3
KIRISH
Mavzuning
dolzarbligi:
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezident
Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son “Jismoniy tarbiya va sport
sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini
yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risida
qarori
ga ko‘ra jismoniy tarbiya va sport
sohasida malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim jarayonini xalqaro standartlarga
moslashtirish va boshqaruv tizimini raqamlashtirish, pedagogik
va ilmiy salohiyatni
yanada oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini tubdan yaxshilash, ilg‘or xorijiy
sport-ta’lim texnologiyalarining transferini amalga oshirish orqali yuqori natijalarga
erishish muhim masala sifatida belgilab olindi.
1
Xalqaro sport aloqalarining vujudga kelish sabablaridan biri, jahondagi
mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarning rivojlanishida, deb
bilish zarur bo’ladi. XIX
asrning oxirlarida Germaniya, Angliya, Fransiya, AQSh,
Rossiya, Italiya kabi taraqqiy etgan davlatlar iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha
yuqori darajaga ko’tarildi. Bu darvda ishlab chiqarish, fan, ta’lim tez rivojlandi. Bu
jarayonlar ishlab chiqarish,
xalqaro uyushmalar, trestlar, sindikatlarni va bir qator
boshqa yangi tarmoqlarni tashkil etish bilan birgalikda davom etdi. Yevropa
mamlakatlari va Amerikada ilmiy-texnik taraqqiyot jarayonining
mahsuli sifatida
aloqa va kommunikasiya vositalari yuzaga keldi.Chegaralangan kichik doiradagi
milliy jarayonlar jamoat taraqqiyotiga putur yetkaza boshladi. Bunday sharoitda turli
sohalar bo’yicha xalqaro munosabatlarni kuchaytirish, ya’ni iqtisodiy, ilmiy,
madaniy va sportdagi aloqalarni bog’lash qonuniyat darajasiga yetdi.
XIX asrning oxiri nisbatan tinchlik-osoyishtalik bilan o’tdi. Fransiya- Yaponiya
urushidan (1870-1871) va Parij Kommunasidan (1871) boshlab,
rus- yapon
urushigacha (1904-1905) va Rossiyadagi birinchi inqilobgacha (1905-1907) jahonda
hyech qanday yirik urushlar bo’lmagan edi. Bunday holat mamlakatlararo aloqalar va
sportni rivojlantirishga qulaylik yaratdi.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezident Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son “Jismoniy
tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari” to‘g‘risida
qarori
4
Jamoat harakatlari yoshlar orasida jismoniy tarbiyani rivojlantirish bo’yicha
jamoatchilik (ommaviy) harakatining yuzaga kelishi ham bunga katta sabab bo’ldi.
XIX asrning so’nggi choragi jamoat arboblari, tibbiyotchilar,
pedagoglarning
yoshlarga ta’lim berish, jismoniy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan umumiy
harakatlari, faoliyatlari ancha kengaygan davr edi.
Bu jarayonlarda jismoniy tarbiya va sportning yangi shakllari, usullarini izlash
boshlandi. Ba’zi mutafakkirlar milliy jismoniy
tarbiya va sport bilan
chegaralanibgina qolmasdan, balki xalqaro sport aloqalarini o’rgatishni tavsiya etib
maydonga chiqdilar. Bu yo’lda Fransiya, Yunoniston, Angliya, Germaniya, Rossiya,
AQSh, Shvesiya va boshqa mamlakatlarning jamoatchiligi o’z faoliyatlari bilan
alohida ajralib turar edi. Yoshlarni jismoniy tarbiyalash maqsadida olimpiya
o’yinlaridan foydalanish kabi fikrlar ham bildiriladi. Bu to’g’rida chex pedagogi
Ya.A.Komenskiy, nemis gimnastika maktabining asoschilari I.X.Guts-muts va G.Fit,
rus jismoniy ta’limi tizimining asoschisi P.F.Lesgaft
va boshqalar bir necha bor
ta’kidlashgan. Ular qadimgi yunon olimpiya o’yinlari kabi musobaqalarni tashkil
etish – yoshlarni jismoniy va ma’naviy jihatdan tarbiyalash yo’lida ko’p xizmat
qilishi mumkinligini e’tirof etganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: