Xrizantema.
Yovvoyi gullar ― bu hammaning boyligidir. Agarda bunday gullar yo’qolib ketsa tabiat qashshoqlanib qoladi va tog’, yaylovlarimiz o’z chiroyi va ko’rkini yo’qotadi. Shuning uchun biz tabiatning barcha jonzotlarini avaylaymiz, ularni asray olishimiz, Ona Vatanimizning har bir burchagini saqlashda o’z kuchimizni sarflashimiz kerak. Tabiat faqat bizgina emas, balki kelajak avlodimiz uchun ham kerak.
O’simlik va hayvonot olami vakillarini saqlab qolishning eng asosiy yo’li qo’riqxonalar, buyurtma maskanlarini ko’plab tashkil qilishdir.
Ekologik ma’lumot, ta’lim-tarbiyaning tub ma’nosi ― bu tabiat, bizni o’rab turgan borliqqa nisbatan hurmat, uning yashil nabototlari, harakatdagi jonivorlar, oqayotgan zilol suv, tanimizga kirayotgan havo, ona – yerga nisbatan e’tibordan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |