Termiz davlat universiteti sport boshqaruvi kafedrasi jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi


Yuklamalar dinamikasining xususiyatlari



Download 14,88 Mb.
bet59/167
Sana25.02.2022
Hajmi14,88 Mb.
#464687
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   167
Bog'liq
4-Kurs Nazariyaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaa

Yuklamalar dinamikasining xususiyatlari. Nisbatan uzoq davom etmaydigan musobaqa davrida mashg‘ulot yuklama-larining dinamikasi yuqorida ko‘rib o‘tilgan tendensiya-ning yakunidek bo‘lib ko‘rinadi: mashg‘ulot vaqtida yuklamalarning umumi hajmi dastlab bir oz pasayishda davom etadi va keyin stabillashib qoladi: spesifik yuklamalarning intensivligi esa (ba’zi ko‘rsatkichlar bo‘yicha) to maksimum darajagacha o‘sib boradi va ana shu darajada u ham stabillashib qoladi. Bunda albatta, nisbatan stabillashish nazarda tutiladi. Ana shu umumiy tendensiya fonida hajm va intensivlikning o‘rta «to‘lqinlar» va mikrosikllar doirasida to‘lqinsimon tebrarishlari ro‘y beradi.
Agar musobaqa davri uzoq muddat davom etadigan bo‘lsa, u xolda bir qator yangi momentlar paydo bo‘ladi. Mashg‘ulot talablarining nisbatan stabillashishidan keyin, yana yuklamalar umumiy g‘ajmining o‘sishi va ular intensivligining bir oz kamayishi sodir bo‘ladi, keyin yana hajmning qisqarishi va intensivlikning ortishi tendensiyasi boshlanadi). Shunday qilib, uzoq muddatli musobaqa davrining oralik bosqichida tayyorlov davridagi yuklamalar umumiy dinamikasining ba’zi bir belgi-lari takrorlanayotgandek bo‘ladi. Biroq bu qisqargan masshtablarda va umumiy hamda maxsus tayyorgarlikning boshqacha nisbatda sodir bo‘ladi.
Yuklamalarning bunday takroriy katta «to‘lqini» ning vazi-fasi tayyorlov davridayoq asos solingan sport formasining poyde-vori kengayishidan iborat. Mashg‘ulot yuklamalarining yangidan ortib borishi so‘nib borayotgan adaptatsion jarayonlarini yana faollashtirishga va maxsus mashq bilan chiniqqanlikni takomil-lashtirishga imkon beradi. Shu bilan birga oraliq bosqichda bir xolatdan ikkinchi xolatga o‘tish, faol dam olish effektlaridan anchagina keng miqyosda foydalaniladi. Mashg‘ulotning mana shunday tashkil etilishi tufayli sport formasida turishning jamlangan muddatlari ancha ortishiga erishiladi. Bunda sport natijalari dinamikasida, yuklamalar umumiy dinamikasidagi asosiy «to‘lqin»larning miqdoriga qarab, bir nechta «cho‘qqi»lar paydo bo‘ladi.
Musobaqa davrida bunday «to‘lqin» larning konkret parame-trlari va miqdori sport turining xususiyatlari va sportchilarning malakasiga bog‘liq. Har xaftada musobaqa o‘tkazish mumkin bo‘lgan sport turlarida malakali sportchilarda bu «to‘lqin» larning soni odatda ikkitadan oshmaydi. Bunda maxsus yuklamalar bir oylik hajmi eng ko‘p deganda tayyorlov davridagi shunga muvofiq keladigan hajmlarning 75-90 foizidan ortmasligi lozim bo‘lsa kerak (albatta, tayyorlov davridagi hajmlar yetarli darajada katta bo‘lgani ko‘zda tutiladi). Oraliq bosqichda hajmlar ortiq bo‘lishi ham, pasatirilgan bo‘lishi ham birdek befoydadir. To‘g‘ri, kelti-rilgan raqamlarni mutlaqo umumiy norma deb bo‘lmaydi. Biroq ko‘p xollarda ma’qul keladigan chegaralar mazkur raqamlardan unchalik uzoq emas, deb xisoblash mumkin.
Musobaqa davridagi yuklamalarning «to‘lqin» lari hajm va intensivlik jihatidan bir-biriga ayniqsa loyiq bo‘lishi kerak. Bunda umumiy hajmning ortishi maxsus mashqlar intensiv-ligining uzoq muddat pasayib ketishiga olib kelmaydigan me’yorda bo‘lsagina to‘g‘ri bo‘ladi. Hajmni oshira borish bosqichi muso-baqalar o‘rtasidagi tanaffuslar vaqtiga yoki har xolda unchalik mas’uliyatli bo‘lmagan musobaqalarga to‘g‘ri kelgani mu’qul. Chunki bunday bosqich sport ko‘rsatkichlari vaqtincha o‘smay qolishi yoki pasayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Musobaqa davridagi yuklamalar dinamikasining ayrim xususiyatlari, yuqorida aytilganlardan tashqari quyidagi shart -sharoitlarga ham bog‘liq:

  1. yuklamalarning bir xaftalik dinamikasida sport musobaqalari ko‘p xollarda asosiy punktlar xisoblanadi:

  2. sport musobaqalari shunga o‘xshagan mashg‘ulot yuklamalariga qaraganda ancha keskin ta’sir ko‘rsatishi bilan xarakterlanadi: ular organizmda ancha sezilarli biologik o‘zgarishlar paydo qiladi hamda tiklash jarayonlari vaqtini ancha uzaytiradi.

  3. mashq bilan chiniqqanlik o‘sa borgani sari spesifik yuklamalarning ayrim funksional sistemalarga ta’siri ham ortadi. Bu qo‘lga kiritilgan mashq bilan chiniqqanlik darajasini mashq bilan chiniqqanlikka erishishda ishlatilgan yuklamalaraga qaraganda kamroq yuklamalar vositasida saqlab turishga imkon beradi. Biroq bu nisbatan katta bo‘lmagan (bir necha xafta masshtabidagi) vaqt oraligidagina to‘g‘ri bo‘ladi. Mashq bilan chiniqqanlikni uzoq vaqt saqlab turilganda esa, uni yanada yuksaltirishdan tashqari, nisbatan kichik yuklamalarni katta va maksimal yuklamalarga almashlab turish zarur bo‘lib qoladi.

Bular bari yuklamalarning haftalik dinamikasida va mikrosikllar strukturasida o‘z ifodasini topadi. Bunda o‘rta «to‘lqin» larning intervallar va mas’uliyatli musobaqalar bilan o‘zaro nisbati shunday bo‘ladiki, bu navbatdagi mas’uliyatli musobaqalargacha intensivlikning muayyan ko‘rsatkichlari saqlana borgani yoxud o‘sa borgani xolda yuklamalarning xaftalik xajmini oldindan kamaytirishga imkon beradi (mumkin bo‘lgan variant-lardan biri rasmda tasvirlangan).
Yuklamalar umumiy hajmini oshirish uchun ajratilgan xaftalar soni bilan hajm qisqarishi sodir bo‘ladigan xaftalar o‘rtasidagi nisbat musobaqa davrining bosqichiga, musobaqalar taqvimiga, tayyorlov davrida qo‘lga kiritilgan hajmning kattali-giga va boshqa shart-sharoitlarga qarab, turlicha bo‘lishi mumkin. Amalda 3:2, 2:2, 1:2 va boshqa tartibdagi nisbatlar uchrab turadi. Maxsus tadqiqotlar u yoki bu konkret sharoitda qanday nisbat optimal bo‘lishini ko‘rsatib borishi kerak. Biroq prinsip aniq: haftalar yuklamalar hajmi ortishi va kamayishi shunday nisbatda bo‘lishi kerakki, navbatdagi asosiy musobaqa boshlanadi-gan vaqtga kelib sportchi yuksak funksional imkoniyatlarga eri-shibgina qolmay, balki ularni ayni mana shu momentda maksimal darajada ishga sola oladigan ham bo‘lsin. Ko‘makchi xarakterdagi yaqinlashtiruvchi va boshqa musobaqalar yuklamalarning bir haftalik hajmi pasayishi fonida ham, o‘sib borayotgan sharoitda ham o‘tkazilishi mumkin.

Download 14,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish