor bo‘lmayin va ishimni buzib, holimni tang aylamasin deb. Odam Atodan boshlab to Xotamgacha va undan to hozirgi damgacha2 o‘tgan sultonlarning qonunlarini va turish-turmushlarini donolardan so‘rab-surishtirdim. Har qaysilarining yo‘l-yo‘rikdari, turish-turmushlari, qilish-qilmishlari, aytgan gaplarini xotiramda saqladim va yaxshi axlokdari, ma’qul sifatlaridan o‘rnak olib, ularga amal qildim. Davlatlarining tanazzulga uchrashi sabablarini surishtirdim va davlatu saltanat zavoliga sabab bo‘luvchi ishlardan saqlandim, naslni buzuvchi, ocharchilik, vabo kasali keltiruvchi zulmu buzuqchilikdan sakdanishni o‘zimga lozim bildim.
Do'stlaringiz bilan baham: |