Plastidalar. Ular dumaloq yoki oval shaklida bo'lib, ikki qavatli membrana bilan o'ralgan
bo'lib rangsiz (proplastidlar, leykoplastlar, etioplastlar) yoki rangli (xloroplastlar, xromoplastlar)
organoiddir. Yuksak o`simlik barg hujayrasida 20-50 dona plastida bo'ladi.lar meristema
to'qimalari hujayralarida ko'proq uchraydi.
Leykoplastlar. Pigmentsiz organoid, shakli deyarli dumaloq va unda zahira moddalari ya'ni
oqsil, kraxmal, lipid donachalari bo'ladi. Agarda leykoplastlar kraxmal tutsa-amiloplastlar,
yog'larni tutsa-elayoplastlar, oqsillarni tutsa-proteinoplastlar deyiladi. Leykoplastlar ko'pchilik
hosil qiluvchi to'qimalar tarkibida, er ostki organlari (ildizpoyalar) va urug'da ko'p uchraydi. Ular
qo'sh membranalardir. Yorug'lik ta'sirida ulardan xloroplastlar hosil bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |