Sportda qo‘llaniladigan uslublar - Jismoniy mashqlarni qo‘llash usullari sport mashq uslublari sifatida tushuniladi.
Masalan: Yugurishdagi mashqlar sport mashg‘ulotlari vositasi sifatida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarga ko‘ra turli ko‘rinishlarida qo‘llaniladi.
- yugurish qadamlari texnikasi ustida ishlayotganda qomatni tik tutib yugurish mashqi (variant sifatida) tavsiya etiladi;
- chidamlilikni rivojlantirish uchun kamroq tezlik bilan uzoq masofalarga yuguriladi;
- tezlik imkoniyatlarini rivojlantirish uchun qisqa masofaga katta tezlikda yuguriladi.
Shunday qilib u yoki bu usulni qo‘llash mashg‘ulot oldiga qo‘yiladigan vazifalar bilan belgilanadi.
Sport mashg‘ulotida qo‘llaniladigan usullar didaktik (umumpedagogik) va an’anaviy (sport pedagogikasida qo‘llaniladigan) kabilarga bo‘linadi.
- sport mashg‘ulotining didaktik metodlari.
Og‘zaki tushuntirish metodlari uch guruxga bo‘linadi:
1-guruh - hikoya, tasvir, tadbir metodlari. Bunda so‘z bilim-larini singdirish vositasi sifatida qo‘llaniladi.
2-guruh - buyruq, ko‘rsatma, yo‘riqlar uslublari. Bunda so‘z sportchi faoliyatini boshqarish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
3-guruh - tahlil, tavsiya, baholash uslublari. Bunda so‘z sport-chi faoliyatini tahlil qilish va baho berish vositasi hisoblanadi.
Ko‘rgazmali ta’sir uslublari to‘rt guruhga bo‘linadi:
1-guruh - ko‘rgazmali qurol usullari. Bunda bevosita ko‘rsa-tish, ko‘z bilan ko‘riladigan qo‘llanmalardan foydalaniladi.
2-guruh - eshitish (tovush) qurollari usullari
3-guruh - harakat ko‘rgazmasi usullari
4-guruh - tez axborot uslublari.
Harakatni ko‘rsatish (namoyish etish) metodlari.
Ko‘z mo‘ljali. Bu usullar harakatni masofa va vaqt nuqtai nazaridan to‘g‘ri bajarishga yordam beradi. Mo‘ljal uchun maxsus belgi va ashyolardan foydalaniladi.
Masalan: Uzunlikka sakrashda tezlanish chiziq belgisi.
- Tegishli balandlikka osilgan bayroqcha snaryadni uloqti-rish yo‘nalishini belgilashga yordamlashadi.
- Mashq devoridagi futbol darvozasi tasvirini ko‘rsatuvchi chiziqlar va h.k.
Bulardan (eng soddalaridan) tashqari svetolider (yuguruvchi yo‘lak ko‘rinishidagi) turidagi murakkab qurilmalar qo‘llanilishi mumkin, bunda elektr chiroqlarini ketma-ket yoqilishi sportchi uchun harakat (yugurish, suzish) tezligini belgilaydi.
Eshitish (tovush) ko‘rgazmasi usuli - Tovush signallari yordamida harakatning masofa - vaqt va vaqt holatini aniqlashga yordam beradi.
Avvaldan berilgan tovush signali yordamida murakkab harakat faoliyatini bajarishga asosiy kuchni sarflash vaqtini aytib beradi.
Masalan: suvga sakrashga guruhlanish, qo‘llarni tushirish, gimnastikada egilish yoki rostlanish vaqtlari.
Tovush signali yordamida harakat maromi yaxshi egallanadi.
Masalan: harakatning murakkab ritmini chertish mumkin, bu sportchi ongi maqomni saqlanishiga yordam beradi, unga amal qilib sportchi ma’lum sharoitda harakatlarni yaxshi bajaradi.
Ovoz yetakchilari (ayniqsa siklik turlarda) harakatning tegishli jadalligini (butun masofa davomida) saqlashga yordam beradi.