Hayvonlar gen injenerligi
Gen injenerligi metodlarining yaratilishiga qadar, 2 ta somatik hujayralarni qo'shish yo'li bilan genlar ko'chirilgan. Agar hujay-ralarning 2 ta qatorini birgalikda polietilengilikol yoki inaktivatsiyaga uchratilgan Senday virusi ishtirokida inkubatsiya qilinsa, bu 2 ta hujayra qatorlarining yadrolari qo'shiladi. Hosil bo'lgan gibrid hujayralarni seiektiv muhitda ajratib olish mumkin. Bunda ma'lum bir belgilar va ma'lum bir xromosomalar o'rtasidagi muvofiqlikni aniqlab yangidan-yangi genlar xaritasini tuzish mumkin bo'ladi. Gibrid hujayra ko'payishi davomida bir yoki ikkala ona hujay-ralarning xromosomalarini yo'qotishi hamda yillar davomida re-pressiyalangan genlar ekspressiyalanishi mumkin. Ba'zi hollarda ona hujayra qatorida «ishlamagan» gen gibrid hujayralarda «ish-lashi» mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |