OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʻLIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI SPORT FAOLIYATI VA BOSHQARUV FAKULTETI
2-kurs 207- gurux talabasi Toʻxtayev Husanning «Sport va harakatli oʻyinlarni oʻqitish metodikasi» fanidan KURS ISHI Mavzu: ____________________________________________________ ____________________________________________________________
Bajardi: ________________________
Qabul qildi: ____________________
Termiz-2022
Mavzu: Basketbol oʻyini taktikasiga oʻrgatish uslubiyati Reja: Kirish……………………………………………………..………………..3 BOB Adabiyotlar tahlili
I.1. Jismoniy madaniyat darslarini oʻquvchilar sogʻligiga tasiri..............5
I.2 Dastlabki oʻrgatish va uning mohiyati………………….……….…...9
II. BOB Basketbol oʻyini taktikasini oʻrgatish haqida umumiy tushuncha……………………………………………………………….…13 II.1 Taktika tasnifi…………………………………………………... .…13
II.2 Basketbol oʻynida hujum va himoya taktikasi…………………………23
II.3 Basketbol oʻyinida hujum va maydonda harakat qilish texnikalari.….27
III. BOB Basketbol oʻyinida toʻpni qabul qilish , toʻpni otish va toʻpni olib yurish texnikasi va taktikasini oʻrgatish uslibiyati……………………31 III.1 Shugʻullanuvchilarga toʻp bilan hamda toʻpsiz harakatlanish texnikasi va taktikasini oʻrgatish…………………………………………………….... 31
XULOSALAR ................................................................................................37 FOYDALANILGAN VA TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR.......................................................................................39
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Hozirgi kunda taʻlim tizimida boshlangʻich taʻlim asosiy boʻgʻin sifatida muhim oʻrin tutadi. Bu boshlangʻich taʻlim muassasalarida jismoniy tarbiya, sport sogʻlomlashtirish ishlarini rivojlantirish, taʻlim olayotgan oʻquvchilarning sport turlariga qiziqishini oshirish, bilimi, koʻnikma va malakalarini mustahkamlash davr talabiga aylanib bormoqda.
Oʻquvchilarning jismoniy tarbiya darslari jarayonidagi jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarlik darajasi oʻziga xos boʻlib, farqli ravishda individual oʻzgarishlarga ega.
Bir xil yoshdagi va bir xil jismoniy rivojlanishga ega boʻlgan bolalarda jismoniy sifatlarning rivojlanishi har xil ekanligi taʻkidlangan. Shu sababli, jismoniy rivojlanishi har xil boʻlgan oʻgʻil va qizlarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash uchun individual dasturlar tuzish, mashqlar majmuasini ishlab chiqish, dars jarayonida har bir guruh uchun tabaqali yondashgan holda oʻrgatishni tashkil qilish jismoniy tarbiya jarayonida dolzarb masalalardan biridir1.
Boshlangʻich sinfning jismoniy tarbiya dasturlaridagi talablarini bajarish, oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarligi darajasini aniqlash jismoniy tarbiya oʻqituvchilarining asosiy vazifalaridan biridir.
Baʻzi bir mashqlarning bajarilishi bolalarning qaddi-qomati va jismoniy tayyorgaligiga bogʻliqdir. Shu sababdan mashqlarni tanlayotganda, bola organizmining tashqi tuzilishi va ichki organlari rivojlanishini bilgan holdagina ular uchun aniq jismoniy mashqlar hamda topshiriqlar yuklamasini meʻyorlash mumkin.
Baʻzi bir bolalar jismonan nosogʻlom boʻlib, ularning jismoniy tarbiya dasturidagi mashqlarni bajarishi boshqalarnikidan farq qiladi. Chunki ularning shaxsiy ravishda qancha koʻp shugʻullanishlari natijasida jismoniy tayyorgarliligini farqi yaqqol namoyon boʻladi.
Agar oʻquvchilarning mashqlar bajarishda koʻnikma va malakasi toʻgʻri shakllantirib borilsa, ularning jismoniy tayyorgarligi oʻsadi. Mashgʻulotlar davomida boʻyi past bolalar murakkab turdagi mashq harakatlarini yaxshi bajaradi, boʻyi uzun bolalarning esa tezkorlik va egiluvchanlik harakatlarini yaxshi bajarishi koʻzga tashlanadi.
Oʻquvchilarni jismoniy tayyorlashning eng yaxshi yoʻnalishlaridan biri jismoniy tarbiya darslarida tabaqali yondashishni qoʻllashdir.
Ilmiy tekshirish va amaliy tajriba ishlarining natijalari koʻrsatishicha, har bir sinfda kuchli, oʻrta va kuchsiz oʻquvchilar mavjuddir va shu sababli guruh oʻquvchilari orasida jismoniy tarbiya materiallarini oʻzlashtirishda sezilarli farq boʻlishini koʻrsatishgan.
Boshlangʻich sinfda oʻquv jarayoni samaradorligini oshirishning eng qulay yoʻllarini izlab topish hamma vaqt muammo boʻlib kelgan. Bu masalani toʻgʻri hal qilishning asosiy yoʻllaridan biri tabaqali yondashishni amalga oshirish kerakligi koʻrsatib oʻtilgan.
Shuning uchun oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarligini yaxshilashda jismoniy tarbiya darslaridagi har bir guruh uchun tabaqali va individual yondashish munosabatlarini tashkil etish ilmiy ishlar uchun dolzarb mavzudir.
Ilmiy ishlarning natijalari va amaliy tajribalar shuni taʻkidlaydiki, har bir sinfda kuchli, oʻrtacha va kuchsiz oʻquvchilar mavjud
Pedagogik ilmiy va uslubiy adabiyotlarning tahlili asosida koʻrsatishicha, taʻlim uslubiyotida “oʻrtacha” oʻquvchilarning koʻrsatkichi hisobga olinishi maʻlum boʻldi.
Shuning uchun boshlangʻich sinf oʻquvchilariga jismoniy tarbiya darslarida individual va tabaqali yondashish muammolarini ilmiy ishlab chiqish, ularning jismoniy tayyorgarlik darajasini va jismoniy rivojlanishini yaxshilash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Prezidentimizning “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ 3031- sonli qarorining dasturi 7-ilovasida belgilangandek.